Dehqonobod tumani tabiiy florasining geofitlari KIRISh Keyingi yigirma yil davomida ko'lami tobora ortib borayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan dunyoda biologik xilma-xillikning global inqirozi davom etmoqda. Biologik resurslarni barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanish alohida turlar va ekotizimlarni saqlab qolishga qaratilgan maqsadli tezkor va qatiy choralarni talab etmoqda. Buning uchun milliy va xalqaro miqyosda biologik xilma-xillikni o'rganish va uni tizimli ravishda kuzatishga qaratilgan salohiyatni yanada mustahkamlash, tabiiy ekotizimlarning funksional faoliyatini yaxshilash borasidagi samarali mahalliy chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish zarur (1). O'zbekistonda o'simlik va hayvonot dunyosi obeklarini muhofaza etish va undan barqaror foydalanish davlat ekologik siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bioxilma-xillik komponentlarini saqlab qolish ularni o'rganilganlik darajasi bilan chambarchas bog'liqdir. Ayni paytda O'zbekistonning ayrim hududlarini floristik jihatdan o'rganilganlik holati talab darajasida emas. O'zbekiston florasining oxirgi nashridan so'ng yangi ma'lumotlarni qayd etish borasidagi tizimli tadqiqotlar yo'lga qo'yilmagan (2 K). Dehqonobod tumani tabiiy landshaftlarni saqlab qolish muammosining dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi. Hanuzgacha hudud florasining ro'yxati mavjud emas. Turlarning tarqalishi va populyatsiyalarning hozirgi holati haqida ma'lumotlar yangi tadqiqotlarni talab etadi. So'nggi bir necha o'n yilliklar davomida hudud florasining alohida komponentlariga yoki hayotiy shakllarning yetakchi guruhlariga bag'ishlangan izlanishlar olib borilmagan. Polimorf oilalar, turkumlar spektrida yetakchilik qiluvchi hamda endemizmning yuqori foizi bilan ajralib turadigan geofitlarni tadqiq etish mahalliy bioxilma-xillikni o'rganishning dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Muammoning o'rganilganlik darajasi. MDH mamlakatlarida geofitlarning sistematikasi, morfologiyasi va nomenklaturasiga oid adabiyotlarni I.G. Levichev, Ye. Boltenkov (3); yovvoyi piyoz turlarining tabiiy populyatsiyalari va biologiyasiga bag'ishlangan tadqiqotlar V.A. Cheremushkina(4) asarlarida aks ettirilgan va geofitlarning tabiiy floralardagi tur tarkibi G.A. Lazkov(5) ilmiy asarlarida keltirilgan. Mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlar davomida Dehqonbod hududi florasi tarkibi va geografiyasi bo'yicha ayrim ma'lumotlar keltirilgan (B. Xo'jamqulov). Biroq, so'nggi yillar davomida Dehqonobod hududida o'suvchi kamyob turlarning zamonaviy tarkibi va ularning holatini tadqiq etishga bag'ishlangan maxsus tadqiqotlar olib borilmagan. O'zbekiston Qizil kitobining barcha nashrlarida elon qilingan ma'lumotlar tanqidiy yondashuv va to'ldirishlarni talab etadi. Ishning maqsadi Dehqonobod hududida o'sadigan geofitlarning taksonomik tarkibini aniqlash, botanik tavsif berishdan iborat. Ishning vazifalari: Dehqonobod tumanining fizik-geografik sharoitlarini o'rganish; geofitlarining taksonomik tarkibini aniqlash; geofitlar hayotiy shakllarining turli guruhchalari o'rtasidagi nisbatini aniqlash; ayrim o'simliklarning botanik tavsifi va ahamiyatiga doir ma'lumotlarni shakllantirish; xulosa va tavsiyalar berish. Ishning obyekti bo'lib gulli o'simliklarni zamonaviy APG II taksonomik tizimi bo'yicha Dehqonobod florasidagi geofit turlar hisoblanadi. Ishning predmeti bo'lib geofitlarning taksonomik va botanik-geografik tahlillari hisoblanadi. Ishning yangiligi: Dehqonobod florasidagi geofit hayotiy shaklining turli guruhchalari o'rtasidagi nisbatlari asosida piyozbosh hayotiy shaklining ustunlik qilishi aniqlandi. Ishning amaliy natijasi. Samarali muhofaza choralari va barqaror foydalanish chora tadbirlarini ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
180.78 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
180.78 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: docx