Demografik jarayonlar va ijtimoiy - iqtisodiy muammolar O'rta Osiyo Respublikalari materiallari asosida Reja: Demografik jarayonlar va demografik vaziyat. Demografik jarayonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan aloqasi. O'rta Osiyo Respublikalarida demografik vaziyat. Aholini tabiiy va migratsion harakatidagi o'zgarishlar O'rta Osiyo Respublikalari -O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va qirg'iziston mustaqillikka erishganlaridan so'ng o'z oldilarida turgan muhim siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etmoqdalar. Jumladan, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash, uni bozor munosabatlariga o'tish davri talablariga muvofiqlashtirish, mavjud tabiiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa imkoniyatlardan to'la va samarali foydalanish, mamlakatning geosiyosiy mavqeini yanadi takomillashtirish masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, aholi muammolarini ijobiy hal etish, uning yashash sharoitini tubdan yaxshilash, sifat ko'rsatkichlariga e'tibor berish ayniqsa dolzarbdir. Odatda, tabiat bilan jamiyat taraqqiyoti o'rtasida muayyan darajadagi mutanosiblik kerakligidek, aholi va iqtisodiyot rivojlanishi ham bir-biriga muvofiqlashuvi lozim. Shu ma'noda, iqtisodiyot, moddiy ishlab chiqarish jabhalari aholi (nufus) sonining o'sishiga nisbatan ancha ildamroq, ustuvorroq rivojlanmoqi kerak. O'z navbatida iqtisodiyotning bunday bo'lishiga aholining o'sib borayotgan talab va ehtiyojlari, «sotsial buyurtmalar» ham sabab bo'ladi. Zero, faqat mustahkam iqtisodiyot negizidagina xalq farovonligi, uning moddiy va ma'naviy hayoti, turmush sharoiti yildan-yilga yaxshilanib boradi, aholining noz-ne'matlarga bo'lgan talabi to'laroq qondiriladi. Umuman olganda, demografik va iqtisodiy taraqqiyot masalasi, ularning mushtarak birligini shakllantirish va uyg'unlashtirish dunyoning barcha mamlakatlari uchun xos va ular ushbu muammoni yechishga turlicha yondashadilar. Bu xususda asosan ikki yo'l bo'lib, u ham bo'lsa iqtisodiyot rivojini aholi o'sishiga moslashtirish va aksincha, aholi sonini mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda hamda ushbu masalani davlatning rasmiy demografik siyosati asosida tartibga solish va uning o'sishini chegaralashdan iboratdir. Albatta, bu ikki yo'nalishni qat'iy ravishda bir-biriga muqobil qo'yish xato, chunki har qanday sharoitda ham demopentrik prinsip ustun turadi. Binobarin, amalda ko'proq birinchi yo'nalish qo'llanilmoqda va bu shubhasiz, mantiqan to'g'ridir. Sababi, iqtisodiyot, moddiy borliq, milliy daromad aholi soni o'sishiga nisbatan taxminan 3-4 marta tezroq yoki ko'proq o'smog'i lozim. Shu bilan birga ba'zi davlatlar iqtisodiy tanglik, ekologik vaziyatning nochorligi va boshqa sharoitlar tufayli aholi soni o'sishini pasaytirishga (to'xtatishga) mo'ljallangan demografik siyosatni o'tkazmoqdalar. Ayni paytda iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida aholi sonining kamayishini to'xtatish va uning barqaror o'sishini rag'batlantirishga moyil yoki intiluvchi davlatlar ham yo'q emas. Yana shuni qayd etmoq joizki, ayrim mintaqa va mamlakatlarda ekologik muhit va ijtimoiy hayotning yomonlashuvi oqibatida aholining «aylanma harakati» (oboroti) ko'paymoqda - yuqori darajadagi tug'ilish ko'rsatkichlari ayni vaqtda, afsuski, xuddi shunay yuqori miqdordagi o'lim, va ayniqsa, ko'proq bolalarning nobud bo'lishi bilan sodir bo'lmoqda. Bu noxush holat, albatta, iqtisodiy va ijtimoiy (ma'naviyat, tarbiyaviy) jihatdan ham maqbul emas. Zero, bunday sharoitda aholining o'rtacha yashash umri qisqaradi, uning sifat ko'rsatkichlariga, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.79 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.79 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: doc