Demografik jarayonlar va mehnat bozorida ko'rsatadigan ta'siri Demografik jarayonlar haqidagi ma'lumotlar Demografik jarayonlarni o'rganishda asosan quyidagi ma'lumotlardan foydalaniladi. Ularga fuqorolik holatini qayd etuvchi (tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish) maxsus hujjatlar, aholi ro'yxati ma'lumotlari, sotsiologo-demografik tadqiqot natijalari, ilmiy-manbalar, turli adabiyotlar va qonuniy hujjatlarni kiritish mumkin. Ko'pchilik davlatlarda demografik ma'lumotlar statistika tashkilotlari tomonidan to'planib boriladi. To'plangan demografik ma'lumotlar o'rganilayotgan hududning demografik holatini aniqlashda demografik jarayonlar bilan borliq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, demografik prognozlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. Demografik ma'lumotlar aholi ro'yxatini o'tkazish yo'li bilan yoki maxsus sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish yo'li bilan to'planadi. Buning uchun ilmiy tashkilotlar oldindan ilmiy asoslangan dastur tuzadi va ana shu dastur asosida ish olib boriladi. Aholi ro'yxatini o'tkazishning o'z qonun-qoidalari bor. Aholi ro'yxatida yangi tug'ilgan chaqaloqdan tortib, eng keksa guruhgacha bo'lgan aholi qamrab olinadi. Birinchi aholi ro'yxati 1790 yili AQSHda, 1801 yilda esa Fransiya, Daniya, Norvegiya, Buyuk Britaniyada o'tkazilgan. Lekin bu aholi ro'yxatlari ham juda oddiy va uzoq muddatga cho'zilgan. Masalan, birinchi Amerikada o'tkazilgan aholi ro'yxati 18 oygacha cho'zilgan. Aholi ro'yxatlari ilmiy asoslangan dasturlar orqali juda keng holda, har 5-10 yillarda o'tkazilib turiladi. Oxirgi yillarda o'tkazilgan aholi ro'yxati ma'lumotlari shu qadar keng doirada to'planganki, ular asosida aholini ijtimoiy-demografik guruhlarini faqat miqdorinigina emas, balki ularni sifatiy ko'rsatkichlarini ham (ma'lumoti, oilaviy holati, ijtimoiy ahvoli va boshqa xususiyatlari) o'rganish mumkin. Olingan ma'lumotlar EVMlar yordamida har bir yo'nalishlar bo'yicha alohida o'rganilib, statistik yilnomalar tayyorlab boriladi. O'zbekistonda demografik jarayonlarni o'rganishning o'ziga xos xususiyatlari mavjuddir. O'zbekistonda demografik jarayonlarni o'rganishda XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topgan statistika qo'mitasi, hozirda O'zbekiston Davlat statistika qo'mitachi faoliyati orqali to'planadi. Statistika qo'mitasi mamlakat aholisining soni, tabiiy o'sishi, nikoh va ajralish, aholi migratsiyasi, aholi salomatligi, ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid statistik yilnomalar tayyorlab, ularni muntazam chop etib boradi. O'zbekistonda demografik jarayonlarni o'rganishda Respublika hududida o'tkazilgan aholi ro'yxati ma'lumotlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Respublikada dastlabki aholi ro'yxati 1897 yilda o'tkazilgan bo'lib, bu aholi ro'yxati hozirgi O'zbekiston chegarasidagi barcha hududlarni qamrab olmagan. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishda samarali faoliyat ko'rsatadigan mehnat bozorini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo'lib, u bozor iqtisodiyoti tizimidagi mehnat bozorining alohida roli bilan va O'zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. O'zbekistonda faqatgina mustaqillikka erishgach davlat tomonidan aniq demografik siyosat olib borilib, kompleks iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu va boshqa demografik omillarni hisobga olgan holda bozor islohotlarining boshlang'ich davridayoq aholining mehnat va bandlik sohasida yangi siyosat ishlab chiqildi. Uning asosida quyidagi maqsadlar yotadi: · mehnat resurslarini sifat jihatdan shakllantirish; · zamonaviy tartibga solinadigan mehnat bozori ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
228.74 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
228.74 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: ppt