Demografik jarayonlarning ekologik jihatlari (Қуйи-Амударё геодемографик райони мисолида) Ma'lumki, dunyo ahamiyatiga molik tabiiy-iqlim tasnifidagi muammolar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan muammolarga qaraganda juda qiyinchilik bilan hal etiladi. Respublikamizda bunday tabiiy-iqlim doirasidagi muammolarga Orol dengizining suv sathi pasayishi bilan bog'liq ekologik muammolarni keltirishimiz mumkin. Mazkur ekologik halokat nafaqat O'zbekiston Respublikasi hududini, balki Turkmanistonning shimoli-sharqiy, xususan Toshhovuz viloyati va uning atrofi hamda Qozog'iston Respublikasining janubi-g'arbiy mintaqalaridagi viloyatlar aholisida, ularning ijtimoiy-demografik rivojla-nishida bevosita aks etmoqda. Shuningdek, dengizning qurigan yerlaridan ko'tarilayotgan tuz va bir vaqtlar qishloq xo'jaligida ishlatilgan ximikatlarning havoga ko'tarilishi oqibatida qum bo'ronlari hosil bo'lmoqda, bu esa aholining turmush sharoitini og'irlashtirib, ekologik inqirozni vujudga keltirmoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 2006 yil 5 iyunda chop etilgan ma'ruzasida Yer yuzida paydo bo'ladigan kasalliklarning 24 va yuz beradigan o'limning esa 23 foizi atrof-muhitdagi oldi olinishi mumkin bo'lgan omillarning zararli ta'sirida vujudga kelar ekan. Shu o'rinda keltirish joizki, aholi salomatligi juda qiyin va murakkab tiklanadigan resurslardan biri bo'lib, u mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi mezon ham hisoblanadi. Orolbo'yida joylashgan hududlar aholisi salomatligi va u bilan bog'liq muammolar mazkur mintaqalar aholisi demografik vaziyatini belgilamoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublika-sining eng shimoliy hududlari hisoblanmish Quyi Amudaryo geodemografik rayoni tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari ekologik nuqtai nazardan og'ir sharoitda joylashganligi uning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishida ham sezilib turadi. Shu boisdan O'zbekiston hukumati xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda yerlarning qurishi, ekologik muammolarni oldini olish, aholi salomatligi doirasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramasdan, Quyi Amudaryo geodemografik rayonidagi keskin ekologik vaziyat aholi mexanik harakatining faollashuviga, ya'ni chetga ko'chib ketuvchilar miqdorining oshishiga, tabiiy harakat ko'rsatkichlarining pasayishiga, kasallanish va kasalliklarning keng tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Mazkur geodemografik rayon jami respublika aholisining 11,5 % ini (2007 yil) o'zida mujassamlashtirgan holda, mustaqillik yillari 137,8 foizga o'sdi. Biroq, aholining o'sish sur'ati yuqori bo'lsada, umummamlakat aholisida uning salmog'ining tobora kamayib borishi kuzatilmoqda. Masalan, 1989 yilda rayon aholisi mamlakat aholisining 15,9 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2007 yilga kelib bu raqam 11,4 foizga to'g'ri keldi. Demak, ushbu hudud mamlakatimizning boshqa mintaqalariga nisbatan pastroq demografik ko'rsatkichlarga ega. Chunonchi, oxirgi aholi ro'yxati o'tgan davrda demografik rayon aholisining bir yillik mutloq ko'payishi 56,7 ming kishiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2007 yilda u 34,7 ming kishiga teng bo'lmoqda. Ammo, shu o'rinda keltirish joizki, faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisining mamlakat jami aholisida ulushi qisqarmoqda xolos. Aholisining hududiy tarkibiga ko'ra geodemografik rayonning 35,7 foiz aholisi shahar joylarda yashaydi, umumrespublika aholisi hududiy tarkibiga xos urbanizatsiya darajasining pasayishi mazkur mintaqalarda ham ro'y berayotganligi bois, 1989-2007 yillarda uning darajasi 2,9 punktga kamaydi. Geodemografik ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.24 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.24 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: doc