Demografik o'tish konsepsiyasi

Demografik o'tish konsepsiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Demografik o'tish konsepsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Demografik o'tish konsepsiyasi Reja: 1. Demografiya fanining ahamiyati 2. Demografiya fanining kelib chiqish tarixi «Demografik o'tish» deganda, aholi takror barpo bo'lishining birturidan ikkinchi turiga o'tishi tushuniladi. Masalan, demografik jarayonlarning o'zgarishi tufayli aholi kengaygan takror barpo bo'lishdan oddiy yoki toraygan takror barpo bo'lishga o'tadi. «Demografiko'tish»atamasi birinchi marta 1945-yili amerika-lik demograf F.Noutstayn tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan. Demografik o'tishning birinchi konsepsiyasi 1909-1934-yillarda fransuz demografi L.Landri tomonidan yaratilgan. Bu nazariyani ishlab chiqishga shveytsariyaiik kriminolog Leon Rabinovich (1929-y.), amerikalik olimlar (Jorren Tompson (1930-y.) va Kingsli Devis (1949-y.) katta hissa qo'shgan. Jamiyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida aholining takror barpo bo'lishida chuqur o'zgarishlar yuz bergan. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdajamiyatda demografik jarayonlar- tug'ilish, o'lim va nikohni boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Natijada taraqqiy etgan mamlakatlarda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar aholining demografik mayliga bevosita ta'sir etib, aholining farzandlar soniga bo'lgan munosabati o'zgardi, ya'ni ko'p bolalik o'rnini o'rtacha bolalik, kam bolalik cgallay boshladi. Shu bilan birga, urbanizatsiya jarayoni va sanoat tafmoqlarining rivojlanishi, omma o'rtasida horniladorlikdan saqlovchi tibbiy vositalaming keng tarqalishi, ayollaming ijtimoiy ishlab chiqarishda bandligining ortishi kabi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar oilalaming ko'p farzandga bo'lgan ehtiyojining asta-sekin kamayishiga olib keldi, Shuningdek, aholiga tibbiy yordam ko'rsatishning yaxshilanishi, sog'liqni saqlash tizimida zamonaviy texnologiyalarning joriy qilinishi, davolash maskan-larining zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi, bu sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlashga e'tiboming kattaiigi aholi o'rtasida o'lim holatlarining kamayishiga, o'rtacha umr ko'rish muddatining uzayishiga sabab bo'ldi. Aksariyat mamlakatlarda tug'ilishning yuqori darajada saqlanib turishi, o'limning esa keskin kamayishi aholi sonining yuqori sur'atda o'sishiga olib keldi. Bu jarayon ilmiy adabiyotlarda «demografik portlash» deb nomlangan. Shu o'rinda «demografik portlash» tushunchasining mohiyatini yoritib o'tamiz. Bu tu-shuncha 1950 yillardan so'ng paydo bo'lgan. Demografik portlash aholi takror barpo bo'lishining me'yoridan ortishi, ya'ni tug'i­lishning yuqoriligi, o'limning kamligi tufayli aholi mutlaq sonining yuqori sur'atda o'sish hamda aholining kengaygan takror barpo bo'lish holatida vujudga keladi. Demografik portlash muammosi qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni (oziq-ovqat, ish bilan ta'minlash va h.k.) keltirib chiqaradi. Demografiya fanida aholi mutlaq sonining kamayishi «depopulyatsiya» deb noinlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda yuz bergan bu demografik tanazzulni, eng awalo, tug'iish jarayoni bilan bog'lash mumkin. Tug'ilishning kamayishi va uning qisqa vaqtdagi keng qamrovi boshqa demografik jarayonlardan yaqqol ajralib, oila hayotiga o'z ko'lankasini solmoqda va inqiroz tamg'asini bosmoqda. Tug'ilishga iqtisodiy vaziyat ham ta'sirqiladi, ya'ni aholining yashash darajasining ko'tarilishi tug'ilishning ko'payishiga, aksincha yashash sharoitlarining pastligi hissiy tuyg'ularni jilovlashga olib keladi. Aholi sonining kamayishiga ta'sir etuvchi navbatdagi omil o'lim (chaqaloqlar, onalar va mehnatga layoqatli yoshdagi aholi, keksalar) darajasining ortishidir. Depopulyatsiya jarayoni ishchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.14 MB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.14 MB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga