Demografik siyosat demografik bashorat R e j a: Aholining to'grisida tushuncha. Demografik siyosat maqsadi va vazifalari. Demografik siyosat o'tkazish uslublari. O'zbekistonda demografik siyosat. 5. Demografik bashorat to'g'risida. 6. Demografik bashorat turlari. 7. Demografik bashorat uslublari. 8. Demografik bashorat tarixi. Demografik siyosat-aholi siyosatning asosiy qismi bo'lib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o'ziga xos xususiyatlarga, yo'nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli bo'lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib botiladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yo'nalishi hisoblanadi. Aholi rivojlanishi esa, o'z maqsadida uning xam miqdoriy sifatiy jihatlarini o'zgarib borishida namoyon bo'ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda ma'lum davrda, ma'lum hudud aholisi yoki millatining son jihatidan o'zgarib borshi tushiniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatligi, o'rtacha umr ko'rishi, bilim darajasi va ma'lum tarbiya olishi komilligida o'z ifodasini topadi. Aholi tivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo'lib, u o'z ichiga asosan oiladan, oila muhitida olar edi. Keyinchlik sanoat asta- sekin rivojlanib borishi natijasida mehnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur bo'lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta'lim tizimini yanda rivojlantirishda, yoshlarga naxsus bilim berib, kasb-hunar o'rgatishga ehtiyoj yaratdi. Natijada o'lkamizda ta'lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. hozirgi davrda O'zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o'z ichiga oladi. aholi salomatligining holati, bolalar va onalar o'limi o'rtacha umr davri: aholining ta'lim darajasi va uning tarkibi: aholining kasb-hunarga tayyorlik darajasi: aholining sotsial tarkibi va sotsial mobilligi: aholining urbanizatsiyalshganligi: aholining hududiy harakati: aholining ma'naviy madaniy qadriyatlari va ularni saqlash, e'zozlash: Respublikada aholi siyosati o'zaro chambarchas bog'langan bo'g'inlardan tashkil topgan. Ushbu bo'g'inlarga demografik siyosat, aholi migratsiyasi, urbanizatsiya va bandlik siyosatlari kiritish mumkin. Demografik siyosat aholi siyosatini uzviy qismi bo'lib, uning asosiy maqsadi aholini miqdoriy rivojlanishi bosqichlaridan iboratdir. Demografik siyosatning asosiy obyekti aholining takror barpo bo'lish jarayoni hisoblanadi. Demografik siyosat orqali kutilgan, istalgan aholi takror barno turiga erishiladi. Ma'lumki aholi takror barno bo'lishi tug'ilish, o'lim, nikoh, ajralish kabi demografik jarayonlar bilan bevosita bog'liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo'li bilan jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosat vaziyatlaridandir. Jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug'ilish, nikohni jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo'lamiz. Hatto bu haqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Aratsu asrlarida ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug'ilish va nikohni ozod insonlar o'rtasida qo'llab - quvvatlovchi, qonunlar qabul qilingan. Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar yaratilganki, ularda nikoh, cheklanmagan tug'ilish va katta oilalar aholini muntazam ko'payib borishini omili sifatida himoya qilingan, qo'llab - quvvatlangan Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish usulini rivojlanishi esa demografik jarayonlarda yangi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.01 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.01 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: doc