Din geografiyasi

Din geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Din geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU:DIN GEOGRAFIYASI 60530400 -Geografiya ta'lim yo'nalishi SOTSIAL GEOGRAFIYA REJA: Dinni ijtimoiy hodisa sifatida geografik jihatdan o'rganishning ahamiyati. Din geografiyasining shakllanishi va rivojlanishi. Uni geografiya fanlari tizimida tutgan o'rni. Urug'-qabila dinlarva ularning mazmuni Dinlarning turlari va kelib chiqishining hududiy jihatlari. Dinlarning ko'lami. DIN GEOGRAFIYASI Din - so'zi arab tilidan olingan bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi «ishonch, e'tiqod»dir. Istilohiy ma'nosi lotin tilidagi «religion» so'zi bilan mos keladi. Din - tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof- muhitdan tashqarida bo'lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to'g'ri, haqiqiy, odil hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limotdir. Turli dinlarning e'tiqod simvollari Dunyodagi dinlar klassifikatsiyasi Jahondagi asosiy dinlarning ramzlari Jahon aholisining diniy tarkibi ham juda xilma-xil. Dinlarning tarqalish hududlari tarixan o'z xususiyatlariga ega. Masalan, xristianlikning dunyo bo'ylab tarqalishining sababi bu nasroniy davlatlar uyushtirgan Buyuk geografik kashfiyotlar va o'sha hududlarga uyushtirilgan migratsiya bo'lsa, Shimoliy Afrika va Osiyoning katta hududi, qisman, Yevropada tarqalgani arablar istilosi va dinni yoyish jarayonlari bilan bog'liq. Ayrim dinlar esa paydo bo'lgandan beri boshqa etnoslar tomonidan qabul qilinmagan. Masalan, iudaizm (yahudiylik), induizm, sintoizm kabi. Aholi nisbatan siyrak tog', o'rmon ichkarisi va chakalakzorlarda hali ham ibtidoiy dinlar saqlanib qolgan. Ular primitiv (sodda) dinlar deb ataladi. Jumladan: Totemizm. «Totem» so'zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «o'zining urug'i» ma'nosini anglatadi va mohiyatan «odamning hayvonot yoki o'simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor», deb e'tiqod qilishlik ehtimol, ma'lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o'simlikka nisbatan e'tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo'lishi mumkin. Animizm (lotin tilida «anima» - «ruh», «jon» ma'nolarini anglatadi). Animizm - ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, o'simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk diniy shakllardan biri (26-rasm). Ilk animistik tasavvurlar qadim o'tmishda, ehtimol, totemistik qarashlar paydo bo'lgunicha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgandir. Animizm. Ruh bilan suhbat Shamanizm («shaman» so'zining tungus tilidagi ma'nosi - «sehrgar»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan rituallar urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo'lib, unga ko'ra uning vositasida kishilar o'z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog'lanishni amalga oshirib kelganlar. Shamanizm qadim o'tmishda paydo bo'lib, minglab yillar davomida saqlanib kelgan va tabiiyki, muntazam rivojlanib borgan. Odatda, afsungarlik urf- odatlari bilan maxsus odamlar - shamanlar, afsungarlar shug'ullanganlar. Ular orasida, ayniqsa, ayollar ko'p o'rinni egallaganlar. Shaman marosim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.6 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.6 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga