Do'l hosil bo'ladigan asosiy sinoptik jarayonlar O'rta Osiyo hududida sinoptik jarayonlarning 17 turi mavjud bo'lib, ulardan quyidagi 6 ta jarayonlar asosan do'l hosil bo'lishiga olib keladi: Sovuq havoning shimoli-g'arbdan kelishi; Sovuq frontdagi to'lqinli faoliyat; Kichik gradiyentli yuqori bosimli maydon; Kichik gradiyentli past bosimli maydon; Yuqori siklon; G'arbiy havoning kelishi. O'zbekiston hududida keyingi besh yil (2003-2007 yillar) ichida bu asosiy do'lli jarayonlarning yil ichida boshqa jarayonlarga nisbatan foizlarda keltirilgan qiymatlari 1 - jadvalda keltirilgan: 1 - jadval Keltirilgan jadval ma'lumotlari asosida do'lli jarayonlarning taqsimlanishini quyida grafik ko'rinishida ifodaladik: O'rta Osiyoga sovuq havoning shimoli-g'arbdan kirib kelishi bilan bog'liq do'lli jarayonlar o'tgan 5 yil mobaynida o'zining maksimal qiymatiga, 2003 yilda, ya'ni, 16 % ga ko'tarilgan bo'lsa, 2005-2006 yillarda esa umuman kuzatilmagan. Sovuq frontdagi to'lqinli faoliyat jarayoni 2005- yilda eng yuqori- 26,4 % qiymatiga yetgan bo'lsada, keyingi yillarda keskin kamayib, 2007 yilda esa umuman kuzatilmagan. Kichik gradiyentli yuqori bosimli maydon jarayonining do'l hosil bo'lishidagi ulushi keyingi besh yil ichida juda kamni tashkil etib, 2006 yili esa do'l hosil bo'lish sharoitlarini yuzaga keltirmagan. Kichik gradiyentli past bosimli maydonda qaralayotgan davrda do'l hosil bo'lish jarayonlari ko'p miqdorda kuzatilgan. Bunga misol qilib 2003-2005- yillarda uning ulushi 30 % dan yuqori bo'lganini keltirishimiz mumkin. Yuqori siklonning do'lli sharoitlarni yuzaga keltirishdagi ta'sirini optimal deb baholash mumkin. Faqatgina 2004- yilda eng kichik- 4,7 % dagi qiymatini ko'rsatadi. Keyingi 5 yil mobaynida havoning g'arbdan kelishi bir muncha ko'p miqdorda kuzatildi. 2006-2007- yillarda uning ulushi 30% dan oshganini e'tirof etish joiz. Yuqorida keltirilgan grafikdan ko'rinib turibdiki, qaralayotgan davrning birinchi yarmida (2003-2005 yillar) kichik gradiyentli past bosimli maydon va sovuq frontdagi to'lqinli faoliyat jarayonlarining hissasi ko'p. Shu bilan birgalikda havoning g'arbdan kelishi, yuqori siklon va sovuq havoning shimoli-g'arbdan kelishi kabi jarayonlar qaralayotgan davrning ikkinchi yarmida ortib borayotganliklari kuzatildi. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, O'rta Osiyo hududida kuzatiladigan 17 ta sinoptik jarayonlarning qaysi biri biz tahlil qilayotgan sinoptik jarayonlardan oldin ko'proq takrorlanishini bilish ob-havoni, jumladan, do'l hosil bo'ladigan sharoitni prognoz qilish uchun muhimdir. Yuqorida ta'kidlaganimizdek xalq xo'jaligiga, hususan, qishloq xo'jaligiga taqdim etiladigan aniq prognozlar shiddatli atmosfera yog'inlari, jumladan, do'lga ta'sir etib qishloq xo'jaligi ekinlarini zarar ko'rinishini oldini olishi mumkin. Bu ishlarni amalga oshirishda do'l sharoitini prognoz qilishda olingan natijalarni inobatga olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Do'l hosil bo'ladigan asosiy sinoptik jarayonlar O'rta Osiyo hududida sinoptik jarayonlarning 17 turi mavjud bo'lib, ulardan quyidagi 6 ta jarayonlar asosan do'l hosil bo'lishiga olib keladi: Sovuq havoning shimoli-g'arbdan kelishi; Sovuq frontdagi to'lqinli faoliyat; Kichik gradientli yuqori bosimli maydon; Kichik ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.07 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.07 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: doc