Dunay daryosining O'rta Dunay pasttekisligiga chiqish oldidan ko'rinishi

Dunay daryosining O'rta Dunay pasttekisligiga chiqish oldidan ko'rinishi

O'quvchilarga / Geografiya
Dunay daryosining O'rta Dunay pasttekisligiga chiqish oldidan ko'rinishi - rasmi

Material tavsifi

Dunay darssining O'rta Dunay pasttekisligiga chiqish oldidan ko'rinishi (muallif fotosi) O'lka deyarli butunlay Dunay va Qora dengiz havzasnga kiradi. Karpat tog'larniing faqat chekka shimoliy qismidan Odra va Visla daryolarining yuqori qismi hamda ular irmoqlari oqib tushadi. Yani bu yerlar Baltikadengizi havzasiga qaraydi. O'lkaning asosiy daryosi Dunay har ikkala pasttekislikdan oqib o'tadi, uning irmoqlarining ko'pchiligi Karpat tog'laridan oqib tushadi. Barcha daryolar aralash-qor va yomg'ir suvidan to' yinuvchi daryolardir, lekin ularning oqim rejimi bir xil emas. Dunayning Karpat tog'laridan oqib tushuvchi ko'ppsha irmoqlari rejimi barqaror emas, suv sathi yil davomida keskin o'zgarib turadi. Dunayning eng katta irmog'i bo'lgan Tisaning yuqori oqimi tog'larda joylashgan, so'ngra u Katta O'rta Dunay pasttekisligiga chiqadi va Dunayga quyilguncha shu pasttekislikdan oqadi. Tisa vodiysi keng, pasttekislikni chuqur o'yib kirmagan, o'zani ko'pdan-ko'p meandralar hosil qilgan. daraxt va buta o'simliklari kam uchraydi, ular odatda qumlarga ekilgan o'simliklardir. Yaqin o'tmishda tekislikning bu qismida asosan daryolar- bo'yida, ayniqsa suv bosadigan keng Tisa pasttekislikda o'rmon o'simliklari o'sar edi. Suv bosadigan maydonlarning qisqarishi va erlarning haydalishi o'rmonlarnivt deyarli butunlay yo'qolib ketishiga olib keldi. Suvayirg'ichlarda ilgarilari g'allagullilardan va turli o'tlardan iborat bo'lgan tipik dasht o'simliklari o'sgan. Bular pushtalar deb atalib, ular o'tgan asr boshida ham Vengriyada katta maydonlarni egallagan va yaylov sifatida foydalanilgan. Hozirgi vaqtda pushtalar deyarli butunlay haydab, shudgorga aylantirilgan. Yog'in Dunayning g'arb tomoniga sharqdagiga nisbatan ko'pro;; tushadi, bu yerda o'rmon qo'ng'ir va podzol tuproqlar ko'pchilikni tashkil etadi, asl o'simlik tipi esa keng bargli o'rmonlardir, ular ilgarilari deyarli butun maydonni qoplab yotgan. Hozir bu o'rmonlar o'rnida katta maydonlarni haydaladigan yerlar va bog'lar band qilgan. Lekin ko'p rayonlarda o'rmonlar hali ham saqlanib qolgan. Tog'larning yonbag'irlarini bazi joylarda qalin buk va dub o'rmonlari qoplagan, bazi yorlarda esa shiblyak tipidagi butazorlar tarqalgan. Karpat tog'lari yonbag'irlarining quyi qismlari uchun ham keng bargli o'rmonlar va qo'ng'ir tuproqlar xosdir, lekin ko'p erlarda bu o'rmonlarni madaniy o'simliklar siqib chiqargan; G'arbiy Karpat tog'larining iliq janubiy yonbag'irlarida, shuningdek, tog'larning janubiy qismlarida 600-800 m balandgikkacha tok va mevali daraxtlar o'stiriladi, shimolda esa g'alla ekiladi. Karpat tog'larining shimoliy yarmida o'rmonlar 600 m dan 1500 m gacha, janubiy yarmida 800 m dan 1600-1800 m gacha balandliklarda o'sadi. O'rmon mintaqasining quyi qismida keng bargli va aralash o'rmonlar tarqalgan, bularda buk va grab ko'pchilikni tadikil etadi. 1200-1400 m dan yuqorida igna bargli daraxt turlari: pixta va el ko'p, ularning ayrimlari juda katta bo'ladi. Igna bargli o'rmonlar bargli o'rmonlarga qaraganda ancha yaxshi saqlangan; bazi joylarda hali odam qo'li deyarli tegmagan, daraxt tagida buta qalin o'sgan igna bargli o'rmonlar ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.15 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.15 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga