Dunayning quyi oqimi manzarasi Uning uzunligi-812 km, havzasi maydbni- 9800 km2. Ronaning bosh irmoqlari Alp tog'larida Reynning bosh irmoqlari yaqinida joylashgan; biroq u keyinchalik qaramaqarshi tomonga oqib, Jeneva ko'liga borib quyiladi. Daryo ko'ldan oqib chiqqach, Yura tog'laridan o'tib, so'ngra Alp tog' etaklari polosasiga kirib boradi. Rona Lion shahri yaqinida tik janubga buriladi va unga eng yirik irmog'i-Sona, so'ngra esa Alp tog'laridan (Izer, Dyurans) hamda Markaziy massivdan oqib tushuvchi irmoqlari quyiladi. Rona daryosi O'rta dengizga quyilishda delta hosil qiladi. Ronaning rejimi ko'p jihatdan uning Alp tog'laridan boshlanuvchi irmoqlari ta'sirida qaror topadi. U yuqori oqimda Reyn kabi alp tipidagi daryodir. Alp tipidagi daryolarga xos yozgi suv ko'payishi Alp tog'laridan boshlanuvchi irmoqlari tufayli kuchayadi va u daryoning quyar joyigacha seziladi. Asosiy daryoning rejimiga Sona juda katta ta'sir ko'rsatadi; u yil bo'yi, ayniqsa qishki mo'l-ko'l yog'inlar davrida, to'lib oqadi. yozgi va qishki maksimumning bir-biriga qo'shilib ketishi, shuningdek, Markaziy massivdagi yomg'irlar tufayli kuzgi suv ko'payishi Ronaning o'rta va quyi oqimida yil bo'yi daryo sersuv bo'ladigan sharoit yaratadi. Rona daryosi yuqori oqimida kanal orqali Reyn daryosi bilan tutashirilgan bo'lib, bu hol uning kema qatnovidagi ahamiyatini yanada oshiradi. G'arbiy Osiyoning eng katta daryolaridajla (uzunligi 1950 km) bilan Frot (uzunligi-2700 km) quyi qismida bir-biriga qo'shilib, Fors qo'ltig'iga quyiladi. Bu daryolar Armaniston tog'ligida boshlanib, Mesopotamyya tekisligiga oqib tushadi va quyi oqimida ko'plab tarmoqlarga bo'linib ketadi. Ular taxminan quyar joydan 190 km na~rida birga qo'shilib, Shottul-Arab deb ataladi. Bu daryo sistemasidagi barcha daryolar bahorda eriydigan qor suvlari, Armaniston tog'ligiga yog'adigan bahorgi yomg'irlar va Atlantika siklonlari keltiradigan qishki yomg'irlardan to'yinadi. Bahorgi maksimum qishqi maksimumdan katta bo'ladi, chunki Dajla va Frot daryolarining yuqori qismlaridagi o'lkalarda qishda yomg'ir yog'adi. Mesopotamiya tekisligida yog'inlar kam yog'adi va shu sababli daryolar ham bu yerdan juda kam suv oladi. Dajla va Fr.ot ko'p miqdorda oqiziqlar keltirib quyi qismida yotqizadi. Hatto tarixiy davr boshida ham daryolar Fors qo'ltig'iga hozirgidan shimolroqda alohida-alohida kelib quyilgan. Fors qo'ltig'ining sohil bo'yi pasttekisligi-uning shimoliy qismini daryo oqiziqlari to'ldirib qo'yishi natijasidir. Bosh daryodan qadimiy sug'oruv kanallari chiqarilgan bo'lib, ular endi qisman qarovsiz tashlab qo'yilgan. Hozirgi vaqtda Mesopotamiya pasttekisligida yangi sug'oruv inshootlari bunyod etilmoqda. Shottul-Arab daryosining quyilish joyi suv qalqib ko'tarilgan vaqtda dengiz kemalari kirib kela oladi, daryoning boshqa qismlarida bu sistemadagi barcha daryolar faqat mahalliy kema qatnovida foydalaniladi. Yantszi-Osiyo daryolari orasida eng kattasi va dunyodagi eng azim darelardan biridir. Uning uzunligi-5530 km, havzasi maydoni-1726 ming yum2, o'rtacha suv sarfi 2200 m3sek. Yantszi Tibet tog'ligining markaziy qismida muzliklardan boshlanuvchi ko'pdan-ko'p daryolarning o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
207.6 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
207.6 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: doc