Dunyo aholisi geografiyasi Reja: 1. Dunyo aholisi geografiyasi 2. Yer shari aholisining joylashishi. 3. Jahonda aholi zichligi eng yuqori va eng kam bo'lgan davlatlar 4. Jahon xo'jaligi geografiyasi. Aholi-jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va ayni paytda asosiy iste'molchisi hamdir. Aholining tabiiy o'sishi: tug'ilish, o'lim va tabiiy ko'payish hodisalarining yig'indisidan kelib chiqadi. Bu hodisalar aholining to'xtovsiz tiklanib va avlodlarning yangilanib turishini ta'minlaydi. Jahonda tug'ilish koeffisienti 21 ‰ bo'lgani holatda, bu ko'rsatkich - Gvineya Bisau, liberiya, KDR kabi davlatlarda 50 ‰. Aksincha, GFRda, Xitoy Makaosida - 8‰, YAponiya, Tayvan, Litva, Avstriya, Belorussiyada - 9‰ (2007 y). O'lim koeffisienti dunyo bo'yicha 9‰ bo'lgani holatida, bu ko'rsatkich Svazilendda 29‰, Botsvanada 27‰, angolada 22‰. Aksincha, Katar, Quvayt, BAA kabi davlatlarda 2 ‰ ga teng (2007 y). O'lim darajasi dastavval kishilar hayotining moddiy sharoitiga-ovqatlanishiga, mehnat va ro'zg'orning sanitariya-gigiyena sharoitiga, sog'liqni saqlash ishlari taraqqiyotiga bog'liq. Tug'ilish darajasi -jamiyatning sosial-iqtisodiy tuzilishiga (rivojlangan yoki qoloqligi), jamiyat va oilada kishilar o'rtasidagi o'zaro a'loqalarga bog'liq. Odatda kishilarning moddiy farovonligi va madaniyati o'sgan sari, ayollarning ishlab chiqarishga va ijtimoiy faoliyatga ko'proq jalb etilgan sari, bolalarning o'qish muddatlari uzaygan sari, nikoh yoshi kechikkan sari (ilgari 14 yoshda uylagan, 9 yoshdan kuyovga bergan) bo'lsa, hozirda ayrim mamlakatlarda 30 yoshdan o'tib oila qurmoqda. Masalan: Prosta Mariya filmida. G'arb mamlakatlaridagi korchalon xonimlar tug'ishni butunlay xohlashmayapti (implantasiya). Dunyo aholisining jinsiy tarkibi: YAngi dunyoda va Afrika, Avstraliyada erkaklar va ayollar soni deyarli teng. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Arabiston yarim oroli davlatlari va Liviyada erkaklar soni ko'p. Rossiya, SHarqiy va O'rta Yevropadavlatlarida aksincha, erkaklarga nisbatan ayollar soni ko'p. Masalan, BAA da 100 ayolga 147 ta, Quvaytda 152 ta erkak to'g'ri keladi. Butanda 100 erkakka 128 ta ayol, Ukrainada 116 ayol, Rossiyada 113 ayol to'g'ri keladi (2005 y). Dunyo aholisining irqiy tarkibi % hisobida quyidagicha: jahon aholisining 42 % i yevropoid irqiga, 20 % i mongoloid irqiga, 7 % i negroid irqiga, 1 % i avstroloid irqiga, 30 % i aralash va o'tkinchi tiplarga mansub. Aholining ko'payishiga urushlar, qahatchilik, kasalliklar ta'sir etadi. Hozirda dunyo aholisining tabiiy o'sishi yiliga 90 mln. kishi, ya'ni tabiiy ko'payish 2%ni tashkil etsa, O'zbekiston aholisi 2,9%ga o'smoqda. Jahonda aholisining tabiiy o'sish koeffisienti eng past bo'lgan mamlakatlar: Estoniya (-0,2), Latviya (-0,5), Litva (-0,4), Belorussiya (-0,5), Ukraina (-0,6), Bolgariya (-0,5), Vengriya (-0,5) (2007 y.). Dunyo bo'yicha aholining yillik tabiiy o'sishi 1,2 % ni tashkil etgani holda bu ko'rsatkich turlicha. Masalan: Nigerda 3,4 %, Moyottada 3,6% , YAmanda 3,2 % , SHarqiy Timorda 3,3 %, Marshal orollarida 3,3 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.12 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.12 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: doc