Dunyo chorvachiligi

Dunyo chorvachiligi

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyo chorvachiligi - rasmi

Material tavsifi

Dunyo chorvachiligi Chorvachilik (jivotnovodstvo)-qishloq xo'jaligining 2-muhim tarmog'i bo'lib,aholi va sanoatni go'sht,sut,yog',teri,shox,jun,qil bilan ta'minlaydi.Dunyodagi barcha qoramollar qirilib ketgan yovvoyi buqa,ya'ni turning avlodi hisoblanadi.Tur eramizgacha taxminan 700 yil ilgari xonakilashtirilgan. Jahonda 1350 mln bosh yirik shoxli qoramol, 1,1 mlrd bosh qoy va echkilar, 950 mln bosh cho'chqalar mavjud (2006 y.) Yirik shoxli qoramollar (krupniy rogatiy skot) biologik xususiyatlariga ko'ra 3 ta guruhga bo'linadi: 1. Sersut (xolmagor,yaroslavl zotlari).Sog'in davri 300 kun.Yog'liligi 3,6-3,7%, 3700-4300kg sut beradi.Rekordsmen qoramol 17500kg gacha sut bergan,yog'liligi 4,2%. 2. Sersut-go'shtdor zotlar (simmental,kostroma).Ular 400 kg gacha sut beradi.Sigirlarning vazni 550-650kg, buqalarniki 1t.gacha.Sersut va sut-go'sht uchun qoramollar mo''tadil mintaqaning o'rmon va o'rmon-dasht zonalarida boqiladi. 3. Go'shtdor zotlar (shortgorn,qalmiq) mo''tadil va subtropik mintaqalarning qurg'oqchil hududlarida boqiladi.Buqalari 1t.dan ortiq yuk qiladi.1,5 yoshli buzoq 450 kg gacha semiradi. Qoramollar AQSH,Kanada,Rossiya,Avstraliya va Argentinada keng yaylovlarda boqiladi.Dunyo boyicha 1,250-1,350 mln.bosh qoramollar bo'lib,ular soni boyicha yetakchi mamlakatlar (2007 y): 1.Hindiston (210 mln. bosh). 4. AQSH (100 mln. bosh) 2.Braziliya (165 mln. bosh) 5. Argentina (52 mln. bosh) 3 Xitoy (115 mln. bosh) 6. Rossiya (36 mln. bosh) Qoychilik (ovesovodstvo).Qoylar yovvoyi tog' qoylari muflon va arxarning avlodi.Qoylar asosan 3 maqsadda boqiladi: 1.Jundor zotlar mayin va ingichka uzun juni uchun boqiladi.Ularga sovet merinosi,arxariomerinos qoylari kiradi.Ulardan uzunligi 10sm li 12 kg gacha jun qirqib olinadi. Echkichilik juni uchun (angor)Turkiya va Yeronda rivojlangan. 2.Terisi uchun Romanov zoti,qorako'l zotlari boqiladi. 3.Go'shti uchun dumbali qoylar,ayniqsa,hisor qoylari (150kg) ko'p boqiladi.Yog'i ko'p bo'ladi. Jahondagi jami qoylarning 14%i Avstraliyada.Avstraliyaning dasht va chala cho'l zonalari jahondagi eng yirik qoychilik o'lkasidir (shpisteyshnz).Qoylar soni boyicha yetakchi davlatlar: 1.Xitoy (180 mln.bosh) 4.Argentina 2.Avstraliya 5.MDH 3.Yangi Zelandiya 6.Hindiston. Dunyo boyicha 1,1-1,2 mlrd.bosh qoylar bor. Aholi jon boshiga Yangi Zelandiyada 15 ta, Avstraliyada 7,5 ta qoy va echkilar to'g'ri keladi (2006 y). Jun yetishtirishda yetakchi davlatlar: 1. Avstraliya (yiliga 762 ming t. dan ortiq) 2. Yangi Zelandiya 3. Xitoy 4. Rossiya 5. Qozog'iston Jun eksport qiluvchi asosiy davlatlar: Avstraliya,Argentina,Yangi Zelandiya,JAR. Importchilar: xorijiy Yevropa,AQSH,YaponiY. Cho'chqachilik (svinovodstvo) jahonda yetishtiriladigan go'shtning 25 qismini beradi.Cho'chqachilik aholi zich joylarda,sanoat markazlarida kartoshka yetishtiriladigan joylarda rivojlangan.Cho'chqa 6-7 ming yil ilgari xonakilashtirilgan (kabandan).Cho'chqa tez semiradi va o'sadi,ovqat tanlamaydi,tez ko'payadi,go'shti va yog'ini kalloriyasi yuqori.Urg'ochisi 260 kg, erkag 350 kg gacha semiradi.Yoshlari 6 oyda 100kg gacha semiradi. Jahonda jami 950 mln.bosh (2006 y) cho'chqa bo'lib,shuni 40%i Xitoyga, 8%i MDHga, qolgani boshqa davlatlarga to'g'ri keladi. Yilqichilik (konevodstvo).Yovvoyi ot-tarpandan 5-6 ming yil ilgari xonakilashtirilgan.Hozirda xonaki otlarning 200dan ortiq zoti ma'lum. Otlar asosan miniladi,aravaga qo'shiladi,og'ir yuk tortadi.Sutidan qimiz tayyorlanadi.Qonidan shifobahsh preparatlar va zardob tayyorlanadi. Ot zotlari: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.12 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.12 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga