Dunyo iqlimiy va rekreasion resurslari Agroiqlim resurslari atmosfera havosining aktiv (+100 S) haroratlari yig'indisiga qarab baholanadi. Agroiqlimiy resurslarning taqsimlanishiga kenglik zonalligi va vertikal mintaqalanish xal qiluvchi ta'sir qiladi. Agroiqlim resurslari-yer sharida issiqlik, yorug'lik va namlikning taqsimlanishiga bog'liq. Agroiqlim resurslaridan issiqlik alohida o'rin tutadi. Issiqlik va yorug'lik ekvatordan har ikkala qutb tomon kamaya boradi. Natijada yer sharida 7 ta agroiqlim mintaqasi shakllangan. Ulardan tropik mintaqadan tashqari qolgan 3 ta mintaqa 2 martadan takrorlanadi. 1. Tropik mintaqa. Afrika eng issiq materik bo'lib, chekka shimoliy, chekka janubiy va baland tog'li qismlaridan qolgan barcha qismlarida 1sm.kv. joyga 800 dan ortiq issiqlik tushadi, sovuq oyning o'rtacha haroratlar yig'indisi +150 dan yuqori. Bu joylar tropik mintaqaga mansub bo'lib, dunyoda tropik kengliklar oraliqlari (Amazoniya past tekisligi, Markaziy Afrika, Arabiston, Hindiston, Hindixitoy yarim orollari, Malayya arxipelagi va Avstraliyaning shimoli) kiradi. Bu mintaqada issiqsevar qisqa kunli o'simliklar o'sadi. Ekvator atrofida kunning uzunligi har doim 12 soat, shimoliy va janubiy tropiklarda esa 13 soatu 13 minut.Vegetasiya davri uzluksiz davom etadi. 2. Subtropik mintaqa tropik mintaqadan shimolda va janubda tarqalgan bo'lib, bu mintaqaga Afrikaning chekka shimoli va janubi, Janubiy Amerikaning janubi,Meksikaning shimoli-AQSHning janubi, Evropaning O'rta Dengiz boylari, O'rta Sharq, O'rta Osiyo, Taklamakon cho'li, Sharqiy Xitoy, Avstraliyaning janubi kiradi. Subtropik mintaqaga odatda Shimoliy va janubiy tropik chizig'idan shimoldagi va janubdagi hududlar kiradi. Bu mintaqada haroratlar yig'indisi 400-800 ga to'g'ri keladi. Yillik sovuq oyning o'rtacha tempratura yig'indisi +50 +150. Issiqsevar o'simliklar etishtiriladi. Vegetasiya davri uzoq 210-310 kun. Kunning uzunligi 13,30-15,30 soat. 3. Mo''tadil mintaqa katta maydonlarni egallaganligi sababli 2 mintaqachaga: mo''tadil mintaqacha va sovuq- mo''tadil mintaqachaga bo'linadi. Mo''tadil mintaqa asosan shimoliy yarim sharda joylashgan. 1) Mo''tadil mintaqachaga AQSH ning shimoli - Kanadaning janubi, butun O'rta Yevropa, Belorus, Ukraina, Volga boyi, Kavkaz, Qozog'iston, Xitoyning markazi va shimoliy qismi, Koreya yarim oroli, Yaponiyaning shimoli kiradi. Bu mintaqada yilning sovuq oyining o'rtacha temperaturasi-100S .Yillik haroratlar yig'indisi 1 sm2 joyga 2200-400ni tashkil etadi. Kunning uzunligi 16-17 soat. Bu mintaqachada kunning uzunligi o'rtacha va uzun bo'lgan o'simliklar (bug'doy, makka, qand lavlagi, kungaboqar, janubida esa paxta, eryong'oq, uzum) etishtiriladi. 2)Mo''tadil mintaqacha shimolida 650 shimoliy kenglikkacha sovuq mo''tadil mintaqacha egallagan. Bu mintaqachaga Kanadaning katta qismi, Shimoliy Evropa, Rossiyaning katta qismi kiradi. Yilning sovuq oyining o'rtacha temperaturasi yig'indisi -250gacha. Yillik temperatura yig'indisi 100-2200. Kunning uzunligi 19-23 soatgacha. Bu mintaqachada uzun kunli o'simliklar zig'ir, kartoshka, malina,chereshnika, brusnika o'sadi. Bu mintaqachaning barcha qismlarida namlik koeffisienti 1 dan ortiq. 4. Sovuq mintaqaga 600 shimoliy kenglikdan shimoli ayrim joylarda 500shimoliy kenglikdan shimoli (Labrador yarim orolida) ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.97 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.97 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: doc