Dunyo mashinasozlik sanoati Reja: Dunyo mashinasozlik sanoati Dunyo kimyo sanoati Ximiya sanoatining tarmoqlari Mashinasozlik hozirgi kunimizdan 2 asr ilgari Angliyada sanoat inqilobi vaqtida sanoat tarmog'i sifatida vujudga kelgan.Hozirgi vaqtda esa mashinasozlikda band ishchilarva xizmatchilar soni 80 mln.dan ortiq.Mashinasozlik hozirda mahsulot qimmati jihatidan jahon sanoat tarmoqlari orasida 1-o'rinda turadi. Qora va rangdor metallurgiya mashinasozlik uchun asosiy xom-ashyo bo'lib, ulardan mashinalar va ularning detallari ishlanadi. Mamlakatda qanday mashinalar boligiga, ularning soniga va qancha tez ishlab chiqarishga qarab mazkur mamlakatning iqtisodiy qudrati va taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish mumkin. Mashinalar ishlab chiqarish uchun ko'p miqdorda metall, plastmassa, bo'yoqlar, rezina, gazlama, yog'och-taxta kerak bo'ladi. Mashinalar yuzlab xatto minglab detallardan yasaladi.Masalan: 1ta samolyot 1200 detaldan yasaladi.Bu detallarning hammasini 1ta zavodda yasash noqulay va befoydadir. Masalan: Gorkiy avtomobil zavodi 1800 km.gacha masofadagi 35 ta yirik shaharlardagi 300ga yaqin korxonalar bilan iqtisodiy a'loqada bo'ladi. Mashinasozlik korxonalarini joylashtirish shartlari: 1.Qulay transport magistrallarining mavjudligi.Chunki mashinasozlik korxonasiga chetdan ko'plab detallar keltiriladi va tayyor mashinalarni sotish qulay bo'lishi uchun. 2.FTI davrida mashmnasozlik korxonalarida ishlash uchun malakali mutaxassis va ilmiy-texnik kadrlar miqdorining etarli bo'lishi.Agar ishlab chiqarish jarayonining 1qismini avtomat va yarim avtomat bajarsa, mashinasozlik buyumlarining tannarxi arzon bo'ladi.Mehnat unumdorligi oshadi, xarajat kamayadi.Lekin elektr energiyasi ko'p talab qilinadi.Mashinasozlik zavodlari elektr energiyasini ko'p mehnat talab qiladigan tarmoqlardir. Priborsozlik eng ko'p mehnat talab qiladigan sohadir. 3.Mashinalar mamlakatning hamma rayonlarida ham kerak.Lekin bir rayonda to'qimachilik stanoklari, boshqasiga ko'mir kombaynlari, yana biriga dengiz kemalari ko'proq talab qilinadi.Shu sababli mashinalarni oluvchilarni hisobga olish mashinasozlikni joylashtirishning 3 shartidir (iste'molchi). Masalan: qishloq xo'jaligi mashinasozligi O'rta Osiyoda, g'alla o'rish Shimoliy Kavkazda, lavlagi yig'uvchi mashinalar Ukrainada ishlab chiqariladi. 4.Mashinasozlik korxonalariga metallurgiya bazasining yaqinligini hisobga olish sharti.Chunki mashinasozlik uchun ko'p metall talab qilinadi. Mashinasozlikning ayrim tarmoqlari uchun yuqoridagi shartning 1ta muhim bo'lsa, boshqa tarmoqlari uchun bir nechtasini hisobga olish kerak bo'ladi. Masalan: traktorsozlik metallurgiya bazasiga ham va iste'molchiga ham yaqin bo'lishi kerak. FTI davrida mashinasozlik zavodlarining metalga bo'lgan bog'liqligiga nisbatan kamaydi.Lekin ularning malakali ishchi kuchiga bog'liqligi, ilm-fan talab tarmoqlarining esa ilmiy-tadqiqot markazlarning bog'liqligi ancha oshdi.Mashinasozlik hamma joyda ham joylashadigan tarmoqqa aylanib bormoqda. Dunyo iqtisodiy kartasida umumiy holda mashinasozlikning 4 regionini ajratish mumkin: 1.Shimoliy Amerika bo'lib, bu yerda mashinasozlik mahsulotining eng oddiydan to eng murakkabigacha bo'lgan barcha turlari ishlab chiqariladi.AQSH yetakchi. 2.xorijiy Yevropabo'lib, u asosan ommaviy mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.Etakchilar: Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Polsha. 3.Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo.Ommaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga eng yuqori texnologiyagacha asoslangan buyumlar ishlab chiqaradi.Yetakchilar: Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Singapur. 4.MDH. Bu regionga kiruvchi ko'pchilik ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.15 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.15 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: doc