Dunyo okeani, tubi, relyefi, gipsometrik profilining tahlili

Dunyo okeani, tubi, relyefi, gipsometrik profilining tahlili

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyo okeani, tubi, relyefi, gipsometrik profilining tahlili - rasmi

Material tavsifi

Dunyo okeani tubi relyefi gipsometrik profilining tahlili Reja: Dunyo okeanlari tuzilishi Dunyo okeanining hayvonot dunyosi Dunyo okeanlar huquqi Dunyo okeani tubi yirik litosfera plitalaridan tashkil topgan. Lekin ular materiklar bilan birga yaxlit litosfera plitalarini tashkil etganligi uchun materiklar nomi bilan ataladi. Faqat Tinch okean tubi mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratiladi. Okean tublarida daryo, dengiz to'lqinlari va oqimlari, shamol, aysberglar keltirgan yotqiziqlar, hatto organizmlar va kosmik changlar cho'kindi jinslar qatlamini hosil qiladi. Terrigen, ya'ni vujudga kelishiga ko'ra quruqlik bilan bog'-liq cho'kindilar qirg'oq yaqinida bo'ladi. Terrigen yotqiziqlar Dunyo okeanining 25% ini qoplaydi. Okean tagi esa nobud bo'lgan dengiz organizmlari qoldiqlaridan hosil bo'lgan cho'kindilar, ya'ni okean loyqasi bilan qoplangan. Okeanning qirg'oqdan uzoq eng chuqur qismlarida qizil tusli okean gili to'plangan. U Dunyo okeani tagining 36% ini qoplab yotadi. Okean gili jigarrangdagi gilsimon balchiqdan iborat. U okeanning dan chuqur qismlarida bo'ladi. Okean tubi relyefi. Dunyo okeani tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Okean tubida materik sayozligi, materik yonbag'ri, materik etagi, okean tubi botiqlari, o'rta okean tizmalari va eng chuqur cho'kmalar kabi yirik relyef shakllari mavjud. O'rta okean tog' tizimining umumiy uzunligi 60 ming km dan ortiq bo'lib, u barcha okeanlarni kesib o'tgan va bir qancha tarmoqlarga bo'lingan (9- rasm). Atlantika okeanida Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika, Braziliya, Angola; Tinch okeanda Shimoli-sharqiy, Shimolig'arbiy, Markaziy, Janubiy va Chili; Hind okeanida Somali, Markaziy va G'arbiy Avstraliya kabi botiqlar bor. Antarktida qirg'oqlari yaqinida Afrika-Antarktida, Avstraliya-Antarktida va Bellinsgauzen botiqlari bor. Dunyoning tabiiy xaritasida beshta havzani ajratish mumkin. Ular Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeani havzalari va berk havzalardir. Daryo qaysi havzaga o'z suvini quysa, o'sha havzaga tegishli bo'ladi. Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos - Yerni aylanib oqadigan azim daryo) - Yerning materik va orollarni o'rab turuvchi suv qobig'i. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy ko'rsatkichlari xilma-xildir. Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga ko'ra, dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qo'ltiqlar, buxta va bo'g'ozlarga ajralib turadi. 1650-yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alohida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz Okeanlariga bo'ldi. 1845-yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq ba'zi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Hind okeanlari. XX asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 150.12 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 150.12 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga