Dunyo okeani. Iqlimiy, kosmik, biologik va rekreatsion resurslar 9-sing Geografiya darsligi asosida 6 § - mavzu Dunyo okeani Iqlimiy va kosmik resurslar Biologik resurslar Rekreatsiya resurslari Reja: Insoniyatning yaqin kelajagida katta ahamiyatga ega bo'lishi kutilayotgan tabiiy resurs turlaridan biri Dunyo okeani resurslaridir. Bu xazinaning dastlabki xili dengiz va okean suvining o'zidir. U yer yuzi gidrosferasining 96,5% ini tashkil qiladi. Dunyo okeani suvida eng ko'p erigan holda uchraydigan boyliklardan biri tuzdir. Qadim zamonlardayoq dengiz suvidan osh tuzi ajratib olishga erishilgan. Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda hozir ham tuz olishda dengiz suvidan foydalanishadi. Boshqa xildagi yana bir muhim boylik turi Dunyo okeani ostidagi mineral resurslardir. Quruqlikda uchraydigan deyarli barcha turdagi mineral resurslar dengiz va okean sayozliklarida (shelf) ham mavjud. Dunyo okeanining uchinchi xil boyligi energetika resurslaridir. Bunday boyliklar ko'lami ham juda katta. Hozir dengiz suvining qalqishi (ko'tarilishi va pastga tushishi) natijasida hosil bo'ladigan energiyani o'zlashtirishda dastlabki yutuqlarga erishilgan. Dunyo okeanining inson uchun eng ahamiyatli to'rtinchi xil boyligi - biologik resurslardir. Suvdagi deyarli barcha turdagi hayvonot va o'simliklar hayot uchun eng zarur hisoblanadigan oqsil va boshqa zaruriy birikmalarga boy. Ma'lumotlarga ko'ra, okean suvlarida 140 ming turdagi hayvonot va o'simliklar bor. Hozir dunyo aholisining oqsillarga bo'lgan ehtiyojining 20% idan ko'prog'i dengiz hayvonlari va o'simliklari hisobiga qoplanmoqda. Iqlimiy va kosmik resurslar qatoriga insoniyatga xizmat qilayotgan quyosh, shamol va geotermal energiya resurslari kiradi. Bular va Dunyo okeanining energiya resurslari noan'anaviy energiya resurslari deyiladi. Quyosh bitmas-tuganmas energiya manbayidir Muhim noan'anaviy energiya vositalaridan biri shamol energiyasidir. Inson qadimdan shamol tegirmonlari, yelkanli kemalar xizmatini tashkil qilishda shamol energiyasidan foydalanib keladi. Biologik resurslar deb, Yer yuzasining o'simlik va hayvonot boyliklariga aytiladi. O'simlik resurslari madaniy va yovvoyi o'simliklarni o'z ichiga oladi. Ularning turlari nihoyatda xilma-xildir. Insonning jismoniy va madaniy dam olishi hamda davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalar rekreatsiya resurslari deb ataladi. Tabiiy rekreatsiya resurslari qatoriga toza havoli go'zal tabiat go'sha (landshaft) lari kiradi. Ijtimoiy yoki madaniy-tarixiy rekreatsiya resurslari. Turli davrlarda inson aql-zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san'at obidalari va yodgorliklari, muzeylar, saroylar ijtimoiy yoki madaniy-tarixiy rekreatsiya obidalari bo'lib hisoblanadi. MAVZU: Dunyo okeani. Kosmik, Iqlimiy, biologik va rekratsion resurslar. I. Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga Dunyo okeani.Kosmik,iqlimiy,biologik va rekratsion resurslarning ahamiyati,ularning turlari xalq xo'jaligidagi o'rnini ochib berish.Davlatlar misolida bu resurslarning tarqalishini o'rgatish. Ta'rbiyaviy maqsad: O'quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni va internet ma'lumotlarini o'rganishga da'vat etish; o'z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash; jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas'uliyatni his qilish kabi ko'nikmalarni tarkib toptirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.44 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.44 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: pptx