Dunyo okeani 5-sing Geografiya fani darsligi asosida 19 § - mavzu Dunyoda okeanlar 4 ta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari. Ularning hammasi birgalikda Dunyo okeani deb ataladi. Tinch okean eng katta va eng chuqur okean. Maydoni butun quruqlik maydonidan katta - 180 mln km2. Eng chuqur joyi Mariana botig'i - 11022 metr. Tinch okean Atlantika okeani kattaligi jihatidan ikkinchi o'rinda. Maydoni 91 mln km2. Eng chuqur joyi Puerto-Riko botig'i - 8742 metr. Atlantika okeani Hind okeani maydoniga ko'ra uchinchi o'rinda turadi. Uning maydoni 76 mln km2. Eng chuqur joyi Zond botig'i - 7729 metr. Hind okeani Shimoliy Muz okeani eng kichik okean - maydoni 14 mln km2. Eng chuqur joyi - 5527 metr. Bu okean Shimoliy qutb atrofida joylashgani tufayli eng sovuq okean hisoblanadi. Ko'p qismi doim muz bilan qoplanib yotadi. Dengizlar, qo'ltiqlar, bo'g'izlar. Dengizlar okeanlarning kichik qismlari bo'lib, ulardan yarimorollar, orollar va suv osti qirlari bilan ajralib turadi. Quruqliklarning chekkasiga tutashgan dengizlar chekka dengizlar deyiladi. Ayrim dengizlar quruqlikning ichiga ancha kirib borib, okeanlar bilan bo'g'izlar - tor suv yo'llari orqali tutashgan. O'rta dengiz, Qizil dengiz, Qora dengiz ichki dengizlardir. Bunday dengizlar ichki dengizlar deb ataladi. Okeanlar tagi relyefi. Okeanlar tagi ham quruqliklar yuzasi kabi notekis. Okeanlarning materiklarga tutashgan chekka qismlarida quruqlikning suv tagidagi davomi - materik sayozligi, ya'ni shelf joylashgan. 200 metrdan 2500-300 metr chuqurlikkacha bo'lgan joylar materik yonbag'ri deyiladi. Undan chuqurda okean tagi boshlanadi. Okean tagida keng tekisliklar, tog'lar, juda chuqur botiqlar mavjud. Suv osti tog' tizmalari minglab kilometrga cho'zilgan Materik sayozligi Orollar Okean tagi Suv osti tog'lari Okean tagi Materik yonbag'ri Chuqur okean botig'i 0 200 41-rasm. Okean tagi relyefi. Dengiz va okeanlarning chuqurligi exolot deb ataladigan asbob bilan o'lchanadi Tovush Aks sado 42-rasm. a) chuqurlikni exolot yordamida o'lchash; b) okean va dengizlarning chuqurligi shkalasi. Dengiz va okeanlar xaritalarda havorang bilan ko'rsatiladi. Ular qanchalik chuqur bo'lsa, havorang shunchalik to'q qilib beriladi va chuqurlik shkalasida necha metr ekani ko'rsatib qo'yiladi Antarktida Muz okeani Atlantik okean Xind okean Savol va topshiriqlar: 1. Dunyo okeani qaysi okeanlardan tashkil topgan? 2. Yevrosiyodagi ichki va chekka dengizlar nomini ayting. 3. Materik sayozligi deb okeanlarning qaysi qismlariga aytiladi? 4. Qo'ltiq deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring. Umumiy Yer bilimi fani bo'yicha Dunyo okeani mavzusiga ishlangan taqdimot . Hind okeani Tinch okean Shimoliy muz okeani DUNYO OKEANI Dunyo okeaninig taqsimlanishi Matn Tinch okean Maydoni: 180 mln km2 Suv hajmi: 724 mln km3 O'rtacha chuqurligi: 3976 m Eng chuqur joyi: 11022 m (Mariana botig'i) ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.42 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.42 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: pptx