Mavzu: Dunyo okeanini biologik resurslari Dunyoning chuchuk suv resurslari Dunyo bo'yicha gidrosferaning umumiy hajmi 1,4mlrd km3 bo'lib, uning 96,5%i dunyo okeaniga, 3,5%i quruqlikdagi suvlarga to'g'ri keladi. SHundan 2,5%ini chuchuk suvlar tashkil etadi. Uning asosiy qismi Antarktida, Arktika,Grenlandiya va tog' muzliklari shaklida jamlanib qo'yilgan bo'lib, hozircha amalda ulardan to'liq foydalanib bo'lmaydi. Dunyo bo'yicha chuchuk suvning umumiy zapasi 35mln km3 bo'lib, uning 24 mln km3i qoplama va tog' muzliklariga to'g'ri keladi.98,5%-qoplama, 1,5%-tog' muzliklari Muammo shundaki, insoniyatning chuchuk suvga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydigan asosiy manba daryolar suvi bo'lib, ularning yillik suv oqimi 4700 km3ga teng.Daryo suvlarining 47,3%i Janubiy Amerikaga, 26,7%i Osiyoga, 12%i Shimoliy Amerikaga, 9,2%i Afrikaga, 3,7%i Evropaga, 1,1%i Avstraliyaga to'g'ri keladi.Bu miqdor unchalik ko'p emas, buning ustiga uning yarmidan foydalanish imkoni bor xolos.Qishloq xo'jaligida ishlatilgan suv, ayniqsa, obikor dehqonchilikda qaytib o'rniga kelmaydi.Bu holat chuchuk suv tanqisligi xavfini vujudga keltiradi Yer yuzasida chuchuk suv juda notekis taqsimlangan.Ekvatorial mintaqada va mo''tadil mintaqaning shimoliy qismida chuchuk suv etarli va hatto ortiqcha.Bu joylarda: Kongo,Zair,Gabon (aholi jon boshiga yiliga120ming km3), Kanada (115ming km3), Norvegiya (100 ming km3), Braziliya (48 ming km3), Kolumbiya, Venesuela, Peru, Boliviya, Yangi Zelandiya (125 ming km3), Rossiya (28 ming km3) kabi davlatlar joylashgan Chuchuk suv bilan ta'minlanganlik darajasi o'rtacha bo'lgan mamlakatlarda aholi jon boshiga yiliga 5-25 ming km3 suv to'g'ri keladi.Bunday holatga AQSH, Meksika, Argentina, Mozambik, Mavritaniya, Eron, Myanma, Shvesiya kabi davlatlar kiradi Quruqlikning 13qismini tashkil etgan qurg'oqchil mintaqalarda suv tanqisligi juda keskin seziladi.Bu erlarda chuchuk suvga eng kambag'al mamlakatlar joylashgan.Ularda kishi boshiga 500 km3dan ham kam suv to'g'ri keladi, ularda qishloq xo'jaligida faqat sun'iy sug'oribgina dehqonchilik qilinadi.Bunday mamlakatlarga: G'arbiy yarim shardan birorta mamlakat kirmaydi, Jazoir, Liviya, Misr, Sudan, Efiopiya, Chad, Arabiston yarim oroli mamlakatlari, O'rta Osiyo Respublikalari (Qirg'iziston va Tojikistondan tashqari), Yaqin Sharq, Kichik Osiyo, Afg'oniston, Pokiston kiradi Insoniyatning suv muammosini yechishning bir necha yo'llari mavjud.Bu yo'llardan asosiysi ishlab chiqarish jarayonlarining suvga bo'lgan talabini kamaytirish va suv isrofgarligini kamaytirishdir.Shuningdek daryolar oqimini tartibga solish uchun suv omborlarini qurish.Jahonda hammasi bo'lib umumiy suv hajmi 6,5ming km3 bo'lgan 400dan ortiq suv omborlari buyod etilgan.Bulardagi suv bir vaqtning o'zida yer yuzidagi barcha daryolar suvidan 3,5marta ko'p.Bu suv omborlarining umumiy maydoni 400km2 bo'lib, Azov dengizidan 10barobar katta.Eng katta suv omborlar: Bratsk, Buxtarma, Tuyamo'yin, Nosir Jahondagi eng yirik ya'ni suv hajmi 100 mlrd m3 dan ortiq bo'lgan suv omborlari: 1. Bratsk (169 mlrd m3 Rossiya Angara daryosi) 2. Nosir yoki Asuan (Misr. Nil daryosi ) 3. Viktoriya (Uganda) 4. Kariba (Zambiya, Zimbabve. Zambezi daryosi) 5. Volta (Gana. Volta daryosi) ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
894.26 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
894.26 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: pptx