6-sinf geografiya darsligi asosida 16-mavzu: Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta'siri Dunyo okeani Yerning barcha qobiqlari bilan muntazam o'zaro aloqada bo'lib, sayyoramiz tabiatiga kuchli ta'sir etib turadi. Dunyo okeanining atmosfera, litosfera, biosfera bilan doimiy o'zaro ta'siri natijasida okean atmosfera quruqlik tizimi tarkib topgan. Bu tizimda modda va energiya almashinuvi kuzatiladi. Tizimdagi moddalarning harakatini ta'minlaydigan qudratli kuch quyosh energiyasidir. Dunyo okeani Yer yuzasiga Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70 % ini yutadi. Natijada okean issiqlik akkumulatori ga aylanadi va atmosferani ilitib turadi, bug' holatidagi namlik bilan ta'minlaydi, quruqlikka va barcha suv havzalariga yog'in beradi. Quyosh energiyasi ta'sirida harakatga kelgan issiqlik mashinasi butun Yer yuzasi bo'ylab okean atmosfera quruqlik tizimida issiqlik va namlik taqsimotini ta'minlaydi (10- rasm). Issiqlik mashinasi ning harakat yo'nalishi, tezligi kabi xususiyatlariga Oy va Quyoshning tortishi hamda Koriolis kuchi, Yerning ichki energiyasi, hatto antropogen omil ham ma'lum miqdorda ta'sir etadi. Oqibatda tabiatda turli xil jarayonlar yuzaga keladi. Okeanning atmosfera va quruqlikka ta'sir etishida havo massalarining o'rni katta. Okean quyosh issiqligini to'playdi, ularni dengiz oqimi turli kenglik va uzoqliklarga olib ketadi, atmosferani ilitadi. Agar havo massalari okean yuzasida hosil bo'lsa, dengiz havo massalari, aksincha, quruqlik ustida hosil bo'lsa, kontinental havo massalari deb ataladi. Bu havo massalari okean quruqlik tizimida issiqlik va sovuqlikni tashuvchi vosita vazifasini bajaradi. Atmosferada sodir bo'ladigan shamol, bo'ron va quyunlarning bosh sababchisi ham okean atmosfera quruqlik tizimidagi modda va energiyaning almashinuvidir. Quyun (tayfun) va bo'ronlar ikkala yarimsharning 5 - 20° kengliklari oralig'idagi okean yuzasida tarkib topadi. Dengiz oqimlari ham okeanning atmosfera va quruqlik o'rtasidagi o'zaro aloqasiga kuchli ta'sir etadi. Ayniqsa, iliq va sovuq dengiz oqimlari issiqlik va sovuqlikni geografik kenglik hamda uzoqliklar bo'yicha tashiydi. Okeanlarning yashash uchun qulay bo'lgan sohillarida qadimdan odamlar makon qurgan. Hozir ham qirg'oqning 50 km gacha bo'lgan qismida dunyo aholisining 27 % i yashaydi. Okean ' atmosfera ' quruqlik tizimi, issiqlik mashinasi, dengiz oqimlari, quyun, bo'ron, Koriolis kuchi. Havo massalarining okean ' atmosfera ' quruqlik tizimiga ta'sirini daftaringizga yozing. Okean bilan quruqlikning o'zaro ta'sirida suvning aylanma harakat sxemasini chizmada tasvirlang. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.32 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.32 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: ppt