Dunyo o'rmon va yog'ochsozlik sanoati Reja: Dunyo o'rmon va yog'ochsozlik sanoati 2. O'rmon sanoatining tarkibi. 3. Dunyo yengil sanoati. 4. Dunyo qishloq xo'jaligi. Mazkur sanoat ko'p jihatidan o'rmon resurslarining joylashuviga bog'liq.O'rmon faqatgina sanoat xom-ashyosi emas.U tuproqni shamol va suv eroziyasidan saqlaydi, yerdagi namni saqlaydi, daryolarning toshishiga yo'l qo'ymaydi, ekinzorlarni garmseldan saqlaydi, Yerning o'pkasidir (O2 manbaidir). O'rmon sanoati xalq xo'jaligiga: qurilish materiallari, sun'iy tola, spirt, qog'oz, karton, skipidar, kanifol, smola, (yelim), yem achitqilari, mebel, idish (tara), lak-bo'yoq, hushbo'y efirlar va h.k. beradi. O'rmon sanoati mahsulotlarining iste'molchilari: mashinasozlik, yengil sanoat, transport, aloqa va qurilishdir. O'z navbatida o'rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar, avtomashinalar, traktorlar, stanoklar oladi. O'rmon sanoatining tarkibi: 1.Yog'och tayyorlash: Daraxt qirqish,uni transport magistraliga olib chiqish,qayta ishlash markazlariga etkazib berish; 2.Yog'ochga mexanik ishlov berish: Yog'och-taxta,fanera,gugurt,mebel,idish,binokorlik detallarini ishlab chiqarish (eshik,deraza). 3.Yog'ochga ximiyaviy ishlov berish (o'rmon-ximiya): Qog'oz,karton,skipidar,kanifol,yem-achitqilari,lak-bo'yoq. O'rmon sanoati o'zaro bog'langan bir qancha ishlab chiqarishlardan iborat.Birining ishlab chiqargan mahsuloti 2-si uchun xom-ashyo bo'ladi.Masalan: yog'och tayyorlash korxonalaridan chiqqan yog'ochlar mebelь sanoati uchun xom-ashyodir. O'rmonlar xalq xo'jaligida turli xil ahamiyatga ega.Sanitariya o'rmonlari (shaharlar atrofida), tuproqlarni, dalalarni (Sahroi Kabir atrofida), suvni muhofaza qiluvchi o'rmonlar (daryo,ko'llar,suv omborlari,kanallar yoqalarida), qo'riqxona va milliy bog' o'rmonlari (AQSHda sekvoya saqlanadi) bo'ladi.Bunday o'rmonlarda daraxtlarni sanoat uchun kesish man etiladi, balki parvarish qilish uchun kesiladi. O'rmonlarni kesishda ularning yoshiga ham qaraladi. Masalan: Rossiyada 80 yoshdan oshgan daraxtlar etilgan hisoblanadi.O'rmon sanoati korxonalarini dengiz,daryo,shosse,temir yo'l tugunlarida joylashtirilishi iqtisodiy qulay.O'rmon sanoatida asosiy harajat yog'och tayyorlashga to'g'ri keladi. O'rmon sanoatida qimmatbaho daraxt turi-igna bargli o'rmonlar hisoblanadi.(qayrag'och,qora qarag'ay,pixta,kedr,tilog'och). Jahonda o'rmon resurslari shartli ravishda 2 mintaqaga ajratiladi: 1.Shimoliy o'rmon mintaqasida asosan igna bargli daraxtlar kesilib,ulardan yog'och taxta tilinadi,sellyuloza,qog'oz,karton ishlanadi.Rossiya,Kanada,Shvesiya,Finlyandiya o'rmon va yog'ochsozlik sanoatida yetakchi bo'lib, xalqaro ixtisoslashgan davlatlardir.Yog'och mahsulotlarini chetga chiqarishda dunyoda 1-o'rinda Kanada turadi. 2.Janubiy o'rmon mintaqasida keng bargli daraxtlar (eman,zarang,tikon daraxti,qizil,bals va h.k.) Bu yerda o'rmon sanoatining 3ta asosiy areali tarkib topgan.Ular quyidagilar: 1.Amazoniya 2.Tropik Afrika 3.Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo Ularda tayyorlangan yog'och-taxta dengiz yo'llari orqali Yaponiya va Horijiy Yevropaga sotiladi.Janub mamlakatlarida qog'oz tayyorlashda o'rmon yog'ochi emas, g'arov,bagassa,sizal,jut kabi o'simliklardan foydalaniladi. Dunyo yengil sanoati. Yengil sanoat tarkibiga to'qimachilik,tikuvchilik,mo'yna,ko'n-poyafzal,trikotaj tarmoqlari kiradi.Bu tarmoqlar mahsulotining katta qismi aholi iste'moliga mo'ljallanadi,bir qismi esa og'ir sanoatga kiradi (texnika gazlamasi,teri,charm). Yengil sanoat qishloq xo'jaligi bilan uzviy bog'liq.Qishloq xo'jaligi yengil sanoatga o'simlik (paxta,zig'ir,lub,jut,kanop) va hayvon (teri,mo'yna,jun,ipak,shox) xom-ashyosi beradi. Yengil sanoatning yetakchi tarmog'i-to'qimachilikdir. To'qimachilik sanoatining barcha xil mahsulotlari,ipdan gazlama,jundan gazlama,shoyi va zig'ir tola gazlama,sun'iy tola gazlama korxonalarida to'qiladi.Gazlama to'qib chiqarish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat. Xom-ashyoga paxta tozalash,zig'ir tolaga ishlov berish,jun yuvish ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.32 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.32 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: doc