Dunyo va O'zbekistonning yer resurslari

Dunyo va O'zbekistonning yer resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyo va O'zbekistonning yer resurslari - rasmi

Material tavsifi

Dunyo va O'zbekistonning yer resurslari Insoniyat tabiat qo'ynida paydo bo'ldi, ulg'aydi, hozirgi intellektual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana shu evolutsion rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarini oldi, uni chuqur o'zlashtirishga erishdi va o'z navbatida, unga o'z ta'sirini o'tkazib keldi. Boshqacha aytganda, o'tgan uzoq tarixiy davrlar davomida insoniyatning tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga o'zaro ta'siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarin, taraqqiyot jarayonining barcha davrlarida insoniyat tarixini uning tabiat bilan o'zaro aloqalari tarixi ham deb hisoblash mumkin. Ana shu uzluksiz, tobora kuchayib borgan o'zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatning hozirgi holatiga olib keldi. Jamiyatning rivojlanishi jarayonida zamin bo'lgan Ona Yer, Ona Tabiat insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridan to hozirgacha o'z boshidan katta o'zgarishlarni o'tkazdi. Jamiyat va tabiatning o'zaro aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson, asosan, tabiat bergan ne'matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchilik bilan shug'ullangan, o'simlik ildizlarini yig'ib kun kechirgan. Tabiiyki, u davrlarda kishilar o'simlik va hayvonlarga boy bo'lgan, asosan, iliq va nam hududlarda jamoa bo'lib yashashga intilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda ibtidoiy jamoa davri deb ataladi. Insoniyat hayotining 2-bosqichida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan boshlab Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo vodiylari, Qadimiy Yunoniston va Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy o'zgarishlarga erishgan hududga aylandi. Bunday o'zgarishlar eng avvalo, «Eski dunyo» hududlariga, ya'ni G'arbiy Yevropa, Osiyoning janubiy mintaqa kengliklarida joylashgan mamlakatlariga xosdir. Tabiiyki, o'rta asrlar davrida aholining yashash hududlari yanada kengaydi. Bular, eng avvalo, kashf qilingan «Yangi dunyo» deb atalmish Amerika va Avstraliya qit'alarining o'zlashtirila borishi misolida o'z ifodasini topadi. Yillar, asrlar o'tishi davomida jamiyat bilan tabiatning o'zaro ta'siri ham sekin-asta kengayib bordi. Avvalo insonning tabiatga ta'siri kuchaya bordi. Bular o'z navbatida jamiyat hayotida tobora katta o'zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Asta-sekin aholi soni ortib bora boshladi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining 3-bosqichi hisoblanmish o'rta asrlar davrida yer, mineral va o'rmon rcsurslarini kengroq o'zlashtirishga kirishila boshlandi. Karvon yo'llari (Buyukipakyo'li) orqali hududlararo aloqalar kuchaya bordi.Aholining ko'paya borishi yerlarga ishlov berishni kuchaytirish va yangi hududlarni o'zlashtirishga undadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika inqilobi davrida jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar faolligi o'zining eng yuqori darajasiga yetdi. Bu bosqichda «Jamiyat - tabiat»ning o'zaro munosabatlarida jamiyatning faolligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bu davrga kelib inson tomonidan yer yuzasi tabiatini keng miqyosda o'zlashtirishga erishildi. Ayniqsa, FTI davrida turli tabiiy resurslardan foydalanish sur'atlarining tinimsiz ortib borishi, tabiatga murakkab tarkibli, ko'p hollarda har taraflama zaharli sanoat va boshqa turdagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.72 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.72 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga