Dunyo xalqlarining tarkibiy tuzilmalari va ularning geografik manzarasi MUNDARIJA Kirish…… 1 bob. Dunyo aholisining geografik tavsifi……. Dunyo aholisining etnodemografik tavsifi…… Dunyo aholisning hududiy joylashuvi…… 2 bob. Dunyo aholisining tarkibiy tuzilmalari va geografiyasi……. 2.1 Dunyo xalqlarining tarkibiy tuzilmalari……. 2.2 Xalqlarning hududiy joylashuvi va tarkibiy tuzulmalarining o'zaro bog'liqligi……. 3 bob. Xalqlarning hududiy joylashuvi va tarkibiga ta'sir etuvchi omillar…… 3.1 Xalqlarning hududiy joylashuvi bilan bog'liq muommolar…… 3.2 Dunyodagi demografik jarayonlar va muommolar …… Xulosa…… Foydalanilgan adabiyotlar …… KIRISH Insoniyat paydo bo'libdiki, jamoa bo'lib yashab kelgan. Tarixiy taraqqiyotning yuksalishi davomida jamoalar kengayib, turli xil etnografik birliklarning rivojlanishi natijasida turli xil xalqlar paydo bo'lgan. Ma'lumki, bundan 10-15 ming yillar muqaddam yer yuzida aholi juda kam bo'lgan va sekinlik bilan ko'paygan. O'sha vaqtlarda inson tabiatga qaram bo'lgan, odamlar ovchilk va oziq yig'ish bilan kun kechirganlar. Keyinchalik chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanib borishi bilan aholining o'sishi ham birmuncha tezlashdi. Hozirgi vaqtda aholi sonining o'sishi ayrim qitalar, davlatlar o'rtasida va hatto yirik mamlakatlarning ichida ham farq qiladi. Bu juda ko'p omillarga bog'liq, maslan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, farovonlik darajasi kabi. Hozirda yer yuzida 7 miliyardga yaqin odam yashaydi. Ular turli xalqlarga mansub. Har birining soni 100 miliondan ortiq xalqlar bor, masalan, xitoylar, yaponlar, ruslar, bengallar. Nemislar, italiyanlar, franso'zlar esa bir necha miliondan iborat. Shuningdek, kam sonli xalqlar ham bor. Bular orasida eng kichigi - Fillipin orolida yashovchi TASADAY qabilasi bo'lsa kerak. Bu qabila 50 kishiga ham yetmaydi. Ular tog' yonbag'rlarida yashaydilar, ovchilik va yovvoyi o'simlik terish bilan kun kechiradilar, yaqinga qadar ular o'zlaridan boshqa odamlar borligini bilmaganlar ham. Yer yuzida hammasi bo'lib, 2 mingga yaqin katta va kichik xalq mavjud. Ular turli tillarda so'zlashadilar, ularning urf-odatlari ham turlicha. Xalqlar tashqi ko'rinishi bilan ham farqlanadilar. Masalan, yaponlar dag'al qora sochli va bodomko'z, barcha bengallar qorachadan kelgan, tropik Afrikada yashovchi xalqlar esa qora tanli, sochlari jingalak bo'ladi. Har bir xalq o'zining maxsus tilida so'zlashadi. Biroq bundan mustasno holatlar ham mavjud. Maslan, inglizlar va amerikaliklar bir xilda - inglizcha, nemischa va avstryaliklar esa nemis tilida, ispanlar hamda Janubiy va Markaziy Amerikaning ko'pchilik xalqlari ispancha so'zlashadilar. Lekin ular turli xalqlardir: ularning har biri o'z tarixi, turmush tarzi va urf-odatlariga ega. Xalqlar o'rtasida tafovvutlar ko'p, lekin ularning o'xshashlik va umumiylik tomonlari ham mavjud. Xalqlarning hammasi bir bo'lib insoniyatni tashkil etadi. Mana shu insoniyatning tarkibiy tuzilmalari va ularning geografik manzarasini ilmiy asosda o'rganish zamonaviy geografiyaning dolzarb mavz ularidan biridir. Shu sababli mazkur mavzuni o'rganish va demo-statik dalillar bilan asoslash men uchun judayam qiziq bo'lganligi uchun shu mavzuda ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.81 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.81 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:33 ]
Arxiv ichida: doc