Dunyo xo'jaligi geografiyasi

Dunyo xo'jaligi geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyo xo'jaligi geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Dunyo xo'jaligi geografiyasi RYeJA: 1. Dunyo xo'jaligining shakllanishi va uning asosiy bosqichlari. 2. xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro ixtisoslashuv iqtisodiy integratsiyasi, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy guruhlari. 3. Ilmiy texnik taraqqiyotning dunyo xo'jaligiga ta'siri. Milliy yalpi mahsulot (MYaM) ning mamlakatlardagi ko'rsatgichlari. 4. Dunyo xo'jaligi tarmoqlar geografiyasi. A) Sanoat tarmoqlari B) Qishlok xo'jalik tarmoqlari geografiyasi V) Transport tarmoqlari geografiyasi. Dunyo xo'jaligining shakllanishi va uning asosiy bosqichlari hozirgi dunyo xo'jaligining shakllanishi juda uzoq vaqt davom etgan tarixiy jarayon bo'lib, unda insoniyat ayrim yashagan ibtidoiy odam to'dalaridan butun dunyoni qamrab olgan iqtisodiy munosabatlargacha, tosh qurollaridan eng murakkab elektron hisoblash mashinalaridan foydalanishigacha bo'lgan murakkab yo'lni bosib o'tdi. Dunyo xo'jaligi (DX) shakllanishi eng avvalo jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tabiat bilan jamiyat o'rtasida modda almashinuvining to'xtovsiz oshib borishi, turli mamlakatlar, regionlar o'rtasida savdo- moliya va ishlab chiqarish munosabatlarining muntazam urnatilishi, va shu asosda dunyoda ijtimoiy iqtisodiy progressga to'sik bo'lib kelgan milliy xo'jaliklar asrlar davomida bir- birlaridan ajralgan holda va alohida hayot kechirishiga chek ko'yilishi davrigacha bo'lgan tarixini o'zida to'la aks ettiradi. Dunyo xo'jaligi dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo'jaliklarining jahon iqtisodiy aloqalari orqali o'zaro uzviy bog'langan va tarixan shakllangan majmuasidir. U dunyo ishlab chiqarish kuchlarining ming yillik evolyutsiyasi natijasidir. Dunyo xo'jaligining shakllanishi bir nechta bosqichga bulinadi: 1) dunyo xo'jaligi shakllanishining uzoq davom etgan tarixidan oldingi davr ( XVI asrgacha): 2) paydo bo'lish davr (XVI- XVII asrlar) asosan Buyuk geografik kashfiyotlarga bog'lik bo'lib, xalqaro savdo dunyoning barcha mamlakat va regionlarini qamrab olgan paytga to'g'ri keladi; 3) shakllanishi va kengayish davri (XIX asrning ikkinchi yarmi- XX asrning boshi) transport, qitalararo aloqalar, dunyo bozorining tez rivojlanishi bilan bog'likdir; 4) chuqurlashuv davri (XX ikkinchi yarmidan hozirgacha) yirik mashina industriyasi, transport va dunyo bozorining birgalikda rivojlanishining natijasidir. So'nggi bosqichda ko'plab sobiq mamlakatlar mustaqillikka erishdilar va o'z iqtisodiyotini rivojlantirib dunyo xo'jaligiga ko'shildilar. Shu bilan bir katorda ikki tuzumning kapitalistik va sotsialistik- mavjudligi katta ahamiyatga ega bo'ldi (Yani G'arb bilan Sharq o'rtasida iqtisodiy aloqalarning o'ziga xos xususiyati egalladi). Dunyo xo'jaligi dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo'jaliklarining jahon iqtisodiy aloqalari orqali o'zaro uzviy boglangan va tarixan shakllangan majmuasidir. U dunyo ishlab chiqarish kuchlarining ming yillik evolyutsiyasi natijasidir. Dunyo xo'jaligining shakllanishi bir nechta bosqichga bo'linadi: 1) dunyo xo'jaligi shakllanishining uzoq davom etgan tarixidan oldingi davr ( XVI asrgacha): 2) paydo bo'lish davr (XVI- XVII asrlar) asosan Buyuk geografik kashfiyotlarga bog'lik bo'lib, xalqaro savdo dunyoning barcha mamlakat va regionlarini kamrab olgan paytga to'g'ri keladi; 3) shakllanishi va kengayish davri (XIX asrning ikkinchi yarmi- XX asrning boshi) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 174.67 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 174.67 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga