Dunyoning global muammolari Reja: 1. Global muammolar tushunchasi. 2. Tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammolari. 3. Ekologik muammosi. 4. Demografik muammosi. 5. Energetika va xom-ashyo muammolari. 6. Oziq-ovqat muammosi. 7. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi. Kosmosni tinch maqsadda o'zlashtirish. Global muammolar tushunchasi. XX asrning oxirgi o'n yilliklari dunyo xalqlari oldiga ko'plab o'tkir va murakkab muammolarni ko'ndalang qilib qo'ydiki, ular global muammolar nomini oldi. Global muammolar deb, shunday muammolarga aytiladiki, ular ko'lami jihatdan butun dunyo, butun insoniyatni qamrab olib, uning hozirgi va kelajagi uchun havf tug'diradi. Hamda o'zlarining yechimi uchun barcha davlat va xalqlar kuchlarining birlashuvi, birgalikda jipslashib harakat qilishini talab etadi. Tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammolari. Barcha tarixiy davrlar va bosqichlarda urushlar jamiyat rivojida o'z muxrini (asoratini) qoldiradi. Biroq ilgari qachon butun-butun mamlakatlar va hatto materiklarning yo'q bo'lib ketish real «imkoniyati» bo'lmagan. Bunday «imkoniyat», ya'ni global havf asrning ikkinchi yarmida yadro qurolni va shu bilan birga raketa texnikasi yaratishi munosabati bilan vujudga keldi. Mana shuning uchun ham tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish, insoniyatning qirilib ketmay, o'zini o'zi saqlab qolishi muammosi haqiqatdan ham hozirgi kunimizning eng birinchi muammosiga aylandi. Faqat 80-yillar oxiri 90-yillar boshiga kelib, uni haqiqiy yechishga asos solindi. «Sovuq urush» tugatildi. Hozir jahon yadro qirg'ini havfi amalda qolmadi. Biroq ommaviy qirg'in qurollarning regional ziddiyatlar bilan uyg'unlikda tarqalishining hamon davom etishi dunyo uchun yanada katta havf tug'dirmoqda. Ekologik muammosi. Yer yuzining bir qancha mamlakat va rayonlarida ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Atrof-muhitning faqat ifloslanishidan ko'rilayotgan iqtisodiy zarar ijtimoiy, estetik va boshqa xil zararlarni hisobga olmaganda yiliga ko'plab millon dollarni tashkil etadi. Buning ustiga dunyo miqiyosidagi ekologik xavf vujudga keldi; bu xavf Yer yuzi iqlimining nazorat qilib bo'lmaydigan o'zgarishlari va stratosferadagi ozon qatlamining yemirilishidir. Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun tobora ko'p davlatlar o'z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar. Xavfning oldini olish bilan birga to'satdan favqulodda ro'y beradigan xavflarni bartaraf qilish bo'yicha ham yordam uyushtiriladi. Bularning barchasi 70-yillar BMT tomonidan olg'a surilgan «Yer faqat bitta-tanhodir» shiorini bajarish demakdir. Demografiya muammosi-«asr muammolari»dan biri. Bu muammoning o'zaro ziddiyatli ikki jihati bor. Birinchidan, mavjud demografik krizis tashvishga solmasligi mumkin emas. Chunki u hozirning o'zida bir qator mamlakatlarda aholi ko'payishi muvozanatining buzilishiga, uning tez qarib qolishi va sonining kamayib ketishiga olib keladi. Demograf (aholishunos)lar bu jarayonni depopulyasiya deb ataydilar. Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ko'pchilik mamlakatlarida aholining hamon tez o'sishi tashvish tug'dirmoqda. Buning ustiga aholi tarkibida yoshlarning ulushining juda katta ekanligi sharoitida tabiiy o'sish sur'atlarining tezda pasayishini ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:33 ]
Arxiv ichida: doc