Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi

Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi Reja: Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi. XX-asrning 90-yillaridan keyin yangi shakllangan davlatlar va ularning poytaxtlari: Mazkur kurs ijtimoiy-geografik fan bo'lib, u aholi va xo'jalikni butun dunyoda, ayrim hududlar va mamlakatlarda rivojlanish va joylanish qonuniyatlarini tadqiq etadi. Mazkur kurs butun jahon xalqaro munosabatlarini, insoniyat va jamiyat bilan tabiatning o'zaro aloqalari, global muammolar va jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Mazkur fanning shakllanish va taraqqiyotida bir qator iqtisodchi geograf olimlarning hissasi ko'p. Masalan: N.N.Baranskiy, I.A.Vitver, N.N.Kolosovskiy, V.P.Maksakovskiy, V.Ya.Rom, K.F. Stroev. O'zbek iqtisodchilaridan Z.Akramov, A. Soliev, A. Ro'ziev. Jahon iqtisodiy va siyosiy geografiyasi ijtimoiy fan bo'lganligi uchun bir qator iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan bog'langan. Masalan:iqtisod, tarix, falsafa, matematika, siyosiy va sotsial geografiya, aholi geografiyasi va tabiiy geografik fanlar biologiya, ximiya fanlari bilan bog'langan. Tadqiqot metodlari ham tobora boyib, kengayib bormoqda. Statistik, kartografik va tarixiy metodlardan tashqari yangi metodlar, masalan: matematik modellashtirish, kosmik metodlar paydo bo'ldi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlar xo'jalik tarmoqlarini joylashtirishda ilmiy asoslashga, qulay joylashtirilishiga, planli xo'jalik yuritilishiga, aholini sotsial sharoitini yaxshilash bilan birga material, yoqilg'i va asosiysi mablag'ni ko'p iqtisod qiladi. Iqtisodiy-ekonomicheskiy so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, xo'jalik yuritish degan ma'noni bildiradi. Mazkur fanni 1-bo'lib M.V.Lomonosov shunday deb atagan. Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi. Ma'lumki, dunyo siyosiy kartasi hozirgi holatga kelgunga qadar ko'p marotaba o'zgarishga uchragan. Asrimizning boshlarida (XX-asrni) dunyo siyosiy kartasini o'zgarishiga kuchli turtki bo'lgan omil I-jahon urushidir. Ikki harbiy siyosiy bloklar-Antanta va Uchlar ittifoqini bir-birlari bilan urushi I-jahon urushini keltirib chiqardi. Antanta harbiy tashkiloti 1895-1907 yillari tashkil topgan bo'lib, unga Fransiya, Angliya, Rossiya va Serbiya kabi mamlakatlar kirgan. Uchlar ittifoqi harbiy blokiga Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya mamlakatlari kirgan bo'lib, bu harbiy blok 1882-yili tashkil topgan. I-jahon urushi 1914 yili boshlanib 1918 yili tugagan. I-jahon urushi yillari Belorussiyani g'arbiy qismi, Ukrainani G'arbiy qismi hamda Moldaviya (Bessarabiya) Germaniya va Ruminiya davlatlari tomonidan bosib olindi va o'sha davlatlarni mustamlakasiga aylandi. 1917 yil Rossiyada Oktyabr revolyusiyasi ro'y berdi va revolyusiya g'alaba qozondi. Oktyabr revolyusiyasidan so'ng Rossiyada fuqarolar urushi alanga oldi. Bu davrda birgina O'zbekiston hududi 3 davlatga bo'lingan bo'lib, ular: 1.Buxoro amirligi. 2. Xiva xonligi. 3. Qo'qon xonligi. Mazkur amirlik va xonliklar 1917 yilgacha ularning qoldiqlari esa 1920 yilgacha hukmronlik qilgan. 1921-22 yillari ular butunlay tugatildi. 1922-yil 30 dekabr kuni dunyo siyosiy kartasida yangi davlat paydo bo'ldi. Shu kuni R.K.P (b) ning Butun ittifoq I-s'ezdida R.S.F.S.R, Ukraina, Belorussiya va ZSFSR birlashib SSR ni tashkil qildi. 1936 yilgacha O'rta Osiyo Respublikalari birin-ketin sobiq SSR tarkibiga qo'shilib bordi. 1924 yil dunyo siyosiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.14 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.14 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga