Elba qumtoshli tog'lari. Rudali tog'larning shimoli-sharqi (avtor fotosi) Shu sababli ro'y bergan vulkanik protsesslar natijasida qadimgi peneplenning bir xil yuzasida gumbazsimon tepaliklar, yani qadimgi vulkan qoldiqlari va to'g'ri doira shaklidagi krater ko'llarimaaralar hosil bo'lgan. Bundan tashqari, Reyn Slanets tog'larirelefining yana bir xususiyati Reyn daryosi va uning irmoqlarinint chuqur epigenetik vodiylaridir. Bu vodiylar yer yuzasiga 200 m gacha chuqur o'yib kirgan bo'lib, ularning zinapoyasimon tik yonbag'irlari bazan deyarli bevosita suv sathidan qad ko'taradi. Yaqin geologik o'tmishda Reyn daryosi janubga qarab oqqan, biroq Reyn Slanets massividan shimoldagi Kyoln qo'ltiqchasi deb ataluvchi rayondagi cho'qishlar va massivning o'rta qismini kesib o'tgan yer yoriqlari daryo oqimi yo'nalishining o'zgarishiga hamda Reyn daryosi hozirgi vodiysining hosil bo'lishiga sabab bo'lgan. Shvartsvalddan sharqda gertsin strukturalari trias va yura davrining dengiz yotqiziqlari qatlamlari tagida yotadi. Usha yerda, Reyn daryosining o'ng irmoqlarinekkar va Mayn havzasida Shvabiya-Frankoniya kuesta rayoni bor. Bu joylarning hammasi balandligi dengiz sath.idan 500-100 m baland platodan iborat. Platoning relefida tik (jarli) yon bag'ri shimoli-sharqqa qaragan va janubi-g'arbdan shimoli-sharqqa Nekkardan Maynga tomon yo'nalgan ikkita kuesta gryadasi aniq namoyoa bo'lgan. Shimoliy kuesta trias qumtoshlaridan tarkib topgan; uning tik qanoti kuchli parchalangan bo'lib, bazi joylarda ayrim tepaliklarga ajralib qolgan. Ikkinchi, balandroq ko'esta gryadasi yura ohaktoshlaridan tarkib topgan bo'lib, ayniqsa Shvabiya Yurasi yoki Shvabiya Albasi deb ataladigan janubi-g'arbiy qismida relefi yaqqol ajralib turadi. Bu gryadaning shimoli-sharqiy qismi-Frankoniya Yurasi ancha pastroq bo'lib, birmuncha parchalangan. Kuestalar yuzasida karst relefi shakllari keng tarqalgan. Shvabiya-Frankoniya kuesta rayonida shimolroqda sertepa joylar uzra ikkita gorst massivi qad ko'targan; bu gorst massivlari relefda yaqqol aks etgan uzilmali yonbag'irlarga va peneplenlashgan to'lqinsimon yuzaga ega. Bulartor va uzun, daryo eroziyasi ta'sirida kuchli parchalangan Tyuringiya O'rmoni (982 m) va Brokken (balandligi 1142 m) cho'qqisi bilan birgalikda ancha yaxlit Garts gorst massivlaridir. Frankoniya Yurasi tog'laridan sharqda O'rta Yevropada Markaziy Fransiya massividan keningi eng baland massiv Chexiya massivi joylashgan. U juda keng va peneplenlashgan paleozoy balandliklarining bo'linib-bo'linib ketishi natijasida hosil bo'lgan; bu massiv gorst tizmalarining chekkalari bo'ylab ketgan baland qismdan va nisbatan past ichki qismdan tashkil topgan. Chexiya massivining shimoli-sharqiy chekka qismirudali tog'larning balandligi 1200 m ga etadi. Bu tog'lar gorstdan iborat bo'lib, gorstning tik qanoti massivning ichki qismiga qaragan; gorst shimoli-g'arbga bir oz yotiq tushib keladi. Neogen davrida yer yoriqlari bo'ylab vulkanlar otilgan va pastroq vulkanlar qad ko'targan; bu vulkanlarning etagidan termal va mineral suvlar oqib chiqadi. Chexiya massivining shimolishariy chekka qismini Sudeg tog'lari (Snejka cho'qqisi- 1602 m) tashkil etadi. Ular bitta yaxlit tizmadan iborat bo'lmay, kichikroq palaxsali massivlarga va ularni bir-biridan ajratib ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.38 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.38 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:33 ]
Arxiv ichida: doc