Elektroenergetika sanoati

Elektroenergetika sanoati

O'quvchilarga / Geografiya
Elektroenergetika sanoati - rasmi

Material tavsifi

Elektro-energetika sanoati Reja: Elektro-energetika sanoatining tarkib topishi: Gidroenergetika sohasi: Issiqlik energetika sohasi. Elektro-energetika sanoatining mamlakat iqtisodiyotidagi mavqei, u bilan bog'liq muammolar: Elektr quvvati hosil qilish butun yoqilg'i energetika majmui eng ilg'or, xalq xo'jaligi barcha tarmoqlari va aholining kundalik turmushi uchun eng zarur yo'nalishidir. Elektr quvvati bo'lmasa xalq xo'jaligini jadal rivojlantirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham xalq xo'jaligi tarmoqlarini shahar va qishloqlarini elektrlashtirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Hozirgi O'zbekiston hududida 1913 yilning oxirida 43 ta mayda elektr stansiyalari bo'lib, shundan 31 tasi Toshkent shahrida joylashgan edi. Ular orasida quvvati 10-15 ot kuchiga ega bo'lganlari ham bor ediki, Toshkent tramvayiga xizmat ko'rsatuvchi elektr stansiyasining quvvati 125 ot kuchiga teng edi. O'sha yili hammasi bo'lib 3.3 mln kvt soat elektr quvvati hosil qilingan edi. O'zbekiston elektr energetika sanoatining taraqqiyoti GOELRO rejasidan boshlandi va u ikki darni bosib o'tdi. Respublikada avval gidroelektr stansiyalari qo'rildiki, bu maqsadga muvofiq edi. Chunki yoqilg'i chetdan keltirilganligi uchun issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilingan quvvatning tannarxi yuqori bo'lardi. Suv quvvatidan foydalanish O'rta Osiyo Respublikalarida muhim bo'lgan boshqa bir muammoni-yangi yerlarni sug'orishni ham hal qilib berdi. Shuningdek O'zbekistondagi dastlabki GESlar asosan kanallarda, kichik daryolarda qurilib iqtisodiy va texnik jihatdan oson va arzonga tushar edi. Shunday qilib O'zbekistonda elektr energetika taraqqiyotining dastlabki yillaridan daryolar suvdan ham energetika ham sug'orish maqsadlarida foydalanishga asosiy e'tibor berildi. 1926 yilda ishga tushirilgan Buzsuv GES O'rta Osiyodagi dastlabki gidroelektr stansiyasi edi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda Chirchiq-Buzsuv suv tarmog'ida Shahrixonsoy, Namangansoy daryolari va Dargon, Xazarbog', Qumqurg'on kanallarida bir necha GESlar ishga tushirildi. Bu davrda GESlar bilan bir qatorda uncha katta bo'lmagan issiqlik elektr stansiyalari ham qurildi. Toshkent, Farg'ona, Samarqand, Buxoro, Termiz, Urganch va Quvasoydagi elektr stansiyalari ana shular jumlasidandir. 1950 yillar oxirigacha Respublikamizda elektr quvvati hosil qilishda GESlar asosiy rol o'ynab keldi. Masalan 1955 yilda O'zbekistonda hosil qilingan elektr quvvatining 65% i GESlar hissasiga to'g'ri keldi. Respublikamiz elektr energetika sanoatining rviojlanishidagi ikkinchi davr 60-yillardan boshlandi. Bu davrda Buxoro, Xiva yo'nalishidagi tabiiy gaz zahiralari topilib ishga solinishi munosabati bilan ana shu arzon yoqilg'iga asoslangan yirik issiqlik stansiyalari qurila boshlandi va elektr quvvati hosil qilishda issiqlik stansiyalarining salmog'i tez osha bordi. Keyingi yillarda yanada kuchliroq issiqlik elektr stansiyalari ko'rildi. Hozir to'la quvvat bilan ishlayotgan Sirdaryo GRESi (3.0 mln kvt),dastlabki energiya bloklari ishga tushirilgan Yangiangren GRESi (2,4 mln.kvt), qurilishi jadal olib borilayotgan ta'limarjon GRESi (3,4 mln. kvt), shular jumlasidandir. Natijada 1990 yilda ishlab chiqarilgan butun elektr quvvatining 90% ga yaqinini issiqlik elektr stansiyalari ishlab chiqardi. Respublikamiz daryolaridan xalq xo'jaligida majmui foydalanishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.21 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.21 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga