8-sinf geografiya darsligi asosida 15-mavzu: 11-dars mavzusidan elektroenergetikaning yalpi sanoat mahsulotidagi salmog'ini aniqlang. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlarga qaraganda tezroq o'stirish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90 foiziga yaqinini issiqlik elektrostansiya (IES)lari bermoqda. O'zbekistonda Sirdaryo, Toshkent, Angren, Yangi Angren, Navoiy, Taхiatosh, Talimarjon kabi yirik IESlari mavjud (29-rasm). IES ancha tez va arzon quriladi. Iqtisodiyot uchun elektr energiya tannarxining past bo'lishi muhimdir. Elektr energiyaning tannarxi, avvalo, elektr stansiyalarda ishlatiladigan yoqilg'ini qazib olish va tashib keltirish xarajatlariga bog'liq. Shuning uchun elektr stansiya qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilg'ini tashib kelishga va elektr energiyasini uzatib berishga ketadigan xarajatlar qiyoslab ko'riladi. Agar yoqilg'ini tashib kelish xarajati elektr energiyasini uzatish xarajatidan ortiq bo'lsa, elektr stansiyani yoqilg'i manbayiga yaqin joyda qurish, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni iste'molchiga yaqin joyda qurish foydalidir (chizmaga qarang). Elektr energiyasini uzatish masofasi fan-texnika rivojlanishi bilan yil sayin uzayib bormoqda. Elektr energiyasining simlar orqali uzatilishi uning afzalliklaridan biridir. Iqtisodiyotning hamma jabhalarida elektr energiyasidan foydalanilishi elektr energiyaning ikkinchi muhim afzalligidir. Mahalliy yoqilg'idan keng foydalanish mumkinligi uchinchi afzallik va nihoyat elektr energiyasini qudratli elektr stansiyalarda ishlab chiqarish imkoniyati to'rtinchi afzallikdir. Angren va Yangi Angren IESlarini ko'mir koni yaqinida joylashtirilganligi nimani anglatadi? Elektr energiya juda ko'p iste'mol qili nadigan joylarda elektr stansiyalar boshqa joylardan keltiriladigan yoqilg'iga mo'ljallab quriladi. IESlarning juda ulkanlari boshqa viloyatlarni ham elektr bilan ta'minlaydi. Birgina Sirdaryo IESning o'zi yiliga 13 mlrd kWh elektr energiya beradi. Istiqlol yillarida Qashqadaryo viloyatidaTalimarjon IESining 800 MWli birinchi blokining ishga tushirilishi tizimdagi ulkan loyihalardan biri sifatida e'tirof etildi (30-rasm). Ko'pchilik IESlar elektr ener giya bilan bir vaqtda issiqlik energiyasi ham ishlab chiqaradi. Bir vaqtda issiqlik ener giyasi ham ishlab chiqaradigan elektr stansiya issiqlik elektr markazi (IEM) deb ataladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'lgan issiq suvdan issiqxonalarni, binolarni isitishda va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlarida foydalaniladi. Lekin issiq suv 20 km dan olis masofada sovib qoladi. Shu sababli IEMlar yirik korxonalar yaqinida va yirik shaharlardagina quriladi. O'zbekistonda Farg'ona, Muborak va Toshkent IEMlari mavjud. Gidroelektrostansiyalar (GES)da energiya ishlab chiqarish tabiiy suv oqimi kuchiga asoslanadi. GESlar ishlab chiqargan elektr energiyaning tannarxi arzon bo'ladi (quvvati teng bo'lgan IESlardagidan 4 barobar arzon). Tog' daryolariga qurilgan GESlarda eng arzon elektr energiya ishlab chiqarilmoqda. O'zbekistonda suv quvvati manbalarining mavjudligi va ayni vaqtda issiqlik elektr stansiyasida ishlatishga yo qilg'i bo'lmaganidan dastlab, asosan, GESlar qurilgan. Mamla katimizda birinchi GES 1926-yili Bo'zsuv kanalida qurildi. Keyinchalik qurilgan Xishrav, Tuyamo'yrn, Farhod, Xo'jakent GESlari mamlakat sanoatining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.3 MB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.3 MB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: ppt