Endogen jarayonlar va ularga tavsif

Endogen jarayonlar va ularga tavsif

O'quvchilarga / Geografiya
Endogen jarayonlar va ularga tavsif - rasmi

Material tavsifi

Endogen jarayonlar va ularga tavsif. Reja: I Kirish Endogen jarayonlar haqida tushuncha. II Asosiy qism: 2.1. Yerning ichki qismida sodir bo'ladigan jarayonlar. 2.2. Endogen jarayonlar natijasida sodir bo'ladigan hodisalar. 2.3. Endogen jarayonlar tiplari va ularning energiya manbalari. II Xulosa Foydalangan adabiyotlar Ilova: Rasm va chizmalar ENDOGEN JARAYONLAR Yer qa'rida yer ichki kuchlarining ta'sir etishidan yuzaga keladigan geologik jarayonlar. Yer po'stida sodir bo'ladigan tektonik harakatlar, seysmik faollik, magmatizm, metamorfizm, gidrotermal jarayonlar va boshqalar endogen jarayonlarni tashkil etadi. Yerning ichki energiyasi uning chuqur qismida radioaktiv moddalarni parchalanishidan ajralib chiqqan issiqlik, yer qatlamlaridan hosil bo'ladigan gravitatsion kuchlar ta'siri va Yerning aylanishidan yuzaga keladigan kuchlar hisobiga paydo bo'ladi. Gravitatsion kuchlarning Yer po'stida notekis taqsimlanishi unda turli zichlik hamda tektonik faolliqdagi qismlar bo'linishi, qatlamlarning deformatsiyalanishiga va metamorfizmga uchrashiga sabab bo'ladi. Shuningdek, Yer po'stining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada to'plangan energiya qatlamlarning burmalanishiga, yoriqlar va uzilmalar hosil bo'lishiga, qatlamlarni yoriqlar bo'ylab turli yo'nalishlarda siljishiga, zilzilalar vujudga kelishiga va boshqalarga olib keladi. Magmaning cho'kindi yotqiziqlar ichiga joylashishi va ular bilan reaksiyaga kirishishi, flyuidlarning yoriqlar bo'ylab yuqoriga ko'tarilishi va boshqalar omillar ta'siridan turli foydali qazilma konlari hosil bo'ladi. Endogen jarayonlarning rivojlanishi ayrim hollarda ekzogen jarayonlar ta'sirida vujudga keladi. Ko'pgina geologik hodisalar, foydali qazilmalarni tarkib topishi (mas, neft, toshko'mir va boshqalar) va strukturalarning shakllanishi ekzogen va endogen geologik jarayonlarning bir-biriga bo'lgan aloqasiga bog'likdir. Endogen jarayonlarning yer qaridagi materiyaning bir formadan boshqa formaga o'tishda uning harakati va bo'linishi natijasida yuzaga keladigan magnitizm, metamorfizm va deformatsiya ko'rinishlarida shakilanada. Bu jarayonlarning xarakteri va intensivligi borasida so'z borganda bevosita uning otilayotgan vulkan, zilzila, yoriq va boshqa deformatsiyalarning yer yuzasidagi shakillanishini kuzatish lozim. Endogen jarayonlarda materiyaning bo'linishi foydali qazilmalarni juda muhim guruhlarini shakillanishiga (ko'pchilik metall rudalarni, slyo'dalarni, qimmatbaho toshlarni va boshqalarni), shuningdek stihiyali fojia ko'rinishlarini keltirib chiqaradi, qaysiki ularni o'rganish ular bilan bog'liq bo'lgan fojialar haqida oldindan ogohlantirish imkonini beradi. Shuning uchun endogen jarayonlarni o'rganish faqatgina ilmiy ahamiyatga ega bo'lmasdan balki amaliy ahamiyatga ham ega. Endogen jarayonlar chuqur yer qaridan chiqayotgan magmaning shakilanishi va uning yer yuzasiga chiqishi hisobiga yer tarkibini va shaklini o'zgartiradi. Relyef ham chuqur magmatik jinslar ham yer yuzasi sharoitiga mutloq turg'un emas. Yer qarida shakilangan jinslar o'sha sharoitdagina turg'un bo'lib ular yer yuzasida ekzogen jarayonlar ta'sirida sutkali va mavsumiy tekis turani o'zgarishi, suvning, havoning va tirik organizmlarning mehanik va himiyaviy ta'sirida tezda buziladi . Natijada yer yuzasida turg'un bo'lgan boshqa yangi moddalar shakilanadi. Birlamchi magmatik tog' jinslarining hisobiga yuzaga keladigan ikkilamchi materiyaning yangi formalari, yangi tog' jinslari hosil bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 894.14 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 894.14 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga