Eron Islom Respublikasi, Afg'oniston Islom Respublikasi, Pokiston Federativ Islom Respublikasi

Eron Islom Respublikasi, Afg'oniston Islom Respublikasi, Pokiston Federativ Islom Respublikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Eron Islom Respublikasi, Afg'oniston Islom Respublikasi, Pokiston Federativ Islom Respublikasi - rasmi

Material tavsifi

Eron Islom Respublikasi, Afg'oniston Islom Respublikasi, Pokiston Federativ Islom Respublikasi 9-sing Geografiya darsligi asosida 43 § - mavzu Reja: Eron Islom Respublikasi Afg'oniston Islom Respublikasi Pokiston Federativ Islom Respublikasi Eron Janubi-g'arbiy Osiyoda joylashgan davlat. Ma'muriy jihatdan 23 ta provinsiya (ostona)ga bo'linadi. Davlat tuzumi - Islom Respublikasi. Aholisining soni 80 mln. kishini (2013-yil iyul oyi), o'rtacha yillik o'sish sur'ati 0,9 % ni tashkil etadi. Islom diniga mansublar 89 % (asosan shialar), qolganlari boshqa dinlarga mansublar. Afg'oniston Islom Respublikasi Afg'oniston Islom Respublikasi Yevrosiyo materigi ichkarisida joylashgan bo'lib, Eron, Turkmaniston, O'zbekiston, Tojikiston va Pokiston davlatlari bilan chegaradosh. Aholi soni 32,7 mln. kishi, zichligi 1 km2 ga o'rtacha 48 kishi. Har 100 kishiga tug'ilish 37 va o'lim 19 kishidan to'g'ri keladi. Sanoat tarmoqlaridan neft qazib olish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil va oziq-ovqat tarmoqlariga tegishli korxonalar Kobul, Mozori-Sharif, Maymana, Qunduz va boshqa shaharlarda faoliyat ko'rsatmoqda. Qishloq xo'jaligining asosini sug'orma dehqonchilik tashkil etadi. Keyingi yillarda yuz bergan siyosiy beqarorlik ekinlar tarkibiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Umuman olganda, dehqonchilikda boshoqli ekinlar va paxta ekish, meva va uzum yetishtirish muhim rol o'ynaydi. Pokiston Federativ Islom Respublikasi Pokiston Federativ Islom Respublikasi Eron, Afg'oniston va Hindiston davlatlari bilan chegaradosh, janubidan esa Arabiston dengiziga tutashdir. Ma'muriy-hududiy tuzilishi - Federativ Respublika. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat - Parlament (Milliy Assambleya va Senat). Davlat boshlig'i - Prezident. Pokiston tog'lar va tekisliklar mamlakati. Shimoliy hududlarida Hindikush, Qoraqurum va Himolay tog' tizmalari uchrashadi. Sanoatining yetakchi tarmog'i yengil sanoat. Unda sanoatda band aholining qariyb 40 % i mehnat qiladi. To'qimachilik sanoati eksportbop mahsulot ishlab chiqaradi. Tabiiy gaz, neft, ko'mir, xromitlar va boshqa turdagi qazilma boyliklar qazib olinmoqda. Mamlakat rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. Temiryol, avtomobil hamda dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Valuta tushumlarining 23 qismi sholi va paxtaga to'g'ri keladi, 25 % ini esa to'qimachilik sanoati ta'minlaydi. Pokiston O'zbekiston bilan eksport-import aylanmasi mavjud. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.44 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.44 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga