Eron Islom Respublikasi Reja: Geografik o'rni va chegaralari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Tarixi. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Aholisi va mehnat resurslari Xo'jaligiga umumiy ta'rif. Qishloq xo'jaligi. Eronninng tashqi iqtisodiy aloqalari. O'zbekiston va Eron munosabatlari. Ichki tafovutlari. Tayanch so'z va iboralar: relyef; cho'l; yassi tog'; pasttekislik; delta; voha; allyuviy; koriz; neft; kokslanuvchi ko'mir; uran; flora; teokratik yakka hokimlik; emigratsiya; imigratsiya; urbanizatsiya; irrigatsiya; ekstensiv xo'jalik; lalmi; tranzit; neft quvuri. Geografik o'rni va chegaralari. Eron Islom Respublikasi Osiyoning Janubi-G'arbida joylashgan mamlakat. Eron bilan shimoli-g'arbdan chegaralanuvchi Turkiyadan, sharqdagi Afg'oniston va Pokistondan, g'arbdagi Iroqdan maydon jihatidan ustun turadi. Agar Yevropadavlatlari bilan taqqoslasa, u holda Angliya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Shvesariyani birga qo'shib olganda Eron hududiga teng bo'ladi. Osiyo davlatlaridan faqat Xitoy va Hindiston maydondan kichik. G'arbdan Iroq (1458 km) va Turkiya bilan (499 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston bilan (35 km), Sharqda Afg'oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan, janubda Fors ko'rfazi va Ormuz bo'g'ozi suvlari bilan, shimolda Kaspiy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi. Chegarasining umumiy uzunligi 5440 km, sohilbo'yining uzunligi 2440 km (Kaspiy dengizi sohillarining uzunligi 740 km). Eron hududining umumiy maydoni 1.648.00 km ², shu jumladan quruqlik maydoni 1.636.00 km ². Mamlakat poytaxti - Tehron. Eron rivojlanishning kapitalistik yo'lini tanlagan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Neftdan kelayotgan katta daromadga tayanib mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar o'tkazildi. So'nggi yillarda Eron xo'jaligini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi, endilikda qoloq mamlakatdan agrar-industrial mamlakatga aylandi. Neft savdosidan tushayotgan katta miqdordagi chet el valyutasini Eron sanoatini rivojlantirishga sarflamoqda. Sanoatning yangi tarmoqlari tashkil qilindi, jumladan neftkimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviatsiya, harbiy, metallurgiya sanoatlari rivojlandi. Eron rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam beruvchi mamlakatga aylandi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Eron Janubi-G'arbiy Osiyodagi Eron tog'ligining katta qismini egalaydi. Eron tog'ligining ⅔ qismi Eronda joylashgan. Eronning eng chekka shimoli-g'arbida Armaniston tog'ligining janubi-sharqiy qismi o'tadi. Eron tog'ligining ichki qismi baland tekkisliklar, tog' zanjirlari va tog'lararo botiqlarning almashinib kelishini o'zida aks ettiradi. Eron tog'ligining katta qismi 100-200 m balandlikka ega. U tog' tizmaslari shimolda Elbrus tog' tizmasi, sharqda davomi bo'lgan Turkman-Xurosan tog'lari, janubda va janubi-g'arbda Mekron va Zagros tog'lari bilan o'ralgan. Ichki Eronning shimoliy qismini yer yuzida eng hayotsiz cho'llardan biri Dashti-Kebir egallagan. U deyarli Tehron darvozasidan boshlanib g'arbdan sharqqa 400 km ga cho'zilib, kengligi 250 km ga yetadi. U bir qator sho'rxok cho'kmalaridan tashkil topgan. Ularning balandligi 600-800 m. Eron sharqida qAQSHatqich va quruq cho'l Dashti-Lut cho'zilgan. Uning g'arbiy qismi glinali va toshloqlardan, sharqiy qismi balandligi 200 m ga yetuvchi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.85 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.85 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: doc