Eron Islom Respublikasining iqtisodiyoti

Eron Islom Respublikasining iqtisodiyoti

O'quvchilarga / Geografiya
Eron Islom Respublikasining iqtisodiyoti - rasmi

Material tavsifi

Eron Islom Respublikasining iqtisodiyoti. Jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy munosabatlari Eron prezidenti hozirgi Hasan Ruhoniy - 2013-yildan boshlab Eron Islom RespublikasiningPrezidenti. 1948-yil, 12-noyabrda Eronning Sorhe shahrida tug'ilgan. Hasan Ruhoniy siyosatchilikdan tashqari Islomning Shia mazhabiyetakchisi hamdir. Hasan Ruhoniy Eronning 7-prezidenti hisoblanadi. Diniy savodni 1960-yildan boshlab oldi. 1969-yil Tehron universitetiga o'qishga kirdi va 1972-yili Sud huquqlari bo'yicha bakalavr darajasiga ko'tarildi. 1995-yilda ShotlandiyaningGlazgo shahridagi Kaledon Universitetida Eron misolida Islomiy qonunchilikmagisterlik dissertatsiyasini yoqladi. 199-yili o'sha universitetda Falsafa va Davlat huquqshunosligi bo'yicha doktor unvonini qo'lga kiritdi. Shuningdek Hasan Ruhoniy ko'p tillarda so'zlasha oladi, bular: fors,arab, rus, ingliz, fransuz va olmon tillaridir[1]. Eron, Eron Islom Respublikasi (Jumhuriye Islomiye Iron) - Janubiy G'arbiy Osiyodagi davlat. Mayd. 1648 ming km2. Aholisi 66,4 mln. kishi (2003). Poytaxti - Tehron shahri Ma'muriy jihatdan 30 oston (viloyat)ga bo'linadi. Davlat tuzumi. Islom Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1979 yil 2-5 dek.dagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya bo'yicha davlatning oliy rasmiy shaxsi - Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989 yildan Said Ali Xamanayi). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs - prezident (2005 yildan Mahmud Ahmadiy Najod). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Eron rivojining kapitalistik yo'lini tanlagan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Neftdan kelayotgan katta daromadga tayanib mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar o'tkazildi. So'nggi yillarda Eron xo'jaligini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi, endilikda qoloq kx mamlakatidan agrar-industrial mamlakatga aylandi. Neft savdosidan tushayotgan katta miqdordagi chet el valyutasini Eron sanoatini rivojlantirishga sarflamoqda. Sanoatning yangi tarmoqlari tashkil qilindi, jumladan neftximiya, mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviatsiya, harbiy, metallurgiya sanoat rivojlandi. Eron rivojlangan va rivojlanayotgan mmlakatlarga moliyaviy yordam beruvchi mamlakatga aylandi. Eron xalqaro valyuta fondi kreditoriga aylandi. Aholisi. Eron Janubi-G'arbiy Osiyoning eng ko'p millatli mamlakakatlaridan biri. Bu yerda 30 dan ortiq yirik va mayda xalqlar yashaydi, agar ellat va qabila guruhlarini olsak bu son yanada ko'payadi. Eronning eng yirik etnik guruhini forslar (aholi sonining 51%) va azerbayjonlar (25%) tashkil etadi, qolganlari kurd xalqi (9%), gilak va mazadaranliklar (8%), lur,balox, arab,turkmanlar Eron xalqining asosiy qismi eron guruhining xind-Yevropatil oilasiga(75%) va turkiy guruhining oltoy til (20%) oilasi qatoriga kiradi. Mamlakatning asosiy etnik birligi forslar (eronliklar). Eronning markaziy va janubiy tumanlarida to'plangan, eronliklar joylashgan tumanlarning shimolida ularga etnik jihatidan yaqin gilanlar, mazadaranlar va talitlar yashaydi, g'arb tomonida-kurd, lur va baxtnarlar, sharqida-afg'on, baludj,xazariy va tojiklar yashaydi. Azerbayjonliklar Azerbayjon Respublikasi bilan chegaradosh bo'lgan Eronning shimoli-g'arbida turadi. Eronning davlat dini islom dini bo'lib,asosan, shialar 95% dir va 4% sunniylar tashkil etadi, kichik qismini zoroastriy, iudey, xristanlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 526.17 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 526.17 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga