Eron tog'ligi Eron tog'ligi Old Osiyo tog'liklari orasida maydoni jihatidan eng kattasidir. Tog'likning katta qismi Eronda joylashgan, sharqda Afg'oniston va Pokiston territoriyasiga kiradi, shimoliy chekkasi Turkmaniston SSR chegarasiga, janubiy chekkasi Iroq chegarasiga to'g'ri keladi. Eron tog'ligi tabiiy sharoiti uchun tog' tizmalarining keng yassi tog'liklar va botiqlar bilaya almashinib kelishya, qurg'oqchil iqlimning hukmronligi hamda chala cho'l landshaftlarining ustun turishi xosdir. Chekkadagi tog'lar zanjiri ichki yassi tog'liklarni sohildagi pasttekisliklardan ajratib turadi. Bu pasttekisliklarning ham bir qismi Eron tog'ligi o'lkasiga kiradi. Chekkadagi tog' zanjirlari shimoli-g'arbda, Armaniston tog'ligida bir-birlari bilan tutashadi, shimoli-g'arbda, Pomirda esa tutashib, qudratli tog' tugunini hosil qiladi. Eron tog'ligi territoriyasida chekkadagi tog'lar bir-birlaridan uzoqlashadi, ular oralig'ini botiqlar, plato hamda tog' massivlari egallagan. Bunda Eron tog'ligi Alp-Himolay tog'lari sistemasiga kiradi. Tog' hosil qilish jarayonlari bir necha bosqichda ro'y bergan. Bunda eng jadal orogenez kaynozoyda chekkadagi tog'larda ro'y bergan, tog'likning ichki qismlari esa alp burmalanishi davrigacha nisbatan barqaror massivlarga aylanib qolgan edi. Neogenda boshlangan va hozirgi vaqtda ham davom etayotgan umumiy ko'tarilish hozirgi ko'rinishdagi tog'likning paydo bo'lishiga olib kelgan. Chekkadagi tog' tizmalarining ko'tarilishi oqibatida ichki rayonlar quridi va bu yerda nuroq jinslar hamda tuz to'planadigan bo'ldi. Tizma tog'lar relefi uchun tekislangan yuzalarning mavjudligi xosdir. Bu hol penep-lenlashish protsesslarining bir necha marta takrorlanganini va tekislangan yuzalarning qaytadan parchalanganini ko'rsatadi. Tog'lar yonbag'irlari qoyali va tik, daryo vodiylari yerni chuk.ur o'ynb kkrgan; bular yaqinda ko'tarilish bo'lganligidan hamda eroziya jarayonlarining jadallashganidan darak beradi. Ichki soylarda va platolarda quruq hamda kontinental iqlim sharoitida tog'larning nurashidan hosil bo'lgan mahsulotlar to'planmoqda. Tog'likning ko'tarilishi va parchalanishi vulkan faoliyati bilan birga ro'y bergan. Tog'likning tuzilishida vulkan jinslari katta rol o'ynaydi, uning ayrim qismlari relefida yaxshi saqlanib qolgan so'ngan va so'nayotgan vulkanlar ko'zga tashlanib turadi. Kaspiy dengizining janubiy sohili bo'ylab Elburs tog' sistemasi yoy shaklida ko'tarilib turadi. Bu tog' sistemasi balandligi 200-400 m bo'lgan, yonbag'irlari tik, chuqur daralar kesib o'tgan bir-biriga parallel tizmalardan iborat. Tog'larni kesib o'tgan daralar orqali Kaspiy dengizi sohilini o'lkaning ichki qismlari bilan bog'laydigan yo'llar o'tkazilgan. Elbursning baland cho'qqisi Demavend (5604 m) hali to'liq so'nmagan vulkandan iborat. Bu vulkan butun tog' sistemasidan 1,5 km dan ortiqroq baland ko'tarilgan bo'lib, qor hamda kichikroq muzlar bilan qoplangan cho'qqisi ko'zga aniq tashlanib turadi. Elburs tog'i etagida, bu tog' bilan Kaspiy dengizi oralig'ida joylashgan Janubiy Kaspiy pasttekisligi okean sathidan pastda turadi. Uning kengligi bir necha km dan daryolar qo'yiladigan erlarda o'nlab kilometrgacha etadi. Pasttekislikning lagunali sohilida joylashgan va Elburs tog'idan oqib tushuvchi daryolar keltirmalaridan hosil bo'lgan qismlari kuchli darajada botqoqlangan. Shimoli-g'arbda, Eron bilan Turkmaniston ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.11 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.11 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: doc