Eron yoqilg'i-energetika sanoati shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari

Eron yoqilg'i-energetika sanoati shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari

O'quvchilarga / Geografiya
Eron yoqilg'i-energetika sanoati shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Eron yoqilg'i-energetika sanoati shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari Reja: 1. Eron yoqilg'i-energetika sanoati shakllanishi shart-sharoitlari va hozirgi holati tahlili 2. Eron yoqilg'i-energetika sanoatida xorijiy investitsiyalar ishtiroki xususiyatlari 1. Eron yoqilg'i-energetika sanoati shakllanishi shart-sharoitlari va hozirgi holati tahlili Eron yoqilg'i-energetika sanoati - mamlakat sanoati tarmoqlari orasida nisbatan eng kuchli va tez sur'atilarda rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Mamlakat YOES da yetakchi sohalar sifatida neft va gaz sanoati sektorlarini alohida ajratib ko'rsatishimiz mumkin. Eron jahon neft ishlab chiqaruvchilar orasida Saudiya Arabistoni, AQSH va Rossiya davlatlaridan so'nggi to'rtinchi o'rinni egallaydi. Mamlakat neft zahiralarining summa qiymati 370 mlrd. barr. (50 mlrd. t.) ni tashkil etadi. OPEK taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra 2009 yil Eronda aniqlangan xom neft zahiralari 137.620 mln. barr. deb qayd etilgan. Eronning yillik neft mahsulotlari eksporti qiymati 88.92 mlrd. AQSH doll.ni, kunlik neft ishlab chiqarish 4.056 ming barr., bo'lsa, neft mahsulotlari eksporti sutkasiga 438 ming barr.ni tashkil etadi. Mamlakat yoqilg'i-energetika sanoati rivojlanishi va shakllanishi XX asrning 70-80 yillargia to'g'ri keladi. Ayni shu davrlarda Angliya, AQSH siyosatining kuchli bosimlaridan ozod bo'lgan Eron, Islom Respublikasi nomi ostida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va liberallashtirish islohotlarini barqaror olib boradi. Natijada msamlakat neft va gaz setkori shakllanishi davrlari boshlanadi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki, Eron yoqilg'i-energetika sanoati shakllanishi shart-sharoitlariga neft va tabiiy gaz resurslari zahiralari, ular konlari tadqiq etilishi va ishga tushirilishi bilan chambar-chas bog'liqdir. Eron neft sanoati sektori to'lig'icha Eron milliy davlat neft kompaniyasi (EMDK) (sharqat Malli Naft Iran; National Iranian Oil Company, NIOC) nazorat qilib turadi. Neftni qidirish, qazib chiqarish va qayta ishlash ishlarini EMDK filiallari amalga oshiradi. Ularning ba'zilari xorijiy kompaniyalar hisoblanadi, jumladan, National Iranian South Oil Company, Central Iranian Oil Fields Company, National Iranian Central Oil Company, National Iranian Offshore Oil Company, National Iranian Drilling Company, Khazar Oil Exploration and Production Company, North Drilling Company, Iran Petro Development Company, Pars Oil and Gas Company, Petropars va boshqalar. Ma'lumki, Eron sanoatidagi barcha neft zahiralari Fors ko'rfazi neft va gaz nasos havzalari (NGB) da joylashgan. Ushbu NGB lar sayyorada neftni harakatga keltiruvchi eng katta kuch hisoblanadi. Mamlakatda neft konlari iqtisodiy jihatdan sof konlar sirasiga taalluqli bo'lib, konlarning fakatgina ustki qismlarigina tadqiq qilingan va ularning ichki va tub chuqur qismlari xali ishga to'liq tushirilmagan. Bunga asosiy sabab qilib, zamonaviy texnologiyalarning mavjud emasligi bilan izoxlanadi. Birok toza iqtisodiy yondashiladigan konlar mavjud bo'lib, bular mamlakatni kazilma darajasini 95 yil ta'minlab turishi mumkin. Eron neft sanoati shakllanishi shart-sharoitlariga undagi olib orilayotgan ishlarni ham keltirishmiz mumkin. Eronda XX asrda nisbatan katta topilma hisoblangan konlar: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 183.01 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 183.01 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga