Etnik umumiyliklar aholining diniy tarkibi Reja: Urug' to'g'risida tushuncha. Qabila to'g'risida tushuncha. Elat to'g'risida tushuncha. Millat to'g'risida tushuncha. Xalq to'g'risida tushuncha. jahon dinlari to'g'risida tushuncha. Nasroniylik dini va unga sig'inuvchi xalqlar. islom dini va unga sig'inuvchi xalqlar. Buddizim va boshqa mahalliy dinlar. Kishilarning qadim zamonlarda vujudga kelgan umumiyliklari etnik birliklardir. Kishilarning eng qadimiy etnik - birligi - urug' kategoriyasidir. Bu kategoriya asosan ibtidoiy jamoa tuzimida vujudga kelib odamlarning qon qardonligiga asoslangan edi. Hozirgi davrda faqat Osiyo, Afrika va Amerikada urug'chilik uchraydi. Odamlar etnik birligining ikkinchi yuqoriroq bosqichi - qabiladir. Urug'larning qabilalarga aralashuvi ham kishilarning ibtidoiy jamoa tuzimiga xos umumiyligidir. Dastlabki qabilalarni bir necha urug' birlashtirar, ular o'zaro dual ekzogamiya asosida bog'langan bo'lar edilar. Urug' va qabilalar kategoriyalaridan keyin elat kategoriyalari vujudga kelgan. Elat - urug' va qabila birliklariga nisbatan yuqoriroq bosqichdir. Elat birligi asosan feodalizm jamiyati davrida ba'zan esa quldorlik davridayoq tashkil topa boshlagan. Elat kishilarning millatdan oldingi tarixiy birligidir. Elatlarning o'z nomlari, tili umumiy madaniyat va psixik xususiyatlari tarkib topa boradi. Elatlar hududiy umumiylikka ega bo'lib ma'lum darajada iqtisodiy aloqalar qila boshlaydi. Bu belgilar millatlardagi singari hali yaxshi taraqqiy etgan emas, albatta. Elatlarning tashkil topishida feodalizm davriga xos proses davlatlarning tashkil topishi ham ma'lum rol o'ynagan, ammo ayrim elatlarning hududiy joylashuvi ba'zi xollarda davlatlarning chegaralariga to'g'ri kelavermas edi. Kapitalizmning taraqqiy etishi bilan elatlar millatlarning vujudga kelishi va tashkil topishida ba'za bo'lib xizmat qiladi. Ammo bu holda ham chegara to'g'ri kelishi shart emas. Masalan, bitta elat bir necha millatlarning tashkil topishi uchun ba'za bo'lib xizmat qilishi yoki aksincha bir necha elatlarning birlashuvidan bitta millat vujudga kelishi mumkin. Millat ma'lum hududda yashovchi odamlarning sotsial etnik birligi bo'lib, kishilar umumiyligining kapitalizmga xos formasidir. Yuqorida ko'rib o'tilgan etnik birlik kategoriyalaridan millat shu bilan farqlanadiki, millatlarda hududiy birlik iqtisodiy va madaniy aloqalar mustahkam o'rin oladi, yagona milliy til tashkil topadi, milliy ong rivojlangan bo'ladi. Din xudoga farishtalarga, xudo nomidan yuborilgan payg'ambarlarga va muqaddas hisoblangan kitoblarga ishonishdir. Payg'ambarimiz aholisi juda ko'p dinlarga e'tiqod qiladilar. Hozirgi paytda qabilalrida, Amazonka xavzosida yashovchi xindular ijtimoiy taraqqiyotda ancha orqada qolgan. Ayrim xalqlar allaqachonlar tugallab ketgan iptidoiy din shakllari (Totemizm, magiya, fetimizm, animism) hamon saqlanib qolgan. Shuningdek ba'zi halqlar e'tiqod qiladigan mahalliy va milliy ahamiyatga ega bo'lgan dinlar (mudomizm, zardushtiylik, brohmonizm, sinvinizm kabilar) xam mavjud. Planetamiz aholisining ko'p, chihilik qismi( ko'plab halqlar, bir necha mamlakatlar aholisi) E'tiqod qiladigan asosiy dinlar 3 ta; nasroniylik, islom va budda dinlari. Odatta bu dinlarni dunyo dinlari deb atashadi. Tahmiyga hisobga ko'ra yasroniylik diniga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: doc