MAVZU: ETNOGEOGRAFIYA 60530400 -Geografiya ta'lim yo'nalishi SOTSIAL GEOGRAFIYA REJA Etnik birliklar va ularning tavsifi. Mintaqalarnik etnik tarkibi va xususiyatlari. Yer shari aholisining irqiy tarkibi. Til oilalari va ularning hududiy xususiyatlari. Jahon bo'yicha 4 mingdan ortiq xalq bo'lib, ularning kelib chiqishi va turlari bilan etnografiya shug'ullansa,xalqlarning hududiy tarqalishi, shakllanishiga ta'sir etgan geografik omillarni etnogeografiya o'rganadi.Kishilarning qadim zamonlarda vujudga kelgan umumiyliklari etnik birliklardir. Etnik birliklarning ibtidoiy jamoa tuzumidan to hozirgi davrlargacha uchraydigan tushunchalari (kategoriyalari) asosan, urug', qabila, elat, millatlardan iboratdir. Kishilarning eng qadimiy etnik birligi - urug' (qavm) kategoriyasidir. Bu kategoriya, asosan, ibtidoiy jamoa tuzumida vujudga kelib, ana shu formatsiyaning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy yacheykasi bo'lgan va u odamlarning qon-qardoshligiga asoslangan edi. Urug'chilik kishilarni xo'jalik va ijtimoiy jihatdan bir-biri bilan bog'lagan. Urug'chilikning asosiy belgilari Hozirgi davrda urug'chilik faqat Osiyo, Afrika va Amerikaning ayrim tog'li rayonlarida va o'rmonlarida yashaydigan hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasidan ajralib, ancha orqada qolgan ayrim mayda xalqlardagina uchraydi. Ammo urug'chilikning ayrim qoldiqlari ba'zan boshqa xalqlarda (masalan, Kavkazdagi ba'zi xalqlarda, Hindistonda) ham uchrab turadi. Qabila Odamlar etnik birligining ikkinchi yuqoriroq bosqichi - qabiladir. Urug'larning qabilalarga birlashuvi ham kishilarning ibtidoiy jamoa tuzimiga xos umumiyligidir. Dastlabki qabilalarni bir necha urug' (odatda, juft sondagi urug'larni) birlashtirar, ular o'zaro dual ekzogamiya (urug'larning bir-biriga qiz berib, qiz olishi) asosida bog'langan bo'lar edilar. Qabilalar sekin-asta o'zining to'la tuzilishiga ega bo'lib bordilar. Rivojlangan qabilalarning odatda, o'z tili yoki shevasi va alohida hududi bo'lgan, maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Kengash qabila tarkibiga kiruvchi barcha urug'larning boshliqlaridan iborat bo'lgan. Urug' boshliqlarining eng keksasi qabila boshlig'i qilib tayinlangan. Eng muhim masalalarni, masalan, urush yoki tinchilik masalalari va hokazoni hal qilish uchun umumqabila yig'ilishlari o'tkazilgan. Ayrim xalqlarda hozirda ham ijtimoiy hayotning qabila doirasida tashkil etish haligacha saqlangan. Masalan, Amazoniya, Popua-Yangi Gvineya, Markaziy Afrika va Kanadaning shimolidagi chekka hududlarda o'ta sodda hayot tarzi sifatida qabilalar mavjud. Elat Urug' va qabila kategoriyalaridan keyin elat kategoriyasi vujudga kelgan. Elat - urug' va qabila birliklariga nisbatan yuqoriroq bosqichdir. Elat birligi, asosan, feodalizm jamiyati davrida, ba'zan esa quldorlik davridayoq tashkil topa boshlagan. Urug'chilik va qabilachilik kishilarning ibtidoiy jamoaga, ya'ni sinfsiz jamitga xos umumiyligi bo'lsa, elat sinfiy jamiyatga xos umumiylikdir. Masalan, bitta elat bir necha millatlarning tashkil topishi uchun ba'za bo'lib xizmat qilishi yoki aksincha bir necha elatlarning birlashuvidan bitta millat vujudga kelishi mumkin. Masalan, Rossiyaning Sibir hududlari, Markaziy Amerikada elatlar mavjud. Millat Millat - etnosning eng yuksak darajasidir. Millat bo'lishi uchun tili, hududi, umumiqtisodiy faoliyati va milliy ong shakllangan bo'lishi kerak. Millat ma'lum hududda yashovchi odamlarning ijtimoiy-etnik birligi bo'lib, feodalizmdan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.56 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.56 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx