9-sing Geografiya darsligi asosida 11 § - mavzu Fan-texnika inqilobi Reja: Fan-texnika inqilobi Hozirgi fan-texnika inqilobi Yirik olim va mutaxassislar Jahonda bir necha million kishi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanadi. AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy salohiyatga ega bo'lgan mamlakatlar hisoblanadi. Mazkur mamlakatda 3,0 mln. ga yaqin yoki aholining har 10 mingtasiga hisoblaganda kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanmoqda. Shularning ichida AQSH juda katta ilmiy salohiyatga egaligi bilan keskin ajralib turadi. Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga (ITTKI) ajratilgan xarajatlarning hajmi bo'yicha AQSH dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. AQSH va YevropaIttifoqining yetakchi mamlakatlarida ITTKI ga ajratilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 1,5-3,0 % ini tashkil etadi. Aholi jon boshiga hisoblaganda ITTKI xarajatlari o'rtacha rivojlangan mamlakatlarda 110 dollarga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 1 dollarga teng. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko'rsatkich o'rtacha 0,4 % dan oshmaydi. Hozirgi fan-texnika inqilobi to'rt asosiy jihat bilan ifodalanadi. Shulardan birinchisi, FTI ning keng qamrovliligidir. U jami sohalar va tarmoqlarning, turmush tarzi, madaniyat, insonlar ruhiyatining keskin o'zgarishiga, yangilanishiga olib kelmoqda. Bugungi FTI ning belgisi bo'lib, kosmik kema va atom elektrostansiyasi, reaktiv samolyot va boshqa juda ko'p turdagi buyumlar xizmat qilishi mumkin. Kosmik kema Atom elektrostansiyasi FTI jahondagi barcha mamlakatlar va yerning jami geografik qobiqlariga hamda kosmik fazoga ta'sir ko'rsatmoqda. Ikkinchidan, hozirgi FTI ilmiy-texnikaviy o'zgarishlarining benihoya ildamlashganligi, ilmiy kashfiyotlarning amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog'liq vaqtning keskin qisqarishi, mahsulot va buyumlarning juda tez ma'naviy eskirishi hamda ularning doimiy tarzda yangilanishi bilan ifodalanmoqda. Uchinchidan, FTI mehnat resurslari, ishchi kuchining malakasiga bo'lgan talabni keskin ko'tarmoqda. Shuning oqibatida inson faoliyatining barcha sohalarida aqliy mehnat salmog'i oshmoqda, ya'ni mehnatning intellektuallashish darajasi o'smoqda. Yirik olim va mutaxassislar FTI ni bir-biri bilan uzviy aloqador to'rt tarkibiy qism: 1) ilm-fan; 2) texnika va texnologiya; 3) ishlab chiqarish; 4) boshqaruvdan iborat bo'lgan yagona murakkab tizim deb tan olmoqdalar. Fan-texnika inqilobi Reja: Fan-texnika inqilobi 2. Boshqaruv. 3. Ishlab chiqarish. Insoniyat madaniyatining butun rivojlanishi fan-texnika taraqqiyoti (F.T.T.) bilan qattiq bog'langan Lekin bu taraqqiyot jarayonida ishlab chiqarish kuchlari tez va chuqur o'zgargan ayrim davrlar ham bo'lgan. XVII-XXasrlarda bir qancha mamlakatlarda sanoatda keskin burilish bo'lgan davr ana shunday davrlardir. Bu davrlarda qo'l mehnati yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o'tildi. XX asrning o'rtalaridan boshlangan hozirgi FTI ham shunday keskin burilish davridir. FTI insoniyat ishlab chiqarish kuchlarida tub sifatiy burilish bo'lib, u fanni jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan. FTI asta-sekin rivojlana borib, keyin insonning moddiy va ma'naviy imkoniyatlarining benihoya o'sishiga turtki bo'ladi. Biz FTI yanada chuqurlashib borayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgi zamon ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.79 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.79 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx