Fan va ishlab chiqarish o'zaro ta'sirining asosiy yo'nalishlari

Fan va ishlab chiqarish o'zaro ta'sirining asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Geografiya
Fan va ishlab chiqarish o'zaro ta'sirining asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Fan va ishlab chiqarish o'zaro ta'sirining asosiy yo'nalishlari 9-sing Geografiya darsligi asosida 12 § - mavzu Fan va ishlab chiqarish Kompyuterlashtirish Kompleks avtomatlashtirish Reja: Fan va ishlab chiqarish olti muhim yo'nalish bo'yicha bir-biriga ta'sir ko'rsatmoqda. Birinchi yo'nalish - kompyuterlashtirish, ya'ni inson faoliyatining barcha sohalarini kompyuter texnikasi bilan ta'minlash. Kompyuterlashtirish natijasida ko'plab ishlab chiqarish jarayonlarining texnologiyasi tubdan o'zgartirilmoqda. U ta'lim, sog'liqni saqlash tizimiga, insonlar turmushiga tobora chuqurroq va jadalroq kirib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron uskunalarini ishlab chiqarish sanoatning eng muhim ilmtalab tarmoqlarining biriga aylandi. Elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqarish bo'yicha Yaponiya, Germaniya dunyoda yetakchi mamlakatlardir. Ikkinchi yo'nalish - kompleks avtomatlashtirish. Mazkur yo'nalish 50- yillarda, EHM larning barpo qilinishi bilan shakllana boshlagan bo'lsa ham, uning gurkirab rivojlanishi 70- yillarda mikro EHM va mikroprotsessorlarning ixtiro etilishi bilan uzviy bog'langandir. Robot-texnikaning barpo qilinishi avtomatlashtirilgan korxonalar, ishlab chiqarish tizimlarining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Robot-texnikaning ham katta miqdori AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Koreya Respublikasi davlatlariga to'g'ri keladi. Uchinchi yo'nalish , energetika xo'jaligining qayta qurilishini nazarda tutib, energiya tejamiga, yoqilg'i-energetika balansini takomillashtirishga, yangi energiya manbalaridan keng foydalanishga asoslanadi. Bu yerda asosiy muammo atom energetikasini rivojlantirish bilan bog'langan. Hozirgi vaqtda dunyoda 250 dan ortiq AES lar ishlamoqda. Shularning aksariyat qismi AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya va Ukrainada joylashgan To'rtinchi yo'nalish - yangi materiallarni ishlab chiqarish. Bugungi ishlab chiqarish eski konstruksion materiallar - qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga ilgarigi davrlarga nisbatan ancha yuqori talablar qo'ymoqda. Beshinchi yo'nalish biotexnologiyaning ildam rivojlanishi bilan bog'langan. 70- yillarda vujudga kelgan bu yo'nalish hozirda eng istiqbolli yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Oltinchi yo'nalish - kosmosni o'zlashtirish. Kosmonavtikaning rivojlanishi yana bir eng yangi, ilm-fanga talabchan aerokosmik sanoatning vujudga kelishiga olib keldi. Kibernetika boshqarish, ya'ni axborotlarni olish, saqlash, uzatish va qayta ishlash fani bo'lib hisoblanadi. Kibernetika - grekcha so'z bo'lib, «yo'lboshchi», «yo'l boshqaruvchi» ma'nosini anglatadi. Hozirgi vaqtda yangi axborotlashtirilgan sivilizatsiya haqida so'z yuritilmoqda. Axborotlashtirish va boshqarishning rivojlanishi bo'yicha hozirgi vaqtda AQSH tengi yo'q mamlakat hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.78 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.78 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga