Farg'ona mintaqasi aholisining hududiy tarkibidagi o'zgarishlar

Farg'ona mintaqasi aholisining hududiy tarkibidagi o'zgarishlar

O'quvchilarga / Geografiya
Farg'ona mintaqasi aholisining hududiy tarkibidagi o'zgarishlar - rasmi

Material tavsifi

Farg'ona mintaqasi aholisining hududiy tarkibidagi o'zgarishlar O'zbekistonda eng so'nggi o'tkazilgan aholi ro'yxati (1989 yil) ma'lumotlariga ko'ra, Respublika aholisi 19810.0 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, 2007 yilda esa bu ko'rsatkich 2663.8 ming kishiga yetdi. Bu davr oralig'ida Respublikamiz aholisi 6853.8 ming kishiga ko'paydi va bu holat Respublika aholisining 1989-2007 yillar orasida o'sish ko'rsatkichining 134% bo'lishiga olib keldi. Respublikada o'zining katta demografik salohiyatiga ega aholi zichligi eng yuqori bo'lgan Farg'ona iqtisodiy rayonida ham mustaqillik yillarida aholi o'sish darajasi turlicha kechdi. Mintaqa aholisi, so'nggi aholi ro'yxatga ko'ra, 533.8 ming kishidan 2007 yilda 7464.6 ming kishiga ortdi yoki 18 yil mobaynida 2130.8 ming kishi (139.9 foiz)ga o'sgan. Iqtisodiy rayon doirasida aholi o'sishi Namangan viloyatida Andijon va Farg'ona viloyatlarida nisbatan yuqori bo'ldi. Namangan viloyati aholisi ko'rilayotgan davr mobaynida 663.7 ming kishiga ko'payib, o'rtacha o'sish ko'rsatkichi 145.1 foizga teng bo'ldi. Ushbu xol Andijonda 139,9 foiz, Farg'ona viloyatida 136,3 foizni tashkil qildi. Bugungi kunda mintaqada 40 ta tuman (Andijonda 14ta, Namanganda 11ta, Farg'onada 15ta) mavjud. Tumanlar doirasida pastroq o'sish ko'rsatkichlari Farg'ona viloyati tumanlariga to'g'ri keladi. Masalan, Beshariq tumani 108.3%, Farg'ona tumani 112.2%ga ega bo'lgan holda, Andijon viloyatining Oltinko'l tumani 134.8%ni, Qo'rg'ontepa tumani 135.7%ni, Namangan viloyatining Uchqo'rg'on tumani 140.3%ni, Norin tumani esa 141.0% natijani ko'rsatdi. Binobarin, aytish mumkinki, 1989-2007 yillar oralig'ida Andijon va Namangan viloyati tumanlari nisbatan yuqori o'sish ko'rsatkichini qayd etgan. Mintaqa viloyatlaridan Farg'ona viloyatida 4 ta viloyatga bo'ysinuvchi shaharlar, ya'ni Marg'ilon, Farg'ona, Qo'qon va Quvasoy shaharlari, shuningdek, Andijon shahri hamda Namangan shaharlarini alohida aytib o'tish lozim. Ushbu shaharlar aholisi yuz mingdan oshgan shaharlar sirasiga kiritiladi (Quvasoy shahri bundan mustasno). Keltirilgan shaharlar orasida Namangan bugungi kunda mintaqadagi aholisi eng ko'p bo'lgan shahardir. Uning aholisi 18 yilda 114.4 ming kishiga ko'paygan yoki 304.2 ming kishidan 418.6 ming kishiga yetdi. Hozirda Namangan shahri ushbu ko'rsatkich bilan mintaqada eng yuqori o'rinni egallagan holda, Respublikada esa uning bu ko'rsatkichi Toshkent shahridan so'ng ikkinchi o'rinni tashkil qiladi. Aholi sonining o'sib borishi bilan unga mos ravishda aholi zichligi ham ortib boraveradi. Farg'ona iqtisodiy rayonining maydoni 18.4 ming km kv. (O'zbekiston hududining 4,1 foizi) bo'lib, 1989 yilda iqtisodiy rayon aholisining o'rtacha zichligi 1 km kv. maydonga 289 kishini tashkil etgan, (shundan, Andijon viloyatida 409 kishi, Farg'onada 315 kishi, Namangan viloyatida 198 kishi) o'sha davr uchun ham Respublikada eng zich mintaqa edi. Aholi sonining oshib borishi va hududning kichikligi bois, 2007 yilga kelib Farg'ona mintaqasi aholisining o'rtacha zichligi 1 km kv. maydonga 405.6 kishiga yetdi. Bu esa mintaqa aholisining 1989 yilga nisbatan 116.6 ming kishiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.66 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.66 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga