Farg'ona okrugi, yer usti boyliklariga tabiiy geografik tavsif

Farg'ona okrugi, yer usti boyliklariga tabiiy geografik tavsif

O'quvchilarga / Geografiya
Farg'ona okrugi, yer usti boyliklariga tabiiy geografik tavsif - rasmi

Material tavsifi

MAVZU : Farg'ona okrugi yer usti boyliklariga tabiiy geografik tavsif REJA: KIRISH. I.Bob. Farg'ona okrugining tabiiy geografik tavsifi. 1.1. Geologik tuzilishi va relyefi 1.2. Iqlimi 1.3. Ichki suvlari. 1.4. Tuproqlari, osimlik va hayvonot dunyosi. II.Bob. Farg'ona okrugining tabiiy geografik rayonlarga va landshaftlarga bo'linishi. 2.1. Markaziy Farg'ona tabiiy - geografik rayoni. 2.2. Adirlar tabiiy -geografik rayoni. XULOSA. Foydalanilgan adabiyotlar. I.bob Farg'ona okrugining tabiiy geografik tavsifi. 1.1. Geologik tuzilishi va relyefi Farg'ona tabiiy - geografik okrugi O'zbekistonning eng sharqida Tyanshan va Oloy tog tizmalari orasidagi Fargona vodiysida joylashgan. Bu okrugning atrofi tog'lar bilan o'ralgan. Farg'ona okrugi janubi Turkiston va Oloy, sharqdan Fargona va Oto'ynoq, shimolldan Chotqol, shimoliy - g'arbdan esa Qurama va Qoramozor tog tizmalari, g'arbdan Mugiltog o'rab turadi. Faqat ga'rb tomondan okrug torgina 8-9 km Farg'ona yoki «Xujand» darvozasi orqali Dalvarzin va Mirzacho'lga tekisliklari bilan tutashgan. Farg'ona vodiysining uzunligi g'arbdan sharqqa 370 km, o'rtacha kengligi 80-100 km, eng keng joyi sharqiy qismida bo'lib 150 kmga yetadi. Farg'ona vodiysi bodom shakliga o'xshaydi. Ma'muriy jihatdan Farg'ona vodiysida O'zbekistonning Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari, Qirg'izistonning O'sh viloyatining bir qismi va Tojikistonning Xo'jand viloyatining bir qismi joylashgan. Farg'ona vodiysining tekislik qismi Farg'ona botig'I deyiladi, uning atrofini geologic xususiyatlari va relyefi jihatdan bir - biridan farqlanadigan adir va tog'lar o'rab turadi. Fargona okrugi tektonik botiqdan iborat bo'lib, prolyuvial-allyuvial jinslar bilan to'lgandir. Okrugning atrofini esa yosh (antropogen) burmalardan iborat mintaqa o'rab olgan. . Farg'ona botig'I esa yosh cho'kindi jinslardan iborat bo'lib, neogen davrining oxiri va quyi antopagen davrida dengizdan bo'shagan. Lekin vodiyda quruqlik hamma yerda bir vaqtda paydo bo'lmagan. Farg'ona okrugini o'rab turgan toglarda quruqlikning paydo bo'lish jarayoni poleozoy erasidan boshlansa, adirlar qismida mezazoy erasidan boshlangan. Antropogen davrda esa vodiyning tekislik qismi quruqlikka aylangan. Shu sababli adirlar zaminida bo'r davri jinslari uchrasa, vodiyning markaziy qismida yoki Farg'ona okrugida asosan allyuvial - prollyuvial, ko'l - botqoqlik yotqiziqlari - qum, gil, qumoq, qumtoshlar asosiy o'rinni egallaydi. 1.2. Iqlimi Farg'ona okrugining iqlimi quruq, davomli, yozi issiq, qishi mo'tadil, shu kenglikda joylashgan qo'shni Toshkent - Mirzacho'l okrugidan bir oz farq qiladi. Okrugning atrofini o'rab olgan tog'lardan esadigan sovuq havo qishda Farg'ona botig'ining markaziy qismida to'planib qoladi, natijada yanvarning o'rtacha harorati - 30 S bo'ladi. Ba'zi yillari shimol va shimoli - sharqdan sovuq havo massalari esib, tog'lardan oshib o'tadi va okrug haroratini juda pasaytirib yuboradi. Ana shunday paytlarda eng past harorat - 30 0 , - 310 S ga tushadi. Ammo qish faslida sovuqlar bilan birga, ba'zan + 15 0 S issiq kunlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.07 MB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.07 MB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga