Farg'ona okrugi

Farg'ona okrugi

O'quvchilarga / Geografiya
Farg'ona okrugi - rasmi

Material tavsifi

Farg'ona okrugi Reja: Geografik o'rni Farg'ona okrugida mezozoy zrasida sayoz dengiz suvi Norin daryosi Markaziy Tyanshan tog'lari Farg'ona tabiiy geografik okrugi O'zbekistonning eng sharqida, Tyanshan va Oloy tog' tizimlari orasidagi Farg'ona vodiysida joylashgan. Bu okrugning atrofi tog'lar bilan o'ralgan. Farg'ona okrugini janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan Farg'ona va Oto'ynoq, shimoldan Chotqol, shimoli-g'arbdan esa Qurama va Qoramozor tog' tizmalari, g'arbdan Mo'g'ultog' o'rab turadi. Faqat g'arb tomondan okrug tog'gina (8-9 tsm) «Farg'ona» yoki «Xo'jand» darvozasi orqali Dalvarzin va Mirzacho'l tekisliklari bilan tutashib ketadi. Farg'ona vodiysining uzunligi g'arbdan sharqqa 370 km, o'rtacha kengligi 80-100 km, eng keng joyi esa sharqiy qismida bo'lib, 150 km ga yetadi. Farg'ona vodiysi bodom shakliga o'xshaydi. Ma'muriy jihatdan Farg'ona vodiysida O'zbekistonning Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari, Qirg'izistonning O'sh viloyatining bir qismi va Tojikistonning Xo'jand viloyatining bir qismi joylashgan. Farg'ona vodiysining tekislik qismi Farg'ona botig'i deyiladi, uning atrofini geologik xususiyatlari va relefi jihatidak birbiridan farqlanadigan adir va tog'lar o'rab turadi. Biz Farg'ona okrugi deganda vodiyning O'zbekistonga qaraydigan qismini tushunamiz va chegarani shartli ravishda Respublikaning davlat chegarasi orqali o'tkazamiz. Farg'ona okrugi tektonik botiqdan iborat bo'lib, asosan prolyuvial allyuvial jinslar bilan to'lgandir Okrugning atrofini esa yosh (antropogen) burmalardan iborat mintaqa o'rab olgan. Bu yosh strukturani «adir» yoki «adir ourmasi» deb yuritadilar. Farg'ona botig'i esa yesh cho'kindi jinslardan iborat bo'lib, neogen davrining oxiri va quyi antropogen davrida dengizdan bo'shagan. Lekin vodiyda quruqlik hamma yerda bir vaqtda paydo bo'lmagan. Farg'ona okrugini urab turgan tog'larda quruqlikning paydo bo'lish jarayoni paleozoy erasidan boshlansa, adirlar qismida mezozoy erasidan boshlangan. Antropogen davrda esa vodiyning tekislik qismi quruqlikka aylangan. Shu sababli adirlar zaminida bo'r davr jinslari uchrasa, vodiyning markaziy hismida yoki Farg'ona okrugida asosan allyuvial prolyuvial, ko'l botqoqlik yotqiziqlari - qum, gil, qumoq va qum toshlar asosiy o'rinni egallaydi. Farg'ona okrugi quruqlikka aylangach, atrofidagi tog'lardan boshlanadigan daryolar tekislikka oqib chiqib, o'zi bilan olib kelgan jinslarni yotqizib, tosh-shag'allardan tashkil topgan bir qancha yoyilma konuslar hosil qilingan. Bunga Isfara, So'x, Isfayramsoy, Oqbura, Shohimardon kabi daryo va soylarning quyar joylaridagi yoyilma konuslar yaqqol misol bo'ladi: Okrugning chekka qismlaridagi daryolar keltirgan shag'al toshlardan tashkil, topgan yotqiziqlari vaqt o'tishi bilan konglomeratlarni hosil qilgan. So'ngra uning ustini lyoss jinslari qoplab olgan. Bu yumshoq lyossimon jinslar oqar va vaqtli suvlar ta'sirida yuvilgan, vodiy atrofidagi balandliklarni bo'laklarga bo'lib yuborgan. Farg'ona okrugida dengiz suvi chekingandan so'ng uning markaziy qismlarida bir necha sayoz ko'llar va botqoqliklar qolgan. So'ngra ular zaminida oz miqdorda bo'lsada, ko'l va botqoq yotqiziqlari vujudga kelgan. Farg'ona okrugining atrofida to'plangan yer osti suvi relefing nishab tomoniga, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.97 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.97 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga