Farg'ona viloyati iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi

Farg'ona viloyati iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi

O'quvchilarga / Geografiya
Farg'ona viloyati iqlimi, suvlari, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 49-mavzu: Iqlimi. Farg'ona tabiiy geografik okrugi turli tomondan tog'lar bilan o'ralganligi tufayli shimoldan, shimoli sharqdan esuvchi sovuq va g'arbdan esuvchi nam havo massalarining bevosita o'tishiga to'siq bo'ladi. Shu sababli uning iqlimi issiq, quruq, davomli yoz hamda mo'tadil qish bilan tavsiflanadi. Qishda tabiiy okrugning atrofini o'rab olgan tog'lardan esadigan sovuq havo Farg'ona botig'ining markaziy qismida to'planib qoladi. Okrugda qishin-yozin havo harorati g'arbdan sharqqa tomon hamda markaziy qismidan adirlar tomon pasayib boradi: Qo'qonda yanvarning o'rtacha harorati -2,2°C, iyulniki +27,5°C bo'lsa, Kampirravotda yanvarniki - 4,8°C, iyulniki +24,9°C ni tashkil etadi. Ba'zi yillari shimol va shimoli sharqdan sovuq havo massalari esib, tog'lardan oshib o'tishi natijasida okrug harorati pasayib ketadi. Ana shunday paytda eng sovuq harorat -26 -30°C ga tushadi. Okrugda yoz issiq va quruq bo'lib, iyul oyining o'rtacha harorati +26 +27°C, eng issiq harorat esa +43 +44°C ga yetadi. Okrugda o'simliklarning barq urib rivojlanish davri (vegetatsiya) 230 - 240 kun davom etib, harorat yig'indisi 4400 - 4500°C ga yetadi. Farg'ona tabiiy geografik okrugining g'arbiy qismida yog'in miqdori 80 - 250 mm. Okrugning sharqidagi tog'oldi va adirlar qismiga yiliga 300 - 400 mm yog'in tushadi. Okrugda yog'inning asosiy qismi bahor va qish oylariga to'g'ri keladi. Yog'inning bir qismi qor holida yog'ib, u bir yilda 30 - 38 kun erimay turishi mumkin. Bahor oylarida ba'zan jala yog'adi va bu selni vujudga keltirib, xo'jalikka zarar keltiradi. Okrugda qishda kuchli Bekobod shamoli vodiydan Mirzacho'l tomon essa, bahor va kuzda Mirzacho'ldan vodiy tomon Qo'qon shamoli esib turadi. Suvlari. Okrugdagi eng katta va sersuv daryolar - Norin, Qoradaryo va Sirdaryo hisoblanadi. Norin daryosining uzunligi 578 km bo'lib, qor-muz suvlaridan to'yinadi. Uning o'rtacha yillik suv sarfi Uchqo'rg'on yaqinida sekundiga 427 m3 . Suv sarfining 80 foizi mart - sentabr oylariga to'g'ri keladi. Qoradaryo Farg'ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Tor va Qora G'ulja daryolarining qo'shilishidan vujudga kelib, Baliqchi qishlog'ida Norin bilan tutashadi. Uning uzunligi 180 km bo'lib, qor-muz suvlaridan to'yinadi. Yillik o'rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog'i yonida sekundiga 123 m3 bo'lib, suv sarfining 46,4 foizi mart - iyun oylariga to'g'ri keladi. Tabiiy geografik okrugning sharqidagi Farg'ona tizmasidan Yassi, Ko'gart, Qorao'ngur, Moylisuv kabi daryo va soylar boshlanadi. Ular qorlarning erishidan to'yinadi, eng ko'p suv oqimi bahorda sodir bo'ladi. Okrugni shimol va g'arb tomonidan o'rab olgan Chatqol va Qurama tog'laridan Chodaksoy, Kosonsoy, Namangansoy, Chortoqsoy, Podshoota, Qorasuv kabi daryolar boshlanadi. Ularning suvi may - iyun oylarida ko'payadi. Okrugning janubidagi Oloy va Turkiston tog'laridan Xo'jabaqirg'on, Isfara, So'x (uzunligi 130 km, suv sarfi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.8 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.8 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga