Farg'ona viloyati toponomikasi Viloyat haqida Hududi: 6,8 ming kv.km. Аholisi: 3 mln. 15 ming. kishi Mа'muriy mаrkаzi: Fаrg'onа shаhri. Tumаnlаri: Bаg'dod, Beshаriq, Buvаydа, Dаng'аrа, Yozyovon, Oltiаriq, Qo'shtepa, Rishton, So'x, Toshloq, Uchko'prik, Fаrg'onа, Furqаt, O'zbekiston, Quvа. Jug'rofiy joylаshuv: Mаrkаziy Osiyo mаrvаridi deb e'tirof etilgаn Fаrg'onа viloyati so'lim Fаrg'onа vodiysining jаnubidа joylаshgаn bo'lib, shimoldа Nаmаngаn viloyati bilаn, shimoli-shаrqdа Аndijon viloyati bilаn, jаnubi-shаrq vа jаnubdа Qirg'iziston Respublikаsi bilаn hаmdа g'аrbdа Tojikiston Respublikаsi bilаn chegаrаdosh. Farg'ona shahri viloyatning ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Respublikaning yirik iqtisodiy shaharlaridan biri. Shaharga 1877 yilda asos solingan. U Farg'ona vodiysining janubiy qismida, Oloy tog'larining etagida, dengiz sathidan 580 m balandlikda joylashgan. Viloyatning mа'muriy mаrkаzi - Fаrg'onа shаhri O'zbekiston hududidаgi bog'u-rog'lаrgа burkаngаn eng soya-sаlqin shаhаr hisoblаnаdi. Shаhаrning deyarli bаrchа ko'chаlаri, bog' vа xiyobonlаridа chinor, terаk, emаn, qаyin vа boshqа dаrаxtlаr ko'kkа bo'y cho'zgаn. Yashil chinor Fаrg'onаning rаmzi etib tаnlаngаnligi hаm bejiz emаs. Viloyatning Mаrg'ilon, Qo'qon vа Rishton kаbi ko'xnа shаhаrlаri dovrug'i bаlаnd. Rishtonning аn'аnаviy moviy sopol idishlаri mаmlаkаt sаrhаdlаridаn аnchаginа olislаrdа hаm yaxshi mа'lum. Garchi hozirgi Farg'ona nisbatan yosh shahar bo'lsa-da uning markazida qadimgi manzilgohlar mavjud edi. Buni arxeologlar tomonidan topilgan asori atiqalar ham tasdiqlaydi. Eng qiziqarli arxeologik yodgorliklardan biri bu - Simtepa yodgorligi bo'lib, shu yerda qachonlardir shahar tipidagi manzilgoh faoliyat ko'rsatgan. Mazkur manzilgoh viloyat muzeyining ilmiy xodimlari - arxeologlar N. Gorbunova va B. Gamburg tomonidan 1957 - 1958 yillar davomida batafsil o'rganib chiqildi. Qazishmalar shuni ko'rsatadiki, hozirgi Farg'ona shahri o'rnida eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning oxirlaridayok qarorgoh mavjud bo'lib, unda o'rta asrlarning X-XII asriga qadar odamlar turmush kechirgan. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, Simtepa yodgorligi o'rnida hunarmandchilik nihoyatda taraqqiy etgan edi. Yangi shaharning qurilish tarixi XIX asrning so'nggi choragida Rossiya imperiyasining Qo'qon xonligi chegarasiga kirib kelishi bilan bog'liq. Bu davrda Rossiya Qo'qon xonligining ko'p joylarini bosib oladi. Imperator Aleksandr II ning 1876 yil farmoniga ko'ra, Qo'qon xonligi hududida Farg'ona viloyat g'arbiy gubernatorlik tashkil qilindi. Oradan bir yil o'tib viloyatning gerbi tasdiqlandi. Uning birinchi gubernatori etib polkovnik M. Skobelev tayinlanadi. U davrda Farg'ona viloyati hududiga sobiq Qo'qon xonligiga qarashli yerlar kirar edi. Dastlabki vaqtlarda viloyat markazi Qo'qon shahri hisoblangan bo'lsada, iqlimning tez - tez o'zgarib turishi, shaharni mahalliy aholi yashaydigan punktlarga yaqin ekanligi va boshqa bir qancha omillari yangi ma'muriy shahar qurishni taqozo etardi. General gubernatorning farmoyishiga binoan shaharni qurish joyi va uning loyxasini tanlash uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya bir muncha muxokamadan so'ng, axolisi uncha qalin bo'lmagan, nisbatan iqlimi yumshoq, yeri uncha xosildor bo'lmagan eski Marg'ilonning janubidagi qishloqlar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
534.76 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
534.76 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: ppt