8-sinf geografiya darsligi asosida 47-mavzu: 1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini aniqlab, aholisining o'rtacha zichligini toping. Viloyatga vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining tog'oldilari kiradi. Isfayram, Shohimardon, So'x, Isfara daryolarining dehqonchilikda ahamiyati katta. Norin bilan Qoradaryodan bir necha sug'oruv kanallari chiqarilgan (ularni o'quv atlasidan qarab chiqing). Viloyat yalpi sanoat mahsulotiga ko'ra faqat Toshkent viloyatidan keyinda turadi. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, bog'dorchilik, uzumchilik, go'sht-sut chorvachiligi, parrandachilik, ipakchilik. Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati (104-rasm). Farg'ona viloyati qishloq xo'jaligi paxta va g'alla yetishtirish hamda pillachilikka ixtisoslashgan. Ekin maydonining asosiy qismiga paxta va g'alla ekiladi (105-rasm). Bug'doy va arpa bahorikor yerlarda, sholi esa zaxkash yerlarda yetishtiriladi. Makkajo'xori, oq jo'xori va beda hamma tumanlarda paxta bilan almashlab ekiladi. Bog'dorchilik, uzumchilik uchun viloyatda sharoit qulay. Viloyat anori va anjiri bilan dong chiqargan. Farg'ona viloyatida yaylovlar Andijon viloyatidagiga qaraganda ancha ko'p. Chorva mollari, asosan, qo'y va echkilardan iborat. Viloyat mamlakatda yetishtiriladigan pillaning 20 foizga yaqinini beradi. Sanoati ko'p tarmoqli bo'lib, unda og'ir sanoatning salmog'i ancha katta. Neftni qayta ishlash, kimyo va energetika sanoati iqtisodiy rayondagina emas, balki Respublikada ham ajralib turadi. Neftni qayta ishlaydigan 2 ta zavod bo'lib, biri Farg'onada, ikkinchisi Oltiariqda joylashgan. Mashinasozlik, metall-sozlik va binokorlik materiallari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ham muhim ahamiyatga ega. Yengil va oziq-ovqat sanoati qishloq xo'jalik tarmoqlari negizida vujudga kelgan. Sanoat korxonalari Farg'ona-Marg'ilon sanoat rayoni va Qo'qon, Quvasoy sanoat tugunlarida to'plangan. Transporti. Viloyat temiryo'l va avtomobil yo'llari bilan yaxshi ta'minlangan. Viloyatdan paxta tolasi va paxta moyi, shoyi, ip-gazlama, trikotaj mollar, quritilgan meva, meva konservalari, mineral o'g'it va sement jo'natiladi. Taxta-yog'och, har xil uskunalar, traktorlar, paxtachilik uchun zarur mashinalar, g'alla, un, qand, keng iste'mol buyumlari keltiriladi. Shaharlari. Viloyatda 9 ta shahar bor. Farg'ona muhim sanoat, transport va madaniyat markazidir. Shahar suv bilan yaxshi ta'minlangan, yozi birmuncha salqin. Shaharda ikkita IEM ishlab turibdi. Iqtisodiy rayonning birlashgan energetika tizimi shu IEMlar asosida shakllangan. Shaharda Farg'ona davlat universiteti, politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutlarining filiallari faoliyat ko'rsatadi. Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti bor. Madaniyat va istirohat bog'lari, favvoralar, xiyobonlar, soya-salqin maydonlar shaharga o'zgacha tarovat beradi. Buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Farg'oniy shu makonda tavallud topgan. Marg'ilon shoyi (atlas) ishlab chiqarishning markazi sifatida qadimdan dong chiqargan shahar. Shaharda paxta, ko'n zavodi, ipak ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Marg'ilonliklar ning to'qimachilik malakasi yuksak darajada takomillashdi va keng quloch yoydi. Marg'ilon shoyi kombinati mamlakatdagi eng yirik ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
23.55 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
23.55 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: ppt