Farg'ona vodiysida yoshlarning demografik faoliyati Reja: I-BOB Yoshlar soni va dinamikasi uning hududiy jihatlarini ijtimoiy geografiyada o'rganishning nazariy jihatlari. 1.1. Ijtimoiy geografiyada nikoh masalalarining o'rganilishi 1.2. aholini takror barpo qilinishi 1.3. Demografik jarayonlarni xaritalashtirish II-BOB Farg'ona vodiysida yoshlardagi nikoh va ajralish jarayonlarining geografik tahlili 2.1. Nikoh va ajralish jarayonlarining shaharlardagi tahlili 2.2. Nikoh va ajralish jarayonlarining qishloqlardagi tahlili 2.3.Farg'ona vodiysida nikoh va ajralish jarayonlarining umumiy jihatlari II-BOB. aholining takror barpo qilinishning mintaqaviy xususiyatlari 3.1. Aholi takror barpo bo'lishi uning ko'rsatkichlari va yoshlarda tug'ilish, uning omillari 3.2. O'lim va uning sabablari 3.3 Yoshlarning reproduktiv mayli Xulosa Adabiyotlar Dissertatsiyaning tavsifi Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Aholining eng katta ijtimoiy qatlami hisoblangan yoshlarning bugungi kunda jamiyat hayotidagi egallagan o'rni bevosita mamlakat rivojlanishi va kelajagini belgilaydigan muhim omildir. Ayni vaqtda uning tarkibini sotsial - ijtimoiy strukturasini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero prezdentimiz takidlaganidek, yoshlar bizning bugunimiz, ertamiz, kelajagimizdir. Kelajakda O'zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodiyot bilangina emas, balki, bilimdon, ma'naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishlari mumkin. Bugungi kunda davlatimizni yuksak darajada taraqqiy etishi va rivojlanishi uchun yoshlarning ijtimoiy o'zgarishlaridan ularni ish bilan bandlik darajasidir. Malumki , O'zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllanishi, ijtimoiy - iqtisodiy hayotda katta o'zgarishlarga olib keldi. Bu o'zgarishlar yoshlar hayotida ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Tadqiqotlar ko'rsatishicha Respublikamizda qishloqlardan shaharlarga bo'lgan migratsiya kuchaygan. Chunki juda ko'plab yoshlar, ayniqsa erkaklar ish qidirib oilalarini tashlab qishloqlardan katta shaharlarga kelmoqdalar. Bu ahvol yoshlar hayotida ularning oilalarida qator muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday muammolarni oldini olish uchun mehnat yoshidagi yoshlarni ish joylari bilan to'la ta'minlash zarur. Buning uchun sanoat qishloq xo'jaliklarin ko'p mehnat talab qiladigan, tarmoqlarni yanada rivojlantirish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim. Yoshlarni bunday ijtimoiy holatini faolligini demografik nuqtai - nazardan o'rganish mavzuning dolzarbligini oshiradi. Muammoning o'rganilganlik darajasi.Aholini 16 dan 29 yoshgacha bo'lgan guruhini tashkil etgan yoshlarni muammolarini hal etish mamlakatimiz rahbari I.A.Karimovninig asarlari va nutqlarida bildirilayotgan ilmiy nazariy va amaliy fikr mulohazalarida o'z ifodasini topib kelmoqda. O'zbekistonda yosh guruhlarda tug'ilish, o'lim jarayonlarini o'rgangan olimalaridan biri Bo'rieva M.R yosh yosh guruhlarning demografik jarayonlarini o'rgangan.Mustaqillikdan buyon o'tgan davr mobaynida mamlakatimizda yoshlarni tahlil qilgan qator ilmiy maqolalar yaratildiki, bu yoshlar muammosi sabablarini, uni hal qilish yo'llarini ko'rsatishga malum darajada xissa bo'lib qo'shildi. Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini tahlili va ularni muammosini ijtimoiy falsafiy, pedagogik va psixologik holatlarini o'rganishga juda ko'plab ishlar amalga oshirilganligini alohida etirof etish lozim. Xususan S. Jo'raevning yoshlar siyosatini o'ziga xos xususiyatlari haqidagi doktorlik dissertatsiyasi yoshlar masalasini falsafiy jihatlarini o'rgangan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
122.85 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
122.85 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx