Floristik oblastlar

Floristik oblastlar

O'quvchilarga / Geografiya
Floristik oblastlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Yer sharinig floristik va faunistik jihatdan taqsimlaydigan asosiy taksanomik birliklar va ularni ajratishda qo'llaniladigan prinsiplar. 2.Eng yirik taksonomik birliklar - oblastlarni ajratishda hisobga olinadigan omillar va ularni oqibati. 3. Yer sharidagi floristik oblastlar va ularning o'simliklari. Yer sharinig floristik va zoogeografik jihatdan taqsimlaydigan taksonomik birliklar oblastlar, podoblastlar (kichik oblastlar), provinsiyalar, okruglar va uchastkalardan iborat. Turli xil kattalikdagi rayonlashtirish birligini ajratishda fauna va floralarni quyidagi xususiyati: fauna va floralarni umumiy tarkibi, endimik turlarini, avlodlarni, oilalarni va otryadlarni borligi, fauna va florada ma'lum hayvonlar yoki o'simliklar gruppasini yo'qligi va ma'lum xarakterli turlarni ya'ni o'sha territoriyani hamma joyida va ko'p miqdorda uchraydigan turlarni borligi hisobga olinadi. Yirik floristik yoki faunistik rayonlarni masalan oblastlarni ajratishda u yoki bu mamlakatlarni, materiklarni tarixi asosiy rol o'ynaydi. Shuning uchun har bir oblast tabiiy geografik sharoiti jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan biosenozlarni (organizmlar jamoasi) o'z ichiga olishi mumkin (masalan tropik o'rmonlar va saxrolarni). Shu bilan bir vaqtda o'z xususiyatlari bilan o'xshash bo'lgan biosenozlar, masalan sohro biosenozlari turli oblastlar tarkibiga kirishi mumkin. Ammo rayonlarni faunistik va floristik bo'linishini maydalashib borishi bilan, ularni ajratishda geografik muhitni xususiyatlari ko'proq ahamiyat kasb etadi. Dunyo okeaniga kelganda unda keskin chegarani yo'qligi, o'tib bo'lmaydigan to'siqlarni yo'qligi va sharoitni asta-sekin almashinishi shunga sabab bo'lmoqdaki, u yerda eng yirik taksonomik birlik bo'lgan oblast ham, ko'p jihatdan ma'lum zonalar bilan mos keladi yoki bir qancha zonalarni o'z ichiga oladi. Oblastlar, podoblastlar, provinsiyalar, okruglar va uchastkalar o'rtasidagi chegaralar keskin chiziq bo'lmasdan, kengish polosadan iboratdir. Ular tog'lardan va qirg'oq bo'ylab o'tganda aniqroq bo'lib, tekislikdan va dengizlardan o'tgan vaqtda noaniqdir. Floristik oblastlar. Yer sharida oltita floristik oblast: gollarktik, poleotropik, neotropik, Avstraliya, Kap va Antarktida oblastlari ajratiladi. Golarktik oblast territoriyasi jihatdan eng katta floristik oblast bo'lib, Yer shari quruqliklarini yarmidan ko'p qismini o'z ichiga oladi. hozirgi vaqtda golarktik oblasti uchun endemik bo'lib hisoblangan oilalardan toldoshlar, qayindoshlar, ayiqtovondoshlar, sho'radoshlar, karamdoshlar, qiyoqdoshlar, murakkabguldoshlar, (astradoshlar, gazakutdoshlar, navruzguldoshlar) kabi oilalar va boshoqlilar oilasinig bir necha vakillarini ko'rsatish mumkin. Golarktik floristik oblasti qo'yidagi podoblastlarga: Arktika, Yevropa-Sibir, Xitoy-Yapon, O'rta yer dengizi, Makaroneziya, Yevroziyo dashti, Osiyo cho'li, Shimoliy Afrika-hind, Shimoliy Amerika preriyasi, Shimoliy Amerika-Atlantik va ShimoliyAmerika-Tinch okeani podoblastlariga bo'linadi. Arktika podoblasti. Bu podoblastga shimoliy yarim sharning Arktik sohro va tundra zonalari territoriyasi kiradi. Arktik podoblasti asosan moxlar, lishayniklar, butalar va ko'p yillik o'tlardan tashkil topgan. Bu yerda arktofila, fippsiya, yaskolka, lolaqizg'aldoq, g'ozpanja, dyuponsiya, astragal, pedikuloris, toshyorar, erbaho, brusnika, chernika vodyanika, morojko, golubika, smolevka, qo'ng'irbosh va boshqalar xarakterli o'simlik hisoblanadi. Yevropa-Sibir podoblasti. Bu podoblasti shimoliy chegarasi Yevrosiyo o'rmonlarinig ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 185.65 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 185.65 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga