Fotix Karimning geografiya kitobi. Mustaqillik yillarida geografiya o'qitish metodikasi

Fotix Karimning geografiya kitobi. Mustaqillik yillarida geografiya o'qitish metodikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Fotix Karimning geografiya kitobi. Mustaqillik yillarida geografiya o'qitish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Fotix Karimning geografiya kitobi. Mustaqillik yillarida geografiya o'qitish metodikasi Reja: 1.Jug'rofiy riyoziy kitobi. 2.Mustaqillik yillarida geografiya o'qitish metodikasining yutuqlari. Fotix Karimning geografiya kitobi 1909 yili Orenburgda bosilib chiqdi. Bu kitob Toshkentdagi «yangi usul» maktablarining birida qo'llanib kelingan. Bu qisqacha geografiya kitobi (risola), rus darsliklari namunasida yozilgan. Dastlab geografiya, karta, atlas, dengiz, okean, tog', vodiy, daryo, ko'l va boshqalar haqida, so'ngra dunyoning besh qit'asi va undagi davlatlar haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Fotih Qarimning qisqacha geografiya risolasi kamchiliklardan xoli bo'lmasada (masalan, o'lkashunoslikka e'tibor berilmagan), har holda keyingi geografiya darsliklarining takomillashuviga va geografiyaning yanada kengroq o'qitila boshlanishiga ta'sir ko'rsatdi. XX asrning 10 ynllaridan boshlab Rossiyada geografiya o'qitish ancha yaxshilandi. Geografiya o'qituvchilarining D. N. Anuchin rahbarligida o'tgan birinchi Butunrossiya s'ezdi (1915 y.) Rossiya maktablarida geografiyaning rivojlanishida katta voqea bo'ldi. S'ezdda barcha sinflarda geografiya darslari soatlarining ko'paytirilishi lozimligi, shuningdek, geografiya o'qitishda ekskursiya, kuzatish va amaliy ishlarning axamiyati ta'kidlangan. SHundan keyin geografiya maktab ta'limidagi eng asosiy o'quv predmetlaridan, deb tan olindi va maktablarda yangi dastur joriy qilindi. M. T. YAroshevskayaning «Rasmli boshlanma geografiya» (1911 y.); E. Lesgaft, G. Ivanovlarning hamma sinflar uchun yozilgan geografiya kitoblari, shuningdek, A. Kruber, S. Grigorьev, A. Barkov va S. CHefranovning «Boshlanma geografiya» darsliklari nashr etildi. Mazkur darsliklarda geografiya fani erishgan yutuqlardan foydalanilgan, geografik nomlar birmuncha qisqartirilgan, tabiat va aholining hayotidan yorqin tasvirlar berilgan. Rossiyada geografiyaga bo'lgan e'tiborning ortishi Turkiston maktablarida geografiya o'qitish ishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. YAngi original geografiya darsliklari vujudga kela boshladi. Geografiya darsliklari o'qituvchilar o'rtasida muxokama kilinar va ularning mulohazalari asosida takomillashtirilar edi. Eng yaxshi geografiya darsliklari dastur tarzida qabul qilinib, ko'pchilik maktablarda o'qitila boshlandi. Darsliklarni nashr etishda Abdulla Avloniy rahbarligidagi «Maktab» bosmaxonasining ham xizmati katta bo'lgan. Usha davrdagi muhim risola (kitobcha) lardan «Er yuzi», «Jurrofiyai ijmoliy» (umumiy geografiya) va «Jug'rofiyai riyoziy» (matematik geografiya) kitoblari bo'lgan. Quyida shu kitobchalar haqida qisqacha ma'lumot beramiz. «yer yuzi». Bu geografiya qo'llanmasining ikkinchi nashri 1915 yilda bosilib chiqqan. «YOr yuzi»ning birinchi nashri Turkiston geografiya o'qituvchilari o'rtasida muhokamaga qo'yilgan va o'qituvchilariing fikr hamda mulohazalarini e'tiborga olib tuzatilgan. «Er yuzi» kitobi dastur sifatida qabul qilingan. Bu kitob xam rus geografiya kitoblari namunasida yozilgan bo'lib, u umumiy tabiiy geografiyani, qit'alar va eng muhim mamlakatlar geografiyasini va Rossiya haqidagi geografik ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Umuman «Er yuzi» revolyusiyagacha maktablar uchun nashr etilgan geografiya kitoblari ichida eng mukammalidir. Bu kitob ayrim maktablarda, hatto 1928 yilgacha qo'llanib kelinganligi fikrimizning dalili bo'la oladi. «Jugrofiy ijmoliy» nomli kitobcha geografiya darsligi talabiga javob bera oladigan darajada emas edi. Bu kitob juda qisqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.64 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.64 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga