Foydali qazilmalar

Foydali qazilmalar

O'quvchilarga / Geografiya
Foydali qazilmalar - rasmi

Material tavsifi

Foydali qazilmalar Respublika hududida ko'p yillik geologik tadqikotlar olib borilishi natijasida turli qimmatbaho qazilma boyliklari borligi, ularning miqdoriy jihati va sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan konlari aniqlandi. Bu xalq xo'jaligini muhim tarmoqlarini, ayniqsa gaz, oltin chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, ruda bo'lmagan xom ashyolar va qurilish materiallari sanoatlarini tez sur'atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini berdi. Hozirgi davrga kelib aniqlangan qazilma boyliklar manbalari ishlab chiqarish korxonalarini uzoq muddat davomida oltin, mis, tabiiy gaz, qo'rg'oshin, rux, ko'mir va boshqa mahsulotlar bilan ta'minlabgina qolmay, hattoki ishlab chiqarishni ancha kengaytirish imkonini ham beradi. Shunday qilib, O'zbekiston hududida foydali qazilmalarning bir qancha turlari borligi aniqlandi. Yoqilg'i-energetika boyliklar. Bu foydali qazilmalar guruhiga neft, gaz va ko'mir kiradi. Neft va gaz konlari Farg'ona botig'idagi Shimoliy So'x, Janubiy Olamushik, Polvontosh, Chimyon, Shursuv va boshqa joylarda topilgan. Bular yura, bo'r, paleogen va neogen davrlarida yotqizilgan cho'kindi tog' jinslari qatlamlari orasida joylashgan. Paleogen davri yotqiziqlari ayniqsa foydali qazilmalarga boydir. Neft SHerobod-Surxondaryo botig'idagi paleogen ohaktoshlari qatlamlarida Xovdog, Uchqizil, Ko'kaydi va boshqa joylarda olinmoqda. Neft va gaz konlari Hisor tizmasining janubi-g'arbiy tarmoqlaridagi Odamtosh, Gumbuloq, Pachkamar, Qizilbayroq, Omanota nomli joylarda yuqori yura davri karbonat tog' jinslari antiklinal burmalarida ham ochilgan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining tekislik qismida bir nechta neft va gaz konlari (Muborak, Okjar, Saritosh, Jarqok, Qoravulbozor va boshqalar) ochilgan bo'lib, ular yura va bo'r cho'kindi tog' jinslari bilan bog'liqdir. Gazning juda katta zahirasi Buxoro viloyatidagi Gazlida 50 yillardayoq ochilgan edi. U juda katta hajmda Rossiyaning markaziy shaharlari va Urolga quvurlar orqali olib ketilgani natijasida hozir tugab bormoqda. Bundan tashqari, gaz konlari Ustyurt platosidagi Shoxpaxta, Kuanish nomli joylarda yura davri cho'kindi tog' jinslari qatlamlari orasida ochilgan. O'zbekiston hududida ko'mirning to'rtta koni (Oxangaron, Sharg'un, Boysun, Kuhitang) ma'lum. Bulardan Oxangaron qo'ng'ir ko'mir koni Toshkent viloyatidagi Oxangaron daryo vodiysining o'rta oqimida joylashgan bo'lib, ochiq usulda qazib olinmokda. Bu ko'mir konining zahirasi Respublikada topilgan barcha ko'mir zahirasining 96,5 foizini tashkil qiladi. O'zbekistondagi ikkinchi kon Surxondaryo viloyatining tog'li qismidagi yuqori sifatli Sharg'un toshko'mir konidir. Qon dengiz satxidan 600-800 m balandlikda yura davri yotqiziqlari orasida joylashgan. Ko'mir qatlamlarining o'rtacha qalinligi 4,5 m, ba'zilarining qalinligi esa 12 m ga yetadi. Bu hududda Boysun va Quhitang ko'mir konlari ham ochilgan bo'lib, ular xam yura davri yotqiziqlari orasidadir. O'zbekiston ko'mir konlarining umumiy zahirasi 6 mlrd. tonnadan ziyoddir. 2. Rudali foydali qazilmalardan O'zbekiston hududida qora metallar (temir, titan, marganeo', xrom), nodir metallar (volfram, molibden, qalay, vismut, simob, surma va boshqalar) topilgan. Respublika hududida temir va titanning bir nechta konlari ochilgan. Bularning hosil bo'lishi hududning geologik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.37 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.37 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga