Fransiya Respublikasi Maydoni 54400km2.Aholisi 58,3mln (1996y.), 59,8mln (2001y.), 62,1mln kishi (2006y.).Fransiyaning IGO' uchun 2ta asosiy xususiyati xosdir: 1.Fransiya EIHga a'zo mamlakatlar bilan bevosita chegaradosh bo'lib, uning chegarasi yaqinida bu mamlakatlarning industrial rayonlari joylashgan.Masalan: Reyn-Rur, London rayoni, qolaversa Yevropadagi Markaz o'qi o'tgan. 2.Fransiya sohillari Atlantika okeanining dengiz va qo'ltiqlari bilan bevosita tutashgan bo'lib, bu holat jahon mamlakatlari bilan arzon dengiz transporti orqali savdo-sotiq qilish imkononi beradi. Fransiya quruqlik orqali 8 mamlakat bilan chegaradosh bo'lib, ayniqsa GFR, Italiya, Buyuk Britaniya bilan chegaradoshligi muhim rol oynaydi. Fransiya ma'muriy jihatidan 96departamentga bo'lingan.Parij alohida departament huquqiga ega.Mamlakatda 4mln ga yaqin jazoirliklar, portugallar, italyanlar va ispanlar yashaydi. Fransiya xorijiy Yevropada maydoniga ko'ra eng yirik mamlakat hisoblanadi. Aholisi.Fransiyada tabiiy o'sish darajasi anchagina past bo'lib, millatning qarishi kuzatilmoqda.Tug'ilish koeffisenti 13%0, o'lim 9%0. 1ayolga 1,9 bola to'g'ri keladi.15 yoshgacha bo'lganlar 19%, 64 yoshdanyuqori bo'lganlar 16%.O'rtacha umr 76-83 yosh.YAMD 24080 dollar (2001y.).Mehnat resurslarini to'ldirishning muhim vositasi qadimdan immigrasiya bo'lib kelgan.Aholi joylashuviga qishloqlardan odamlarning shaharlarga to'xtovsiz ko'chib kelishi (XX-asrda aholining buyuk ko'chishi) kuchli ta'sir etadi.Natijada urbanizasiya jarayoni jadal rivojlanib bormoqda.Hozirda Fransiya aholisining 79%i shaharlarda, 21%i qishloqlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Parij 2,1mln kishi, Marsel 808 ming, Lion, Tuluza, Nissa, Strasburg. Fransiya 1949 yil NATOga kirgan edi, lekin 1966 yil u NATOdan rasmiy ravishda chiqib ketgan bo'lsada, baribir hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.Prezident 7 yil muddatga saylanadi. Asosiy siyosiy partiyalari: 1.Respublikani quvvatlovchi birlashma (1976y.t.t.).Sharl Fure, Robert Ouen, Sen-Simon. 2.Fransiya sosialistik partiyasi (FSP 19051.). 3.Fransiya kommunistik partiyasi (FKP 1920 y.t.t.). Fransiya xo'jaligi 2-jahon urushida katta iqtisodiy zarar ko'rdi.Ekonomikasining deyarli barcha tarmoqlari yangi texnika bilan ta'minlandi.Eng yangi tarmoqlar-atom, radiotexnika, neft ximiyasi aerokosmik tarmoqlar rivojlanadi. Fransiya sanoat mahsulotlarining hajmi jihatidan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida dunyoda 4-o'rinni egallaydi.Milliy daromadda qishloq xo'jaligining salmog'i 110qismidan kamroqni tashkil etsada, u aholini asosiy oziq-ovqat bilan ta'minlaydi va eksportda ham katta rol oynaydi. Sanoati.Energetika qisman o'z resurslariga tayanadi.Ko'mir asosan shimoldan (Elzas va Lotaringiyadan), neft va tabiiy gaz esa oz miqdorda janubi-g'arbdan qazib olinadi.Mamlakat neftga bo'lgan ehtiyojini asosan chet el hisobiga (Jazoir, Liviya, Venesuela, MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari) qondiradi.Shuning uchun ham neftni qayta ishlovchi asosiy markazlar dengiz boylaridagi port shaharlarda (Marsel, Bordo, Nant, Gavr, Ruan) joylashgan.Fransiyani uran rudasiga boyligi va ko'p qazib olishi, shuningdek Afrikadagi sobiq mustamlakalardan uran konsentrantini ko'plab keltirilishiga asoslanib atom energetikasi va atom sanoati tez rivojlanmoqda. Qora metallurgiya sanoati Evropadagi eng katta Lotaringiya temir rudasi konlaridan foydalanadi.Lekin temir rudasini eksport qilishni ilgarigi ahamiyati yo'qolib bormoqda.O'rta yer dengizi sohillari boksitga boy bo'lib, Alp va Pireney tog' etaklaridagi arzon GESlar energiyasi alyuminiy eritish ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.76 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.76 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: doc