Fransiya turizm resurslari

Fransiya turizm resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Fransiya turizm resurslari - rasmi

Material tavsifi

Fransiya turizm resurslari Reja: Fransiya Ispaniya Portugaliya Buyuk Britaniya Fransiya Fransiya ichki turizm bozori boshqa g'arbiy Yevropa davlatlari ichki turizmi bozoridan farq qiladi. Birinchidan, fransuzlarning juda oz miqdorigina o'z ta'tillarini chet davlatlarda o'tkazadi (1 yilda 18%). Ikkinchidan, bu yerda ta'til davrining pik vaqtlari mavjud: iyul va avgust oylarida o'quvchilar ta'tillari, qisqa rojdestvo ta'tillari, fevral oyidagi ta'tillar va pasxa davridagi ta'tillar. Uchinchidan, fransuzlar avtomobillarda sayohat qilishni xush ko'radilar (bu ko'rsatkich 81%ni tashkil qiladi). To'rtinchidan, sayohatchilarning aksariyati shahar aholisi. Ular ta'til davrida mehmonxonalarga emas, boshqa joylarga joylashishni yoqtiradilar. Masalan: 1990 yilda mamlakatda 2,8 mln 2-uylar mavjud edi. Otellar qishda dam oluvchilar uchun qulay hisoblanadi. Fransuzlarning 50%ga yaqini o'z ta'tillarini yozda dengiz bo'yida, 25%i qishloq joylarida, 17%i tog' kurortlarida o'tkazadilar. qishda esa qirg'oq bo'yida faqat 17% fransuz dam oladi. Chet elga chiqish turizmiga kelsak, fransuzlarning faqat 5% igina Pekij-turlari bo'yicha va 6%i aviatransportda sayohat qiladilar. Yozgi davrda qo'shni Ispaniya va Italiya mamlakatlari mavqei oshadi (ularning ikkalasi yozgi sayohatlarning 40%ini tashkil qiladi). 1991 yilda Ispaniya Fransiyadan 8 mln turist, Italiya esa 7,29 mln turistni qabul qildi. Keyingi paytlarda fransuzlar AqSH, Osiyo kabi uzoq hududlarga sayohat qilishni ma'qul ko'rmoqdalar. Ish yuzasidan bo'ladigan sayohatlarning aksariyati Germaniya va Buyuk Britaniyaga to'g'ri keladi. 1980-91 yillarda chet el turistlarining Fransiyaga kelishi keskin o'sdi va 29 mln. dan 55 mln kishiga yetdi. Fransiya uchun katta asosiy bozor - bu Germaniya. U yerdan 25% mehmon keladi. Ularning miqdori esa 1980-91 yillar orasida 8,4-13,4 mln odamga yetdi. Germaniyadan keyin Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Shveytsariya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar keladi. Fransiyaga keluvchi turistlar ko'proq Fransuz rivyerasida dam olishni xush ko'radilar. Undan keyin Parij, Alp, Akvitaniya, Langedok-Russilyon turadi. Fransiya iqtisodiyoti davlat muvozanatini saqlagan holda hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mehmonlarni qabul qilish uchun muntazam ravishda qishloq joylarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratadi. Avvallari bu hollarni Akvitaniya, Markaziy massiv va Langedok-Russilyon hududlarida ko'rish mumkin edi. Ammo bu loyiha birinchi navbatda chet el turizmini emas, balki ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilar edi. 1967 yilda Fransiya rahbariyati tomonidan Akvitaniyada turizm va qishloq joylarni birgalikda rivojlantirish rejasi qabul qilindi. Rejani moliyalashtirish ishi xususiy sektor, rivojlantirish koordinatsiyasi esa hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshirilar edi. Bu rejaga ko'ra qirg'oqdagi tuman 16 sektorga bo'linar, ulardan 9 tasi turizmni rivojlantirish uchun kerak edi. YA'ni, plyajlar, dam olish zonalari, suv sportlari qurilishi lozim edi. qolgan 7 ta sektor yashil zona deb nomlanib, u yerdagi landshaft va yovvoyi tabiatni saqlab іolish ko'zda tutilgan edi. Bu rejaga ko'ra, amaldagi Arkashon va Biarits kabi faoliyat ko'rsatayotgan kurortlarni saqlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.46 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.46 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga